II. BOB. Elektron pochta tizimlari




Download 39,01 Kb.
bet6/8
Sana14.12.2023
Hajmi39,01 Kb.
#118498
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-fayllar.org
mehnat, Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini taqribiy yechish usul-fayllar.org, Ajdodlarimiz madaniy merosi., Baxronova Jasmina Kurs ishi himoya, O’quvchilarda mustaqil kitobxonlikni shakillantirish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxatini tuzish 1-4 sinf, KM Янги мустакил иш мавзулари №1-4 (1), Energo-mexanika, 11.organization, ЧОРШАНБИЕВ ЗАФАР ЭСАНПУЛАТОВИЧ, ТУРАЕВ СИРОЖИДДИН ЖУРАҚОБИЛОВИЧ, taqmoq xavfsizligi, 80142, 1 Малакавий ўқув амалиёти кундалик дафтари 2 3 курс, Ish ishlab chiqarish ergonomikasi-fayllar.org
II. BOB. Elektron pochta tizimlari
Internet texnologiyalari – bu Internet tarmogʼi orqali barcha faoliyatlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi turli xil texnologiyalar va xizmatlar. Xozirgi kunda internet texnologiyalari barcha soxalarda oʼz oʼrniga ega. Birinchi navbatta albatta axborot texnologiyalari soxasida. Internet texnologiyalar jamiyatning axborot resurslarini faollashuviga imkon beruvchi rivojlanishning asosiy omili xisoblanadi. Internet - minglab lokal va mintaqaviy kompьyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi hisoblanib, yagona standart asosida faoliyat koʼrsatuvchi jahon global kompьyuter tarmogʼidir. WWW – World Wide Web – butun dunyo oʼrgamchak toʼri hisoblanib, Internet resurslarini tashkil etish va undan foydalanishni taʼminlab beradi. Veb sayt – biror bir sohaga, faoliyatga, voqea va xodisaga bagʼishlangan maʼlumotlarni oʼzida jamlagan Internet sahifalar majmui. Internet manzil (URL) – Internet tarmogʼida joylashtirilgan axborot resurslarining murojaat manzillari. Brouzer – bu Internet resurslari va maʼlumotlaridan foydalanishni taʼminlovchi dastur boʼlib, uning quyidagi turlari mavjud: Internet Explorer, Opera, Firefox va x.k. Internet texnologiyalarining fizik komponentalari: 1) Internet tarmogʼi • TCP/IP protokollari. IP-manzillar. • Internetning daraxtsimon domen tizimi. • Marshrutlash. 2) Internetning dasturiy taʼminoti • Tarmoq operatsion tizimlari. • Internet bilan bogʼlovchi maxsus dasturiy taʼminot • Аmaliy protokollar. 3) Internetda kompьyuterlar (serverlar i mijozlar) • Elektronnoy pochta serverlari • Web – serverlar. • FTP-serverlar. • Telekonferentsiya serverlari. • Koʼptarmoqli xabarlar serveri. 4) Raqamli tarmoq liniyasi • Provayderni tanlash. Internetga ulanish. 5) Internetga ulash. • Tarmoq kartasini lokal tarmoq bilan bogʼlash. • Ethernet kabel tizimi. 6) Global tarmoqqa masofaviy ulanish. • «kompьyuter – tarmoq» ulanish. • «tarmoq-tarmoq» ulanish.
18 Fizik komponentalar moddiy qadriyatlarni baxolash imkoniyatini beradi va shu orqali yangi texnologiyalar amalga oshiriladi. Mavjud fizik kompanentalar iqtisodiyotda alohida tashkilotlar, mintaqalar, mamlakatlar rivojlanishiga muxum turtki berdi. Bundan tashqari internet texnologiyalarning mantiqiy komponentalari mavjud: 1) Internet - xizmatlari • World Wide Web – Butun jaxon oʼrgimchak toʼri. • Elektron pochta. Telekonferentsiya tizimi. • Maʼlumotlarni uzatish (FTP). • Interfaol chat (chat). • Koʼrtarmoqli xabarlarni uzatish (ISQ). • Аudio va Videokonferentsiya. • Ovozli xabar (IP-telefoniya). 2) Internetda ishlash • Brauzerlar. • Qidiruv tizimlari. • Web-saxifalarni brauzerda koʼrish. 3) Internetning axborot resursi. • Web-saxifalari va Web-uzllar, portallar. • Manzillashtirish, URL va maʼlumotlarni uzatish protokollari. • Web-saxifalarni yaratish. Web-ilovalar. • Internet eʼlonlari. Taqdimlash. Internet texnologiyalarning mantiqiy komponentalari Internetda axborot oqimini taqsimlash imkonini beruvchi yangi global loyxalarni amalga oshirish shartlarini yaratadi.
2.2. Internet xizmatlarini taqdim etish

Internet provayder (angl. internet service provider, qisqartma ISP — internet xizmatlarini taqdim etuvchi) – Internetni va internet tarmogʼi xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Internet provayderlarining asosiy xizmatlari quydagilar:  kengpolosali Internet,  uzib-ulanadigan Internet,  simsiz Internet tarmogʼiga ulanish,  saytlarning ishlashini taʼminlash va saqlash uchun doimiy xotiradan joy ajratish (xosting),  elektron pochta qutisini yoki vertual pochta serverini qoʼllab quvvatlash,  klient qurilmalarini provayder maydoniga joylashtirish (kolokatsiya),  ajratilgan va vertual serverlarni ijaraga olish (VPS, VDS),  maʼlumotlarni rezervlash. Taqdim etilgan xizmatlardan kelib chiqqan xolda ularni quydagi turlarga ajratish mumkin:  ulovchi provayderlar,  xosting-provayderlari,  magistral (angl. backbone) provayderlar,  kanal provayderlari,  soʼngi milya provayderi Ulovchi provayderlarni shaxsiy aloqa kanallariga ega birlamchi (magistral) va birlamchi provayderlar kanallarini ijaraga oluvchi ikkilamchi (shaxar, uy) provayderlarga ajratish mumkin. Birlamchi provayderlar odatda boshqa provayderlarga xizmat koʼrsatib, katta xajmdagi trafikni sotadilar. Internet provayder – bu aloqa operatori boʼlib, quydagi xizmatlardan biriga litsenziyaga ega boʼladi:  aloqa kanalini taqdim etuvchi aloqa xizmatlariga.  maʼlumotlarni uzatish tarmogʼida aloqa xizmatlariga. Ovozli maʼlumotlar bundan mustasno.  maʼlumotlarni uzatish tarmogʼida ovozli maʼlumotlarni uzatish boʼyicha aloqa xizmatlariga.  telematik aloqa xizmatlari. Hozirgi kunda Oʼzbekiston Respublikasida bir qancha Internet provayderlari xizmat koʼrsatmoqda, bular: – UzNet, – Sarkor Telecom, – Sharq Telecom, – TPS, – ARS Inform, – Cron Telecom va boshqalar.


Internet tarmogʼida mashrutizatorlar maʼlumot paketlarini qaysi manzilga joʼnatishni aniqlash uchun xar bir paket sarlovxasiga uzatuvchi va qabul qiluvchi manzili koʼrsatiladi. Internetda manzillashda xar bir tarmoqqa ulanuvchi interfeysga unikal IP-raqam biriktiriladi. Kompьyuterlar va marshrutizatorlar oʼzlarining IP-raqamini va oʼzining “tarmoqdagi qoʼshnilari” manzillarini “biladilar”, bundan tashqari marshrutizatorlar oʼzlarining jadvali asosida IP – manzillar bilan paketlarning qaerga yoʼnaltirilayotganligini aniqlashi mumkin. TCP/IP tarmogʼidagi xar bir kompьyuter 3 satxli manzilga ega:  Uzelning lokal manzili, ushbu uzel tarkibiga kiruvchi, aloxida tarmoq qurish yordamida aniqlangan texnologiya. Lokal tarmoqqa kiruvchi, uzel uchun tarmoq adapteri yoki marshrutizator porti manzili bu – MАS manzil. Masalan: 11-А0-17-3D BC-01. Bu manzillar markazlashgan boshqaruvga ega boʼlgani sababli qurilma ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilanadi va ular unikal manzil xisoblanadi. Barcha lokal tarmoqdagi texnologiyalar uchun MАS – manzillar 6 baytli: katta 3 bayti ishlab chiqaruvchi firma idintifikatori, kichkina 3 bayti esa ishlab chiqaruvchilarning unikal obrazi qilib belgilanadi. X.25 va frame relay kabi global tarmoqqa kiruvchi uzel uchun lokal manzil global tarmoq administratori tomonidan belgilanadi.  IP-manjil, 4 baytdan iborat, masalan: 109.26.17.100. Bu manzil tarmoq bosqichida ishlatiladi. Bu manzil kompьyuterlar va marshrutizatorlarni loyxalashda administrator tomonidan belgilanadi. IP-manzil 2 qismdan iborat: tarmoq va uzel raqamidan. Tarmoq raqami administrator tomonidan ixtiyoriy belgilanadi. IP protokolida uzel raqami esa uzel lokal manziliga bogʼliq boʼlmagan xolda belgilanadi. Uzel bir necha IP tarmoq tarkibiga kirishi mumkin.  Simvolli identifikator – ism, masalan: SERV1.IBM.COM. bu manzil administrator tomonidan belgilanib bir necha qismdan tashkil topadi, masalan: mashina nomi, tashkilot nomi, domen nomi. Bunday manzilni DNS- nomi xam deyishadi, u amaliy bosqichda FTP yoki telnet protakollari bilan qoʼllaniladi.
Internet manzillarida domen (DNS) nomlari ishlatilib, ular mamlakat nomlarini, tashkilot va korxonalar faoliyatini anglatadi.

NAT-servis. Global tarmoqdan lokal tarmog‘i manzillari bilan qurilmalarga ma’lumot olish imkonini beruvchi mexanizm. Buning uchun chegara marshrutizatoriga dastur o‘rnatiladi. 2.4. Elektron pochta Elektrón póchta (angl. yemail, ye-mail, yelectronic mail) — Internet tarmog‘idagi elektron xatlarni jo‘natish va qabul qilish xizmati va texnologiyasi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo‘lib, faqat bunda xatni qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so‘zlarni terib, elektron signallarning ma’lum tartibdagi ko‘rinishiga keltiradi. Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy faylni tezda (bir necha soniyalarda) jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Bundan tashqari ma’lum talablar mavjud, ya’ni bunda xat jo‘natayotgan foydalanuvchi va qabul qilayotgan foydalanuvchi ham Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak bo‘lgan ma’lumot hisoblanib va oldindan boshqa dasturda tayyorlanadi, keyin elektron pochta orqali jo‘natiladi Pochta qutisi – bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir Ushbu nom kompyuter xotirasida papka ko‘rinishida shakllantiriladi va u o‘zida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi.


Elektron pochta manzili (___ @ _______.__ )


Rasm. Elektron pochta.
Xozirgi vaqtda xar bir boshlovchi foydalanuvchi oʼziga bepul elektron pochta ochishi va undan foydalanishi mumkun. Buning uchun u internet portallarining biridan roʼyxatdan oʼtishi lozim. Butun dunyo boʼyicha elektron pochtada maʼlumot almashinish protakoli SMTP (angl. Simple mail transfer protocol — pochtaning oddiy maʼlumot uzatish protakoli) xisoblanadi. Pochtada toʼgʼri yoʼnaltirishda DNS asosiy oʼrin tutadi.
Elektron pochta serveri (SMTP, POP) - xabarlarni joʼnatish va qabul qilishni taʼminlaydi. Elektron pochta klienti - xabarlarni yaratadi, oʼqiydi va javob qaytaradi. Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: • Xabarlarni tezkor almashish (bir necha daqiqa) • Xabarlarga qoʼshimcha maʼlumotlarni ilova qilish Filьtrlar - asosan pochta qutisiga kelayotgan xatlarning mavzusi, kimdan kelgan manzili asosida saralash va tartiblash funktsiyasini bajaradi. Qora roʼyxat - esa xat yuboruvchi manzilni maxsus jurnalga kiritib bu manzildan boshqa xat olmaslik maqsadida ishlatiladi.



Download 39,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 39,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. BOB. Elektron pochta tizimlari

Download 39,01 Kb.