|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekommunikatsiya texnologiyalari
|
bet | 8/10 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 151 Kb. | | #257137 |
Bog'liq Oltinboyeva Marjona 2
Ma’lum bir usulda siqilgan (kompressiyalangan) ma’lumot dekompressiyalanganida birlamchi ma’lumotdan ma’lum bir darajada farqlanadi, ya’ni dekompressiyalangan ma’lumotdan keyinchalik foydalanish mumkin. Bu turdagi siqish algoritmlari:
audio, video ma’lumotlarini;
statik tasvirlarni;
Internet ma’lumotlarini;
ma’lumot oqimlarini uzatishda va raqamli telefoniyada qo‘llaniladi
Yo‘qotishli siqishning ikki xil sxemasi mavjud:
Transformasiya qiladigan kodeklarda tasvir yoki tovush freymlari yangi bir muhitga transformasiyalanadi va kvantlash operasiyasi bajariladi. Transformasiyalash jarayoni butun freym doirasida amalga oshirilishi mumkin (wavelet- algoritmi asosida transformasiyalash);
freymni bloklarga bo‘lib, bloklar doirasida transformasiyalash (JPEG – algoritmii bo‘yicha). Transformasiyalangan ma’lumot entropiya usullari negizida siqiladi.
Yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish algoritmlarining qiyosiy tahlili
Yo‘qotishli siqish algoritmlarining yo‘qotishsiz siqish algoritmlaridan afzalligi shundan iboratki, bunda qo‘yilgan talablarga javob bergan holda ma’lumotni siqish darajasi ancha yuqori, ya’ni dekompressiyalangan ma’lumot inson sezgirlik darajasida bo‘ladi.
Yo‘qotishli siqish algoritmlari ko‘pincha analog ma’lumotlarni siqishda qo‘llaniladi, ya’ni tovush va tasvir ma’lumotlarini.
Bunda dekompressiyalangan ma’lumot birlamchi ma’lumotdan bitga bit solishtirilganida ancha farq qilishi mumkin, ammo bunday o‘zgarishlar inson eshitish va ko‘rish organlarida deyarli sezilmaydi
JPEG formatidagi fotosurat (ma’lumotlar yo‘qotishli siqish algoritmidan foydalanilgan) sud jarayonida ham qo‘llanilishi mumkin.
Yo‘qotishli siqish algoritmlarining kamchiliklari
Yo‘qotishli siqish algoritmi asosidagi dekompresiyalangan ma’lumot ikkinchi marta siqilganida sifat darajasi pasayishi mumkin, shuning uchun bunday holatlarda birlamchi ma’lumotning originalini saqlab qo‘yish kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekommunikatsiya texnologiyalari
|