|
Kompyuter tarmog`ining mantiqiy strukturasi
|
bet | 9/14 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #246573 |
Bog'liq Kompyuter tarmoqlari Saparov JKompyuter tarmog`ining mantiqiy strukturasi
Lokal hisoblash tarmoq tarkibiga kiruvchi hisoblash mashinalari, qaerda hisoblash tarmog`i barpo etilayotgan bo`lsa, shu hududda joylashgan bo`ladi. SHuni ta`kidlash kerakki, fizik muhitga murojaat usuli va tarmoqni boshqarish metodlari uchun EHM abonentlari qanday joylashganligi befark emas. SHuning uchun LXS ning topologiyasiga (mantiqiy strukturasiga) murojaat qilish kerak.
Tarmoq topologiyasi – bu tarmoq uzellarini geometrik sxemalarini mantiqiy bog`lanishidir.
Har qanday kompyuter tarmog`i uzellar to`plamidan iborat deb qarash mumkin.
Uzel – bu tarmoqning uzatuvchi vositasiga bevosita ulanuvchi har qanday qurilma.
Lokal hisoblash tarmog`i uchun uchta tipik topologiya turi mavjud. Xalqa (aylana), shina va yulduz.
Xalqa topologiyasi – tarmoq uzullarini berk egri uzatuvchi muhit kabeli bilan bog`lanishni taqazo etadi.
Tarmoq uzelining bitta ―chiqish‖i boshqa tarmoq uzelining ―kirish‖i bilan bog`lanadi.
Uzatuvchi va qabul qiluvchi har bir oralik uzel uzatilgan xabarni retranslyatsiya qiladi qabul qiluvchi uzel uni tushununadi va faqat adreslangan xabarni qabul qiladi.
Rasm. 12. Xalqali tarmoq topologiyasi.
Xalqa topologiyasi katta bo`lmagan masofadagi tarmoq uchun ideal topologiya bo`lib hisoblanadi. Markaziy uzelning mavjud emasligi uning mustahkamligini ta`minlaydi. Axborotlarni retranlyatsiya uchun uzatish muhitiga xohlagan turli kabellar ishlatilishi mumkin. Bunday tarmoq uzellarni ketma-ket xizmat qilishi uning tezligini pasaytiradi, bitta uzelning ishdan chiqishi esa, xalqaning ishini buzadi va axborot uzatish traktini saqlash uchun maxsus chora qabul qilishni talab qilinadi.
SHina topologiyasi – oddiy topologiya bo`lib hisoblanadi. Unda uzatish muhiti sifatida koaksial kabel ishlatishi bilan bog`liq.
Tarmoqning uzatish uzelidan ma`lumotlar shina bo`yicha ikki tomonga tarqaladi. Axborot barcha uzelarga kelib tushadi, lekin axborotni qaysi biriga adreslangan bo`lsa, faqat usha uzel qabul qiladi. Xizmat qilish parallel tartibda olib boriladi.
-
Rasm 13. SHinali tarmoq topologiyasi.
LXT ning shinali topologiyasi yuqori tezlikni ta`minlaydi. U alohida uzellarning buzilganligiga bog`liq bo`lmaydi. YUlduzsimon ko`rinishdagi topologiya markaziy uzelga asoslangan bo`lib, unga pereferiyali uzellar ulanadi. Har bir pereferiyali uzel o`zining alohida markaziy uzel bilan aloqa yo`liga ega. Barcha axborotlar, retranlyatsiya qiluvchi, tarmoqdagi informatsion oqimini marshrutlaydigan, qayta ulaydigan markaziy uzel orqali uzatiladi.
YUlduzsimon topologiyasi LXT uzelarini bir-biri bilan o`zaro aloqasini qisqartirilishga olib keladi va soddaroq tarmoq adapterlarini qo`llashga imkon beradi.
Rasm 14 YUlduzsimon tarmoq topologiyasi.
YUlduzsimon topologiyada LXT ning ishlash qobiliyati butunlay markaziy uzelga bog`liq bo`ladi. Tarmoqni logik strukturalash asosan o`rta va katta tarmoqlar uchun taaluqlidir. Bunda tarmoqning turli fizik segmentlari orasidagi uzatilayotgan trafikni qayta taqsimlash muammosi echiladi. Katta tarmoqlarda axborot oqimi bir xil bo`lmaydi: tarmoq ko`p (mo`l) ishchi guruh tarmoqchalar, bo`limlardan, korxona filiallaridan tashkil topgan. Ayrim hollarda axborotlarni intensiv almashuvi kompyuterlar aro kuzatilsa, va lokal ishchi guruhlaridan tashqarida joylashgan kompyuter resurslarining kichik qismiga murojaat etiladi.
SHina, xalqa, yulduzli tarmoq topologiyalarida fizik segmentni bitta taqsimlaydigan muhit deb qaralishi katta tarmoqdagi axborot oqimi strukturasiga to`g`ri kelmaydi. Masalan, umumiy shinali tarmoqda istagan kompyuterning o`zaro xarakati har doim axborotni almashtirishni egallagan, shuning uchun tarmoqda kompyuter sonini ko`paytirishda shina tor joy bo`lib qoladi. Bitta bo`lim kompyuterlar boshqa bo`lim kompyuterinini almashini kutib qoladi. Logik strukturalashtirishda mostlar, kommutator, marshrutizator va shlyuzlar ishlatiladi.
|
| |