• FALSAFA” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Bajardi: Qodirova Muxlisa Sodiqovna Qabul qildi: D.Rahmatova
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali




    Download 100.83 Kb.
    Sana03.12.2022
    Hajmi100.83 Kb.
    #33022
    Bog'liq
    Falsafa 2
    5-MUSTAQIL ISHI, Anketa ariza, 9-mayoxiri, Ma\'ruza matni TR, Falsafa mustaqil ish 2, 5438, Teylor va makloren qatorlari. Asosiy elementar funksiyalarni qat, How to Write a Postcard, IV-1-Laboraoriya Elektronika va robototexnika elementlari 2022, etm, Elementar funksiyalar Reja, Texnologik tizimni avtomatik boshqarish tizimini ishlab chiqish., Karimov Hasan, Mustaqil ta\'lim

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    QARSHI FILIALI


    KOMPYUTER INJENERLIGI FAKULTETI
    1-BOSQICH KI-13-22-GURUH TALABASINING
    FALSAFA” FANIDAN TAYYORLAGAN
    MUSTAQIL ISHI


    Bajardi: Qodirova Muxlisa Sodiqovna
    Qabul qildi: D.Rahmatova


    QARSHI – 2022


    reja:



    1. Glaballashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishning zaruriyati.

    2. Ontologik va munosabatdosh kategoriyalarning uyg’unligi

    3. Milliy va umuminsoniy qadryatlar dealitikasi. Milliy va ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadryatlar.

    4. Diniy ma’daniy an’analarimizning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri


    «Falsafa» atamasi yunoncha «filosofiya» so`zidan olingan bo`lib, «donishmandlikni sevish» ma'nosida ishlatiladi. Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy maslalar bilan shug`ullanishidan qat'iy nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to`g`risidagi ilm hisoblangan. Shu ma'noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o`rni haqidagi qarashlar tizimi ekanligini talabalar anglab etishlari zarur bo`ladi. Shu bilan birga talabalar bir narsani yaxshi anglashlari zarur bo`ladiki, u ham bo`lsa falsafa fanining birinchi bo`lib, sharqda paydo bo`lganligini, ya'ni falsafa fanining vatani Osiyo ekanligini anglab etishlari zarur, holbuki «filosofiya» yunonchadan olingan bo`lsada, bu falsafaning vatani Yunoniston, ya'ni Evropa emasligini anglab etishlari muhimdir. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot, insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e'zozlash ma'nosida ishlatilgan. Masalan, Abu Nasr Forobiyning «filosofiya» so`zini «hikmatni qadrlash», deb talqin etganligiga talabalar e'tiborini qaratish zarur bo`ladi. Shu bilan bir narsani anglab etish lozimki, falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo`lib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarini tanqidiy baholashni taqazo etadi. Bu 12 ham bo`lsa tanqidiy yondoshuv va vorislik fasafaning muhim xususiyatlaridan ekanligini anglashdir. Har bir falsafiy g`oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o`z davri xususiyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun Aflotun, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqalar o’z davri ruhidan kelib chiqib falsafiy g’oyalarni ilgari surganlar. Bir vaqtlar falsafa «fanlarning fani» mavqeini olganligiga e'tiborni qaratib, talabalarga shuni ta'kidlash lozimki, falsafa hech qachon da'vogar bo`lmagan. Gap shundaki, fanlar klassifikatsiyasiga ko`ra, xususiy va umumiy fanlarga bo`linadi. Barcha fanlar xususiy fanlar yoki spetsifik fanlar deb ataladi. Falsafa esa, umumiy fanlar majmuasini tashkil etadi. Shuning uchun falsafa fani barcha fanlar uchun metodologik asos rolini bajaradi. Demak, falsafa fani tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini o`rganadi. Shu jihatdan olganda, falsafa fani barcha fanlar, xususan ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan dialektik birlik va aloqadorlikdadir. Ijtimoiy - gumanitar fanlarsiz falsafani to`liq tushunib bo`lmaganidek falsafasiz ham bu fanlar taraqqiyotini bilish, tushunib etish mumkin emas. Falsafaning boshqa fanlarga ta'sirini bilmoq uchun, metodologiya sifatidagi ahamiyatini anglamoq uchun dunyoqarash tushunchasining mohiyatini anglamoq zarur. Dunyoqarash - kishilarning olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlari va tizimlaridan iborat. Dunyoqarash ayrim kishilar, ijtimoiy guruh, sinf yoki umuman jamiyatining faoliyati yo`nalishini va voqelikka munosabatini belgilaydi. Dunyoqarash o`zining tub mohiyatiga ko`ra mifologik, diniy, falsafiy turlarga bo`linadi. Mifologiya - kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichida bo`lgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Voqelikni bilishning, dunyoga qarashning o`ziga xos usuli bo`lgan mifning xususiyati shuki, hamma narsa va hodisalar unda bir-birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatini ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko`chirish mumkin bo`ladi. Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini hissiy qiyofalar, alohida vujudlar shaklida jonlantirib tasvirlab ko`rsatishga asoslangan. Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga osonlik bilan ko`chirilganligi sababli u xayolga keng maydon ochib beradi va bu maydonda mifologik tarzda fikr qiluvchi kishi har qg`anday o`zgarishlar qilishi va jasoratlar ko`rsatish mumkin bo`ladi. Har qanday mifologiya tabiat kuchlarini tasavvurida va tasavvur yordamida engadi, o`ziga bo`ysundiradi va shakllantiradi.
    Global muammolar butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo’shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.
    Hozirgi zamondaglobal muammolarni tasniflashga nisbatan har xil yondashuvlar orasida ayniqsa keng e’tirof etilgan tasnifga muvofiq global muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va echimining ahamiyatiga, shuningdek real hayotda ularning o’rtasida qanday sababiy bog’lanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi.
    Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat hayotidan urushni bartaraf yetish va adolatli dunyoni ta’minlash; Yangi xalqaro iqtisodiy tartib o’rnatish kabi ikki o’ta muhim muammo farqlanadi:
    Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan muammolar bo’lib, ular odamlarni energiya, yonilg’i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o’zlashtirish ham kiradi.
    Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog’liq muammolar ya’ni demografiya muammosi, sog’liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma’naviyat masalalari va shu kabilardir. U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma’lum darajada shartli xususiyat kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog’liq bo’ladi. SHu sababli har qanday tasnif masala echimining uzil-kesil varianti sifatida emas, balki murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar o’zaro aloqasi tabiatini yaxshiroq tushunishga ko’maklashadigan usullaridan biri sifatida qaralishi lozim.

    Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "O." terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1613 yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. Ular O.ni haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi taʼlimot, deb hisoblashgan. Eleya maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamchi koʻrinishini haqiqiy borliqqa qaramaqarshi qoʻyib, O.ni mangu oʻzgarmas, yagona, sof borliq haqidagi taʼlimot sifatida qoʻllashgan. Milet maktabi vakillari va Ioniya faylasuflari dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan. Ulardan borliqning boshlanishida yotuvchi bunday asosni Empedokl "stixiya", Demokrit "atomlar", Anaksimandr "apeyron", Anaksagor "urugʻ" deb atagan. Platon gʻoyalar O.sini, Aristotel empirizm O.sini yaratdi. Oʻrta ayerlar falsafasida O. ilohiyot bilan chambarchas bogʻlanadi. Sharq falsafasida O. koʻproq ilohiy borliqning , xudoning mohiyatini aks ettiruvchi taʼlimot tarzida, sharq panteistik falsafasida vahdati mavjud va vahdati vujud koʻrinishidagi taʼlimotlar shaklida paydo boʻlgan. Falsafada O. monistik, dualistik va plyuralistik konsepsiyalar shaklida ham uchraydi (qarang Materiya). Yangi davr falsafasida dualistik O. namoyandasi R. Dekart boʻlgan. Oʻz falsafasining asosiga "monada" — "ilohiy atomlar"ni qoʻygan V. G. Leybnits falsafasi — plyuralistik O.ga mansubdir. Bu konsepsiya boʻyicha olamning asosida bir qancha mohiyat yotishi mumkin. Shunday konsepsiya empiriokrititsizmda ham uchraydi. R. Avenarius, E. Max borliqning asosida sezgilar majmui yotadi, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon falsafasida O.ning mazmuni yanada boyigan. Bu borliq haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Maʼlumki, borliqni mexanistik, metafizik va materialistik talqin etishda u moddiylik bilan, aktual mavjudlik bilan, reallik bilan aynanlashtirib qoʻyilgan edi. Borliqaslida barcha narsa va hodisalarni, ilgari mavjud boʻlgan, hozir mavjud boʻlib turgan va kelajakda mavjud boʻladigan realliklarni, moddiylik va maʼnaviylikni, modda va gʻoyani ham oʻziga qamrab oladi.


    2. «Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan ko‘p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o‘rinni egallaydi. CHunki u har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, ularning mavjud bo‘lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lish, o‘zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi. Bu inson o‘zligini va o‘zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob’ektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir.Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o‘z dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash keladi:
    1. «Men kimman?»
    2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»
    3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bo‘lgan?»
    4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»
    5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsad, maqsadga muvofiqlik, mo‘ljal bormi?»
    Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi, avvalo, o‘zi nima bilan bevosita ish
    ko‘rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o‘zining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan
    narsalarni qayd etishdan boshlaydi. SHu tariqa inson va uning ongi o‘zini qurshagan barcha narsalar, avvalo,
    mavjud bo‘lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
    Borliq kategoriyasi esa xuddi shunday eng umumiy tomonni; ya’ni hamma moddiy va ma’naviy
    predmet va hodisalarni realligini ifodalaydi. Ikkinchi yo‘nalish vakillari esa, borliq avvalo, mavjudlik orkali
    ifodalanar ekan borliq kategoriyasini ishlatishda ehtiyoj yo‘q, chunki borliq tushunchasi mavjudlik
    tushunchasiga nisbatan hech bir yangilik bermaydi deyishadi. Gap shundaki, borliq falsafiy kategoriya
    sifatida faqat mavjudliknigina ifodalab qolmasdan, balki mavjudlikka nisbatan umumiyrok va kengroq
    mazmunga ega bo’lgan reallikni bildiradi.
    3. Borliq shakllari. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e’tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib tgan. Jonli narsalar dunyosida inson alohida o‘rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida,ideal obrazlar bilan ish ko‘rish, ya’ni mavhum fikrlash va o‘zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi.Shunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos piramida hosil bo‘ladi. Borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir. So‘nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda.
    Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga egadir. Borliqning turli shakllarini jonsiz tabiatdan boshlab mufassalroq ko‘rib chiqamiz, zero u hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan jonli va ijtimoiy tabiatning negizi hisoblanadi. Tabiat borlig‘i birlamchi (ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) tabiat borlig‘iga bo‘linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig‘i – butun tabiiy va sun’iy dunyo, shuningdek, tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, er, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko‘zgudagi aks va sh.k.)dir. Birlamchi tabiat borlig‘i ikki darajani o‘z ichiga oladi. Birlamchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya’ni ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, atrof -muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo‘lmagan barcha narsalar, ya’ni sayyoramiz hayvonot va o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga olgan butun biosferadan iborat. Ikkilamchi daraja – bu inson va inson ongining borlig‘i bo‘lib, bu inson yaratgan yoki o‘zgartirgan tabiatdir. Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkilamchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bog‘liq. Bir tomondan, ikkilamchi tabiatda birlamchi tabiat materiali, boshqacha aytganda, ob’ektiv birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa –unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o‘z ifodasini topgan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, ma’rifatli borliq, moddiy va ma’naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir.
    Inson borlig‘ining tahlilida uning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson
    borlig‘ini farqlash o‘rinli bo‘ladi. Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma’noda uning qonunlariga
    bo‘ysunadi. Tananing mavjudligi inson o‘limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo‘qlik
    dialektikasi bilan bog‘lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo‘lish
    holatlaridan o‘tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish
    qonunlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o‘tadi. Inson
    tanasi mavjud bo‘lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan
    saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta’minlash zarur. Bundan hayotni saqlash,
    insonning o‘z-o‘zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta’minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar-joy, sof atrof-muhitga ega bo‘lish ehtiyojida o‘z ifodasini topadi. Ma’naviy borliq sub’ektiv individuallashgan va ob’ektiv (noindividual) ma’naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma’naviy borliq –bu insonning ichki dunyosi, u onglilik va ongsizlikni qamrab oladi.
    Bunday yondashuvga ko‘ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma’noda esa u tafakkurdir. Ong
    – inson bosh miyasining dunyo borlig‘ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish
    qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar,kechinmalar, fikrlar, shuningdek, g‘oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar,
    mo‘ljallar, andozalarning ko‘rinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo‘lmagan orqaga
    qaytmaydigan xususiyatga ega. SHaklan bu jarayon tartibsiz,lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib,
    barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.Inson ongi ayni vaqtda uning o‘z-o‘zini
    anglashi, ya’ni o‘z tanasi, fikrlari va tuyg‘ularini, o‘zining boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatini va
    o‘zining jamiyatdagi o‘rnini anglab etishi, ya’ni o‘zini o‘zi bilishdir. O‘zlikni anglash – bu ongimizning o‘ziga xos asosidir.Individual ong o‘zining o‘limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning ayrim qismlari noindividual ma’naviy shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek, boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo‘ljallari, maqsadlari, g‘oyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual ma’naviy borliqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi.

    Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta‟minlash, uning tarbiyaviy imkoniyatlarini kengaytirish yo’llari haqida fikr-mulohaza yuritishdan avval,


    “qadriyatlar” tushunchasining mazmuni, ushbu tushunchada o’z ifodasini topgan
    obyektiv voqelikning o’ziga xos xususiyatlari haqida to’xtalib o’tish maqsadga
    muvofiq deb hisoblaymiz.
    Avvalo, ta‟kidlash joizki, mamlakatimiz davlat mustaqilligiga erishishi bilan
    O’zbekistonda qadriyatlar muammolarini o’rganish yildan-yilga avj olib
    bormoqda. Aniqroq qilib aytganimizda, qadriyatlar falsafasi shakllanmoqda. Lekin
    keyingi yillarda chop etilgan ilmiy-falsafiy, xususan, ilmiy-publitsiñtik
    adabiyotlarda “qadriyatlar” iborasini juda keng ma‟noda ishlatish, hatto uni
    “madaniyat”, “ma‟naviyat” tushunchalariga tenglashtirish, ba‟zi hollarda esa
    “qadriyatlar” va “an‟analar” iboralarini bir o’ringa, bir qatorga qo’yish,
    tenglashtirish holatlari sodir bo’lmoqda. Shuningdek, ba‟zi birovlar “qadriyatlar”
    tushuncha-siíi “moddiy-tabiiy boyliklar” kategoriyasiga òyenglashtir-moqdalar.
    Yana boshqa birovlar esa qadriyatlarni moddiy va ma‟naviy qadriyatlarga
    ajratmoqdalar.
    Bunday boshboshdoqliklarning âujudga kelishi “qadriyat-lar” tushunchasining
    ìazmuni va mohiyati, shakli va ko’rinish-lari, tarbiyaviy ta‟sirini tahlil qilishda hali ishonchli metodologik asos hozirgacha yaratilmaganligidan dalolat beradi.
    qadriyatlarning madaniy meros bilan o’zaro aloqadorlik mexanizmi va uning
    tarbiyaviy imkoniyatlarini tiniqroq tasavvur etmoq uchun ushbu ijtimoiy-madaniy
    voqeani o’rganishga faqat sotsiologik yoki fenomenologik yondashuvning ûzi
    kifoya qilmaydi. Ushbu murakkab ijtimoiy-madaniy voqeani tahlil etishda
    kulturologik yondashuvga asoslanishi-miz ñamarali natija beradi deb hisoblaymiz.
    Kulturologik yondashuvga asoslanib, “qadriyatlar” tushunchasining ìazmuni va
    mohiyatini, uning tarbiyaviy imkoniyatlarini kengroq tadqiq etsa bo’ladi. Ayniqsa
    “ìadaniyat-ma‟naviyat-qadriyatlar” kontekstining òahlil qilinishi qadriyatlar
    xususida fundamental tasavvurlar hosil qiladi.
    Madaniyat falsafiy mushohada obyekti sifatida 2-3 ming yildan buyon
    o’rganilib kelinmoqda. Xuddi shuning uchun ham hozirgacha madaniyatga 200
    ortiq turlicha ta‟rif berilgan. Bizning fikrimizcha, qadimda madaniyat deganda
    inson bilan tabiat orasidagi aloqadorlik, insonni tabiatni o’zgartirish ya‟ni
    “ikkinchi tabiat”, “sun‟iy muhit” yaratish borasidagi malakasi, mahorati
    tushunilgan bo’lsa, bizning zamonamizda madaniyat deganda insonning kundalik
    amaliy faoliyati tufayli yaratilgan barcha moddiy va ma‟naviy boyliklari
    tushuniladi. Xullas, qayerda inson mavjud bo’lsa, qayerda u faoliyat ko’rsatsa,
    qayerda odamlar biri-ikkinchisi bilan muloqotda bo’lsa, o’sha yerda madaniyat
    sodir bo’ladi.
    Madaniyat deganda faqat odamlarning savodxonligi yoki savodsizligini
    tugatish tushunilmaydi. Balki kishilarning ìyehnat qilishi, o’qishi, yashashi,
    ishlashi, maishiy turmushi, bir ibora bilan aytganda, turmush tarzining barcha
    jabhalaridagi faoliyatining holati, darajasi tushuniladi. Xuddi shuning uchun ham
    madaniyat inson ongi va faoliyatining ûzaro aloqadorligi darajasini ham ifodalaydi.
    Insonning kunda-lik amaliy faoliyati moddiy va ma‟naviy sohàlarda sodir bo’lgani
    uchun madaniyat ham shartli ravishda moddiy va ma‟naviy madaniyatga bo’linadi.
    Moddiy madaniyat moddiy ishlab chiqarish sohàsida mehnat qilayotgan kishilar
    faoliyatini xarakterlasa, ma‟naviy madaniyat odamlarni ma‟naviy ishlab chiqarish
    borasidagi faoliyatini ifodalaydi. Lekin shuni alohida ta‟kidlash zarurki, har
    qanday moddiy madaniyatda ma‟naviy madaniyatni, har qanday ma‟naviy
    madaniyatda moddiy madaniyatning òa‟siri bo’ladi. Boshqacha aytganimizda.
    moddiy va ma‟naviy madaniyat biri-ikkinchisiñiz yashay olmaydi, biri-ikkinchisi
    bilan dia-lektik aloqadorlikda namoyon bo’ladi.
    Ma‟naviy madaniyatning ìag’zini (yadrosini) qadriyatlar tashkil etadi. qadriyat
    allaqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas,
    balki uning mohiyati, o’z navbatida, borliqning u yoki bu obyektining yashashi,
    mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‟nodagi zaruriy shartidir. qadri-yatlar inson
    bisotida turli-tuman ehtiyojlarning va his-tuyg’ularning mavjudligidan dalolat
    beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisalarni turlicha baholashlari
    uchun zamin yaratadi. Chunonchi, birovlar uchun o’ta qadrli, o’ta muhim
    ahamiyatga ega bo’lgan u yoki bu hodisa boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq
    chaqalik ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarni
    oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyati kamroq, qadr-qimmati
    sezilmaydigan), absolyut va nisbiy, obyektiv va subyektiv qadriyatlarga bo’lish
    mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qadriyatlariga
    bo’lish mumkin. O’z navbatida, xayrli, foydali va zaruriy qadriyatlarga ajratish
    mumkin. Shuningdek, qadriyat-larni: haqiqatni, ezgulikni, go’zallikni ulug’lovchi
    qadriyat-larga ajratish mumkin.
    Har qanday qadriyat ham inson ongi va faoliyatining mah-sulidir. Boshqacha
    aytganimizda, har qanday qadriyat odamlar tomonidan, ya‟ni odamlarning
    ajdodlari tomonidan yaratiladi, boshqa avlodlari tomonidan o’zlashtiriladi,
    kishilarning ongi va shuuriga singib, amaliy faoliyatiga qudratli stimul beradi,
    katta ijtimoiy kuchga aylanadi.
    qadriyatlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma‟naviy taraqqiyotining
    mahsulidir, shuning uchun ham qadri-yatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari,
    o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu-umidlari, istaklari, talab va ehtiyojlari
    o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‟nosi
    o’zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatiga
    baho berganda konkret tarixiy shart-sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur.
    qadriyatlar insonning orzulari-istaklari, niyatlari-umidlari, bir so’z bilan
    aytganda, ideal sifatida namoyon bo’ladi. Xuddi shuning uchun ham, buyuk nemis
    faylasuflari V. Vindelband, G.Rikkertlar òa‟kidlaganidek, qadriyatlar hech qachon
    obyektga ham, subyektga ham bog’liq bo’lmagan mustaqil olamni vujudga
    keltiradi. Bu olam makon va zamon qonun-laridan ustun turadi. Shuningdek,
    insoniyatning buyuk ma‟na-viy xazinasi bo’lgan qadriyatlar hech qachon
    o’zgarmaydi, balki M.SHeler, N.Gartman aytganidek, insonning qadriyatlar haqidagi tasavvurlari o’zgaradi. Butun olam qadriyatlar bilan to’lib-toshgan bo’ladi va
    borliqqa hamisha yangi ma‟no ato etadi. Shuning uchun ham butun voqelik
    qadriyatlarning “o’ziga xos namoyishi”dan iboratdir.
    Hîzirgi zamon qadriyatshunos olimlarining fikriga ko’ra, qadriyatlarning ham
    o’ziga xos qonunlari bor. Bu qonunlar inson irodasiga bo’yso’nmaydi. qadriyatlar
    obyektiv olamning subyektiv in‟ikosi bo’lgani uchun kishilarning amaliy
    faoliyatiga o’z ta‟sirini o’tkazadi. Hatto odamlar turmush tar-zini o’zgartiradi.
    Xuddi shuning uchun ham kishilar o’zlarining turmush tarzlarini insoniyat
    yaratgan qadriyatlar talablariga qarab o’zgartirib boradilar.
    Amaliyot øundan dalolat berayotirki, qadriyatlar jamiyat taraqqiyoti bilan
    bog’liq bo’ladi va hech qachon undan tashqarida yashamaydi. Xuddi shuning
    uchun ham qadriyatlar jamiyat ijti-moiy-iqtisodiy, madaniy-ma‟naviy
    taraqqiyotining mahsuli bo’lib, unda zamonning ruhi, imkoniyatlari, odamlarning
    orzu-umidlari, istaklari, talab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar
    o’zgarishi bilan qadriyatlarning ma‟nosi va mazmuni o’zgarib boradi. Xuddi
    shuning uchun ham qadriyat-larning tarbiyaviy imkoniyatlariga baho berganda
    konkret tarixiy shart -sharoitlarni inobatga olish lozim.
    Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino qadriyatlar
    haqida fikr-mulohaza yuritganlarida, eng avvalo, insonning ma‟naviy-ahloqiy
    fazilatlari, xislatlari, xosiyatlarini, insonning ruhiy-ma‟naviy kamolati uchun
    yordam beradigan buyuk xazinasini tushunganlar. Sharqning buyuk allomasi Abu
    Rayhon Beruniyning e‟tirof etishicha, qadriyatlar - borliqning nomoddiy holati
    bo’lib, odamlarning turmush-tarzi, ehtiyojlari, manfaatlari, orzulari va umid-lari
    bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Masalan, odamlar turmush tarzidagi hamkorlik,
    kishilarning dushmanga qarshi birlashib kurash zaruriyatidan kelib chiqqan. Abu
    Ali ibn Sino fikriga ko’ra, qadriyat haqida gap ketsa, eng avvalo, insonning qadrqimmati haqida fikr yuritmoq darkor. Uning tushutirishicha, insonning qadri
    boshqalar bilan qilgan hamkorligi, yaxshi insoniy fazilatlarga intilishi, donoligi,
    boshqalarga qilgan yaxshiligi bilan o’lchanmog’i darkor.
    Musulmon Sharqi mamlakatlarida keng tarqalgan diniy-falsafiy ta‟limot tasavvuf namoyondalari ham, qadriyatlar deganda insonning qadr-qimmati, uning
    ruhiy-ma‟naviy yetuk-ligiga qarab belgilanmog’i lozimligini qayta-qayta takrorladilar. Xususan, tasavvufning eng yirik oqimlaridan biri kubraviyada
    ta‟kidlanishicha, insonning ruhiy-ma‟naviy yetukligini ifodalovchi asosiy
    mezonlar: tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, uzlat, tavajjuh, sabr, muroqaba, zikr, rizo
    hisoblansa, tasavvufning boshqa bir oqimi naqshbandiyada qayd etilishicha,
    insonning ruhiy-ma‟naviy kamolatini ifodalovchi mezonlar xush dar dam, nazar bir
    qadam, safar dar vatan, xilvat dar anjuman, yodkard, bozgasht, nigohdosht, vuqufi
    adadiy, vuqufi zamoniy, vuqufi qalbiy hisoblanadi. Tasavvuf falsafasining buyuk
    namoyondalari Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Abdu-holiq g’ijduvoniy,
    Aziziddin Nasafiy, Bahouddin Naqshban-diy, Hoja Ahror Valiy kabilar inson
    ma‟naviy qadriyatlari-ning asosida poklik, hayo, sabr-bardosh, qanoat, chidam,
    beozor-lik, hokisorlik kabi insoniy xislatlarni qo’yishgan. Yuqori-dagi fikrmulohazalardan ko’rinib turibdiki, qadriyatlar ichida eng ulug’i, eng a‟losi
    insondir. Chunki, inson har qanday ma‟naviy boyliklarning èjodkoridir. Xuddi
    shuning uchun ham insonning ongi va faoliyatiga bog’liq bo’lmagan, undan
    tashqarida turgan bironta qadriyat bo’lishi mumkin emas. Insonning qadr-qimmati,
    uning jamiyatdagi, davlatdagi, ja-moadagi, îiladagi mavqei, eng avvalo, uning
    yuksak ma‟naviy-ahloqiy yetukligi, professional malakasi bilan o’lchanadi.
    Shunday ekan, qadriyatlar o’z mohiyati, mazmuniga qarab inson aql-zakovatini,
    ahloq-odobini, mehnatga halol, vijdonan munosabatini, go’zal did va jismoniy
    kamolatni ulug’lovchi qadriyatlarga áo’linmog’i darkor. qadriyatlarni jamiyat,
    millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy
    yoki diniy, shuningdek kishilarning yoshi, professional xususiyatlariga xos
    qadriyatlarga bo’lish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi jamiyat
    qurilishi avj olgan mamlakatimiz sharoitida, inson o’zining shaxsiy-individual
    xususiyatlariga tayanishi, o’z baxt-iqbolini o’z qo’li bilan yaratishi haqida
    qayg’urishi, jamiyat va davlat muassasalariga emas, balki o’z qobiliyatiga umid
    bog’lashi, uning qàdr-qimmatini belgilovchi asosiy mezonga aylanayotir.
    Insonning qadr-qimmati, sha‟ni, or-nomusi, milliy g’ururi milliy qadriyatlar
    bilan bevosita bog’liq. Milliy qadriyatlar har bir kishining tili, tarixi, dini,
    adabiyoti, san‟ati, rasm-rusumlari, urf-odatlari, bayramu-sayillari, bir so’z bilan
    aytganda, madaniy-ma‟naviy merosi, insoniy fazilatlari, xislatlarining yig’indisidir.
    Milliy qadriyatlar o’sha mil-latga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan,
    insoniylik, odamiylikka xos fazilatlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy-madaniy meros
    xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko’rsatkichdir. Milliy qadriyatlar,
    shubhasiz, millatning ravnaqi yoki inqirozi bilan bevosita bog’liq bo’ladi.
    Boshqacha aytganimizda, milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va bugu-ni bilan
    bog’liq. Shuning uchun ham “milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan
    rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi.
    VI-XVI asrlar davri tarix fanida o’rta asrlar deyilib, qadimgi va an`anaviy madaniyatlar o’rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr madaniyatida mifologik tafakkur va an`analarning kuchli ta`siri hamda yangi davrning texnogen madaniyatidagi aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari seziladi. Arab xalifaligi va Evropa mamlakatlari o’rta asrlar madaniyatidagi xususiyatni islom va xristianlik belgilaydi. O’rta asrlar madaniyatining shakllanish qiyofasini islom va xristianlik belgilashi bilan birga, ularning o’zi ham mifologik tushunchalar asosida shakllanib, an`anaviy madaniyatning ko’plab jihatlarini o’zlashtirdi, o’z navbatida o’rta asrlar madaniyati negizida keyingi davrlar madaniyatining shakllanishi uchun yangi madaniyat kurtaklari va yangicha tafakkur tarzi vujudga keldi. Yana shuni ham inkor qilmaslik kerakki, o’rta asrlarda o’zining tafakkur tarzi va dunyoqarashi jihatidan o’tmishda va keyingi davrlarda vujudga kelgan diniy madaniyatdan keskin farq qiluvchi diniy madaniyat yaratildi.
    Diniy madaniyat ko’p mazmunlidir, negaki uning asosida turli xalqlarning madaniyat merosi mavjud: arab, turk, german, slavyan xalqlarining ibtidoiy (arxaik) madaniyati; antik meros va qadimgi Sharq sivilizatsiyasi meroslarini tanlash va ijodiy qayta ishlab o’zlashtirgan. Bundan tashqari G’arb va Sharqning o’rta asrlar madaniyati tarixning ming yillar davomida doimo muloqot va akkul`turatsiya jarayonini kechirdi, bunda salb yurishlari davri juda shiddatli kechdi (XI-XIII asrlar). Diniy madaniyatning ko’p qirraligi uning tarkibida ko’plab submadaniyatlarning mavjudligidir: xalqona (qishloq madaniyati), shahar, dunyoviy, monastir va so’fiylik madaniyatlari. Shuningdek, din o’sha davrdagi madaniyat va submadaniyatning barcha sohalarini birlashtirib o’z ichiga qamrab oldi.
    O`rta asrlar davrida yakka xudolikka asoslangan jahon dinlari-xristianlik va islom Yevropa, Osiyo va Afrikaning ko’p joylarida ko’plab kishilar uchun dunyoqarashning ustivor shakli bo’lib, inson va butun jamiyatning tafakkurini, butun turmush tarzini belgiladi. Diniy aqidalar asosida o’sha davrning qiyofasi kishilar ongida shakllanib madaniyatning o’ziga xos xususiyatini belgiladi. Koinot va osmon jismlarini dastlabki va boshlang’ich o’rnini Xudo (Olloh) belgilab, dunyo va insonni yaratuvchisi hamda barcha mavjudot xudoning (Olloh irodasining) ijodiy yaratuvchanlik natijasidir. Insoniyat tarixi davrlarning izchillik bilan takrorlanib turishi kabi namoyon bo’ladi, natijada davrlarning o’rin almashishi navbatdagi payg’ambarning kelishi bilan sodir bo’ladi. Payg’ambar jamiyatda buzg’unchilik va gunohlarni tuzatishda «ilohiy aralashuvchi» ning timsoli hisoblangan. Bu «xudoning elchilari» bo’lgan payg’ambarlar tarixidir. Xristianlikka ko’ra «elchilarning» so’nggisi «xudoning o’g’li» Iisus Xristosning yerga tushishi hisoblanib, uning chormix qilinishi bilan Yerda Xudoning hukmronligi boshlanadi. Islom dini bo’yicha Iisus faqat payg’ambarlardan biri xolos, oxirgi payg’ambar «payg’ambarlik tamg’asi» bo’lgan Muhammaddir. Kishilarga payg’ambarlar orqali oliy haqiqat ma`lum qilingan. Ya`ni, yaxshilik va yomonlik, nomukammal – takomilga muhtoj bo’lgan yerdagi ko’rinadigan tabiiy mavjudlik, bunda, yerdagi oliy hilqat inson ruhi bo’lib, u Xudo bilan birlashishga harakat qilishi lozim. Din – inson uchun namuna-mo’minlik, jafokashlik, ruhoniyat, gunohlarni yuvish ishtiyoqi, qutilishdir. Har kim, har doim nazorat ostidaligiga, o’zining Olamda zarradek ekanini his qilishi, bu ulkan Olamning o’ziga xos markazida sezilarli kuch harakatda bo’lishi, idrok qilib xudoning (Ollohning) e`tiborida ekanligiga iqror bo’ladi.
    Din har xil milliy an`analarga ega bo’lgan turli xalqlarga arablar Sharqi va Evropada kuchli bir sivilizatsiya yaratishi uchun birlashtiruvchi ibtido bo’ldi. Din madaniyatning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, badiiy-barcha sohalariga o’z ta`sirini ko’rsatdi. Xristianlik Rim imperiyasida eramizni IV asrlarida uning g’arbiy qismi gullagan paytga kelib (er. 476 y.) to’la shakllangan cherkov tizimi va qattiq intizomga asoslangan davlat dini tarzda qaror topdi. Cherkovning tayanchi bu paytda butun Yevropada keng tarqalgan va xristianlikni o’z dini sifatida qabullagan «yovvoyi» xalqlar (jumladan: gotlar, gallar, irlandlar va b.) tashkil etdi. Yevropa bo’ylab tarqalgan german, slavyan, turk qabilalari antik sivilizatsiyasini xarob etib yangi hayot tarzini qabul qildilar.
    Musulmon Sharqida islom ta`limoti paydo bo’lishi bilan barobar teokratik boshqaruv shakli qaror topadi, bunda diniy va dunyoviy hokimiyat payg’ambar, keyin uning «o’rinbosarlari-xalifalar» qo’lida birlashgan.
    V-VI asrlarda Arabistonda yangi dunyo qaror topaboshladi. Etnik va madaniy uyushish, integratsiya jarayoni kechib, yagona din, umumiy ong elementlari tarqala boshladi. Bu avvalgi xudolaridan xafsalasi pir bo’lgan arablarning ma`naviy-ruhiy izlanishiga turtki bo’ldi. Muhammadning payg’ambarlik faoliyati yagona ma`naviy-mafkuraviy va sotsial birlikka intilish yo’lida qonuniy jarayon bo’ldi. Islomiy e`tiqod 5 asosiy talabga tayanadi. Yagona Ollohni tan olish va Muhammadni uning payg’ambari deb bilish, namoz o’qish, ro’za tutish, beva-bechoralar yo’lida zakot berish, Haj ziyorati. Islomning ushbu 5axkomidan 4tasi ahloqiy-udum tabiatiga ega. Xususan, payg’ambar shaxsi u haqidagi ma`lumotlar nufuzi islom diniga betakror o’ziga xoslik, ma`naviy-ruhiy qudrat bahshida etdi va uni jahon tarixidagi muhim voqea, o’zida ilohiy va dunyoviy hokimiyatni mujassamlashtirgan musulmon davlatchiligining qaror topish tomirini belgiladi.
    Din hayotni muqaddas shaklda tasvirlovchi g’oyalarni yaratdi: Falsafada- teologiya, adabiyotda-ilohiy, didaktik janrlar, Yevropa musiqasida cherkov gimnlari-liturgiya va messa, tasviriy san`atda xristianlik syujetlari asosiy o’rin tutdi. Asosiy fanlar ilohiyot va sxolastika (o’rta asr falsafasida yunoncha shunday atalgan va bu atama fikr so’qish, dogmatizm, mazmunsiz, formal bilimni anglatgan). Ilohiyot olam va inson haqidagi o’z «ilmiy» manzarasini yaratdi. Koinot xususidagi ilmda Yer Olamning, Ierusalim dunyoning markazi degan qarash hukmronlik qildi. Inson majoziy tarzda mikrokosmos- tana-er, qon-suv, nafas-havo, harorat-olov, ya`ni u boshlang’ich ibtidodan iborat deb qaraldi.
    Islomda san`atga nisbatan qat`iy biryoqlama, diniy aqidalar timsoli ifodasini ko’ramiz. Bunda cherkov tizimini yo’qligi, har bir odamni Olloh-bilan tanho muloqotining mumkinligi aholi manzillari, mahallalarda qurilishning ommaviy shakli-masjidlarni bino etilishi bo’lib, uning dastlabki namunasi Muhammad payg’ambar tomonidan Madina shahrida solingan masjiddir. Yuqori ma`lumotli musulmonlar orasida Yevropa mamlakatlaridagi universitetlardan ilgariroq oliy ta`lim maktab-madrasalari keng tarqalishini belgiladi. Musulmon adabiyotida ustivorlik qilgan she`riyatni rivojlanishida so’fiylik katta rol` o’ynaydi. So’iylar o’zlarining chuqur hissiy-ruhiy holatlari, yaratuvchiga bo’lgan e`tiqodini tinglovchilariga yetkazish, individual ta`sir etish mahoratini namoyish etardilar. Islom tadqiqotchilardan bo’lgan. G.Gryunbaumning ta`kidiga ko’ra, tahliliy, majoziy boy ifoda vositalariga ega bo’lgan mukammal ifoda shakli, chuqur mazmun uyg`unligini o’zida mujassam etgan takbir imkoniyatlarini musulmon madaniyati doirasi hatto undan tashqarida topish mumkin emas. Sharqning barcha yirik Sanoiy, Jomiy, Rumiy, Sa`diy, Hofiz, Nizomiy, Navoiy singari ijodkorlari so’fiylikka u yoki bu tarzda aloqador bo’lganlar. Ilohiy haqiqat Olamning aldamchi ko’rinishi tarzda tahayyul etilganligi tufayli ham islom san`atda asl tasvir-ifodani inkor etgan (Kitobiy miniatyura bundan mustasno). Ayni paytda Islomda olamning mohiyati, asl hayot haqiqatni naqshlarda muhrlangan belgilarida ifodalashga e`tibor qaratilgan. Mahobatli me`morchilik yodgorliklarini betakror go’zallik timsollariga aylantirgan, ixlosmandlarni nafaqat ko’zini, qalbini ham quvontiradigan murakkab geometrik shakllar (girh), o`simliklar shakli ifodasi (islimiy), qo’lyozma, amaliy bezak, san`ati naqshlari asosida islomiy ramz tasvirlari yotadi. Jumladan, uchburchak-Ollohning nazari, to’rtburchak-musulmonlarni Muqaddas manzilgohi-Ka`ba, beshburchak-dinning 5asosiy arkoni, jimjimador o’simliksimon shakl, va gullar-jannat bog’i-Bo’ston timsollaridir. Musulmon Sharqida san`atda diniy aqidalar o’ta izchilik bilan qo’llangan. San`atda kalligrafik miniatyurani istisno qilgan holda deyarli voqelikni tasvirlash ta`qiqlangan, tasvir ramziy shakllarda, naqsh sifatida ifodalangan.
    Umuman, G’arbda ham Sharqda ham borliq Ilohiy « Oliy hukmdor»ning aksi sifatida idrok qilingan. Xudo (Alloh) tabiatdagi narsalarni yaratuvchisi sifatida va narsalarda uning qudrati namoyon bo’lish tarzida tushuniladi. Narsalarni mohiyatini bilish Xudoni (Allohni) tanishdir. Olamni bilish nazariy bo’lib, mashhur faylasuf, xususan Arastuning va teologlar asarlarida faqat borliqning tizimi sharhlangan. Barcha narsalardagi yashirin mazmunni topishga va fahmlashga harakat qilingan. Shundan boshlab o’rta asrlarda nafaqat alximiya va astrologiya, balki an`anaviy, majoziy matematika, jug’rofiya, filologiya va boshqa fanlar ham rivojlanib, aniq jug’rofiy muqaddas joylar bilan bog’liq (jannat, do’zax, arosat) sanalar, so’zlarning ramziy ma`nosini tushunishga harakat qilindi.

    Musulmon Sharqida ham islom e`tiqodidagilar va so’fizm vakillari o’rtasida murosasiz to’qnashuvlar sodir bo’ldi. Haqiqatni bilishni inkor qiluvchilar va haqiqatga muroqaba yo’li bilan yaqinlashish mumkin deyuvchilar (Al-Ashiriy, G’azzoliy, Junaydiy, Bistomiy) hamda aqliy bilishni ustun qo’yuvchi mashhur faylasuflar Farobiy, Ibn Sino, Beruniy) ta`limoti vujudga keldi. Yevropa madaniyatida bu munozaralar natijasida idrok va e`tiqodning ajralishi sodir bo’ldi. Uil`yam Okkam (XVI asr)-e`tiqod va idrok, falsafa va din o’rtasida hech qanday umumiylik yo’q, bo’lishi ham mumkin emas, demakki, ular mutlaqo bir-biridan mustaqil tushunchalar ekan, bir-birini nazorat qilmasligi kerak deb, asoslaydi. Bu G’arbda oliy qudrat sifatida ayniqsa, «XVII asr ilmiy inqilobi» davrida tabiiy inson idrokini o’stirishning katta g’alabasi uchun turtki bo’ldi. Musulmon Sharqida boshqacharoq yo’nalish ustunlik qildi. Bunda ilm, idrok har doim faqat ma`naviy yuksalish yo’lidagi bosqich sifatida qaralgan, idrok va ilm boshqa maqsadga qaratilishi mumkin emas. Shuning uchun ham IX-XVI asrlardagi arab tiliga asoslangan tajriba fanlari va falsafa taraqqiyotidagi katta yutuqlarning barchasi dindan ajralmagan holda sodir bo’ldi, ilmning bosh vazifasi hayot uchun zarur hisoblangan ma`naviy asosni qidirishda davom etgan.


    Musulmon madaniyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ilm va kitobga muhabbatdir. Yangi arabiy janr-adabning shakllanishi bilan ilmga bo’lgan ishtiyoqni qondirib, turli fanlarning mazmunini ommabop shaklda ifodalash imkoni yaratildi. Ta`lim olish xuddi qadimgi Xitoydagi kabi nufuzga ega bo’ldi. Musulmon Sharqida ma`lumotli kishi hokimiyatning eng yuqori pog’onasiga chiqishida oqsuyaklar bilan teng turgan. Ko’pincha Sharq hukmdorlari saroyida shoirlar, faylasuflar, ilohiyotchilar, tarixchilar, qonunshunoslar, tabiblar, mirzolar, munajjimlar saroy xizmatchisi sifatidaga ma`lumotli kishilarga katta ehtiyoj bo’lgan. Ma`lumotli kishi grammatikani, ritorikani, geografiyani, tarixni yaxshi bilishi, kiyinishni farqlashi, she`r yozish qobiliyatiga ega bo’lishi, o’z joyida askiya, hikoya ayta bilishi, zarur bo’lgan. Turli xil ta`lim tizimi: diniy ta`lim beruvchi maktab va madrasalar, shuningdek, dunyoviy ta`lim-xususiy maktablar rivojlanadi.
    Diniy madaniyat umuminsoniy madaniyat taraqqiyotining eng muhim davri hisoblanadi. O`rta asrlar davrida davlatchilik, millatlarning yangi shakllari vujudga kelishi yuz beradi, hozirda muomalada bo’lgan tillar shakllanib, ta`lim va fan tizimi yanada taraqqiy etadi.
    Bu davrning muhim badiiy yutuqlari qatoriga aholining barcha qatlamlari e`tirof etgan madaniyat qadriyatlarni qo’yish mumkin. Xristian va Islom dinlari boy va kambag’alni, kuchli va ojizni turli irqdagi va turli ijtimoiy guruhlarni bir-biridan ajratmaydi. Barcha e`tiqod qiluvchilar uchun umumiy ahloq mezonlari: mo’minlik, tavba, yaxshi va rahm shafqatli bo’lish, gunoh qilmaslik kabilar mavjud. O’rta asrlarda umum e`tirof qilgan ahloqiy me`yorlarning mustahkamlanishi umuminsoniy hulq va ahloq mezonlarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
    O`rta asr Sharqi madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, ikki yirik madaniyat-shahar va ko’chmanchilar madaniyati ajralib turadi. Shahar sharoitida «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Lubna va Kays» singari dostonlar turli poetik shakl va janrdagi (qasida, masnaviy, g’azal, madhiya, ruboiy ,maqom) adabiy asarlar, hikoya va ertaklar to’plamlari, (1001 kecha ertaklari, Kalila va Dimna) latifa va rivoyatlar yaratildi. Miniatyura bezagiga boy kitoblar, musiqa san`ati va raqsining xilma-xil janrlari xalq orasida keng tarqaldi.
    Ko’chmanchilar orasida turli musiqa asboblarida kuyga solib aytiladigan (baxshi va otinlar tomonidan) xalq og’zaki ijodining yirik badiiy shakllari- epos, dostonlar yaratish ustuvorlik qildi. Shahar, ritsarlik, dunyoviy, monaxlik va so’fiylik kabi submadaniyatlarning paydo bo’lishi madaniyatni sezilarli boyitdi, yanada rivojlanishida ko’plab yo’nalishlar yaratdi hamda Renessans (Uyg’onish) deb atalgan yuksak taraqqiyotga zamin tug’dirdi.
    Uyg’onish davri madaniyati- diniy madaniyat taraqqiyotining va yangi texnika madaniyati rivojining ko’prik bog’lovchisidir.
    Download 100.83 Kb.




    Download 100.83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali

    Download 100.83 Kb.