|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-mustaqil ishi
|
bet | 1/4 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 4,76 Mb. | | #128651 |
Bog'liq 1701257360 (1)
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
1-mustaqil ishi
Guruh: SWD017 (520-22)
Bajardi: Uralov Abror
Tekshirdi: Akbarova Marg’uba
Variant – 68
15. Saralashning qat’iy usullari va ularning samaradorligi.
Reja:
Saralash tushunchasi va uning vazifasi
Saralash masalasini formal qo‘yilishi
Ichki saralash usullari:Qat’iy usullar va yaxshilangan usullar.
Saralashning qat’iy usullari
Saralash tushunchasi
Saralash (inglizcha sorting - tasniflash, tartiblash) - tanlangan mezonga qarab berilgan ob’yektlarni ketma-ket joylashtirish yoki guruhlarga bo'lish.
Saralash deb, berilgan ob’yektlar ketma-ketligini ma`lum bir mantiqiy tartibda qayta joylashtirish jarayoniga aytiladi.
Saralash bir necha ko`rsatkichlarga bog`liq bo`lishi mumkin.
Demak, ma'lumotlarni saralash - uni qandaydir atributga (mezonga ) ko'ra tartibga solishdir.
Saralash - bu tuzilma elementlarini qandaydir kriteriya asosida tartiblash. Kriteriya sifatida odatda kalit deb ataluvchi sonli maydon qo'llaniladi. Elementlarni kalit maydonlarining har bir keyingisi o'zidan oldingisidan kichik bo'Isa, bunday saralash kamayish tartibida saralash deyiladi. Agarda har bir keyingi kalit maydoni o'zidan oldingisidan katta bo'Isa, o'sish tartibida saralash deyiladi.
Saralash algoritmi - bu elementlarni saralash uchun qo'llaniladigan algoritm hisoblanadi. Saralash maqsadi - ma'Iumotlarni qayta ishlashda berilgan qiymat (kalit) bo'yicha elementni qidirib topishni yengillashtirishdan iborat Saralashning barcha algoritmlari ikki guruhga bo'linadi: - ichki saralash algoritmlari (massivda (ichki xotirada) saralash uchun go'llaniladi); 1 - tashqi saralash algoritmlari (faylda (tashqi xotirada) saralash uchun go'llaniladi). Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta xajmni egallasa, u holda ularni almashtirishlar ko'p vaqt va katta hajmdagi xotira sarfini talab qiladi. Ushbu sarfni kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda faqatgina ma'Iumot ko'rsatkichlari almashtirilib, elementlar o'z joyida qoladi. Bu usul adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi.
|
| |