KOMPYUTER ARXITEKTURASINI ASSEMBLER SATXI




Download 17,21 Kb.
bet4/6
Sana20.12.2023
Hajmi17,21 Kb.
#124740
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Guruh talabasi Ollaberganov Mirzoxidning Kompyuter tashkil etish-fayllar.org

KOMPYUTER ARXITEKTURASINI ASSEMBLER SATXI
Yuqori sath tillari hisoblangan C, C+ va Java kabi dasturlash tillarida yozilgan bitta operatorni amalga oshirish uchun, bir nechta mashina buyruqlarini bajarish kerak bo‘ladi. Har bir operatorga bittadan mashina buyrug‘i to‘g‘ri keladigan til esa 60 – assembler tili deb ataladi. Har bir assembler tili yoki assemblerlar, mashina buyruqlarining nomlari qisqartirib yozilgan – mnemonikalarga, ya’ni ma’noga ega qiskartirilgan so‘zlarga asoslanadi [1,16,18]. Masalan: qo‘shish – ADD, ayrish – SUB, ko‘chirib yozish – MOV, bir qiymatga orttirish – INC va boshqa mashina buyruqlari kabi. Assembler tilida ham – konstantalarni, o‘zgaruvchilarni, xotira adreslarini ifodalovchi metkalarni tavsiflash uchun, simvollardan iborat nomlar qo‘llaniladi. Assembler tilida yozilgan dasturni assemblerlash yoki translyasiya (kompilyasiya) qilish natijasida, real apparat muhitda - Pentium 4, Motorola, UltraSPARC yoki 8051 protsessorlaridan biri o‘rnatilgan kompyuterda bajarilishga tayyor ikkilik sonlarda ifodalangan dastur hosil bo‘ladi. Ushbu xolatni UMPK-80M o‘quv mikroprotsessorli komplekti uchun yozilgan, 4.1-rasmda keltirilgan dastur yordamida tushuntirish mumkin. Bu dastur tezkor xotira qurilmasining 0B00 adresi bo‘yicha yozilgan sonni o‘qiydi, uning inkorini aniqlaydi, hamda natijani 0B01 adresi bo‘yicha tezkor xotira qurilmasiga qaytib yozib qo‘yadi. Dasturlarni yozishda barcha sonlar o‘n oltilik sanoq sistemasida ifodalanadi. Dasturdagi buyruqlar - bir, ikki yoki uch baytli bo‘lib, mos holda hotiraning bitta, ikkita yoki uchta yacheykasini egallashlari mumkin. Buni 4.1-rasmdagi dasturni assemblerlagandan keyingi holatini ko‘rsatuvchi 4.2 va 4.3- rasmlar asosida tushunib olish mumkin. Buyruqlarning formatlari qanday ekanligini tushinib olish uchun, dasturni 4.4-rasmdagi bitta qatorda, bitta buyruq keltirilgan ko‘rinishda yozib olamiz. Bunda har bir buyruqning boshlang‘ich adresi ko‘rsatiladi va buyruqning uzunligiga qarab (1, 2 yoki 3 baytli buyruq), u xotiraning ketma-ket joylashgan 1, 2 yoki 3-ta yacheykasini egallaydi

Assembler tilida ishlash oson emas. Biron bir dasturni assembler tilida yozish, o‘sha dasturni C, C+ va Java kabi dasturlash tillarida yozishga nisbatan ko‘p 63 vaqt talab qiladi. Assemlerda dasturni to‘g‘ri ishlaydigan holatga keltirish ham (rus tilida – otladka programmы) juda ko‘p vaqt talab qiladi. Shunday ekan assemblerda dasturlash nima uchun kerak - degan savol paydo bo‘ladi. Bunga asos qilib quyidagi ikki sababni ko‘rsatish mumkin: assembler tilida tuzilgan dasturlar unumdorligining yuqori bo‘lishi (rus tilida - vыsokaya proizvoditelьnostь programm) va ularda kompyuterning apparat vositalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qila olish imkonining borligi. Yuqori malakaga ega bo‘lgan dasturchi, assembler tilida, yuqori sath tilida tuzilgan dasturga nisbatan, ancha kam xotira egallaydigan va anchagina tez ishlaydigan dasturlarni tuzishi mumkin. Ko‘p xollarda, yozilgan dasturning kamroq xotirani egallashi va tez bajarila olishi mumkinligi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda ko‘pgina o‘rnatiladigan amaliy dasturlar, masalan – smartkartalardagi va uyali telefonlardagi dasturlar, har-xil qurilmalarning drayverlari va BIOSning muolajalari (rus tilida – protsedurы) ana shunday dasturlar sirasiga kiradi. Assembler tilini o‘rganish bilan biz, kompyuterning qanday ishlashini va uning ichki tuzilishi, ya’ni arxitekturasi qanday ekanligini mukammal o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.




Download 17,21 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 17,21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KOMPYUTER ARXITEKTURASINI ASSEMBLER SATXI

Download 17,21 Kb.