• Wi-MAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access
  • Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish




    Download 127,34 Kb.
    bet6/9
    Sana24.12.2023
    Hajmi127,34 Kb.
    #128002
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    2-topshiriq2

    Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish. Ushbu texnologiya Wi-Fi (802.11a/b/g/n standartida) ishlab, bino ichida 45 metr uzoqlikda, 100 metr ochiq joyda bemalol katta tezlikda stabil tarmoqqa ulanish imkonini beradi. Lekin katta hududda sifatli tezlikni ta’minlash uchun esa juda ham ko’p Wi- Fi nuqtalari o’rnatilishi lozim bo’ladi. Bu esa texnologiyaga bo’lgan harajatni oshishiga olib keladi. Muammolardan yana biri shuki, abonent, yani foydalanuvchini bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganida, ma’lumot almashinish hamda ulanishda to’xtovlar vujudga kelishidir.

    Yuqorida ko’rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari bugungi kunda qo’yilayotgan yuqori o’tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda mobillik darajalarini o’zida qizman yohud to’liq aks ettira olgani bilan, narh bo’yicha bugungi operatorlarga to’g’ri kelmaydi. Aynan ushbu muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi bo’lmish IEEE 802.16 standartli Wi-MAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) texnologiyasi hal qilishi mumkin.
    Wi-MAX texnologiyasini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida 1999-yilda Wi- MAX-forumi ochildi va Wi-MAX texnologiyasiga quyidagi talablar qo’yildi:

    1. Katta bo’lmagan hududlarga shu qatori ajratilgan rayonlar, chetki (chetlashtirilgan) obyektlar Wi-MAX texnologiyasi asosida kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishga ega bo’lishi, rivojlanayotgan davlatlardagi 1,5 million aholini shu hisob ichidan 100 ta odam ATs larga ulanmagan va yirik shaharlar bilan simli aloqa orqali axborot, ma’lumot almashish sharoitiga ega bo’lmagan aholini kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.

    2. Wi-MAX texnologiyasi orqali yer kurrasidagi aholining teng yarmini kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishga erishish.

    Wi-MAX texnologiyasining asosiy maqsadlaridan biri universal simsiz aloqa orqali katta hududlarga ishonchli, sifatli kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanish sharoitini yaratish bo’ldi. Bu orqali Wi-MAX texnologiyasi quyidagi farqlarga ega bo’ldi:

    1. Simli aloqa va yo’ldoshli aloqa tizimlaridagi servis- provayderlarga iqtisodiy tomondan effektivligini hal etish va bu orqali faqat potentsial abonentlarga erishibgina qolmay, balki bir joydan foydalanuvchi, (statsionar) abonentlar sonini oshirish bilan birga ularga kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishnisifatli yo’lga qo’yish.

    2. Simsiz aloqa tizimlari boshqa simli texnologiyalar bilan moslashuvchanligi. Bu orqali simsiz aloqa maydonini kengaytirish (masshtablashtirish) imkoniyati paydo bo’ladi.

    3. O’rnatish, ulanish sodda arxitekturasi bu orqali unga ketadigan xarajatlarni kamaytirilishiga olib keladi.

    4. Radioaloqa tizimlarida aloqa qamrab olish hududi uzoqligi muhim hisoblanadi. Hozirgi davrda yuqori maydonlarga mo’ljallangan ko’p simsiz aloqa tarmoqlarida obyekt va tarmoq oralig’ida to’g’ridan-to’g’ri ko’rinishga ega bo’lishikerak.

    5. Wi-MAX texnologiyasi tarkibida IP protokollari bo’lganligi sababli lokal va korporativ tarmoqlarda qo’llanilishi mumkin.

    Download 127,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 127,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish

    Download 127,34 Kb.