|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiylari universiteti
|
bet | 2/8 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 203,02 Kb. | | #130700 |
Bog'liq Dilobar MT 1Haqiqiy tur
Haqiqiy turga kasr qismlari bor chekli sonlar to‘plami kiradi. Haqiqiy sonlar ustida turli matematik amallarni bajarish mumkin. Bu amallarning natijalari ham haqiqiy turga kiradi. Bu yerda ham binar amallarga nisbatan masalaning yechimlari mantiqiy turga tegishli bo‘ladi.
EHM xotirasida haqiqiy sonlar asosan qo‘zg‘aluvchan nuqta formatida saqlanadi. Bu formatda x haqiqiy son quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
x = +/- M * q(+/-P) – soning yarimlogarifmik shakldagi ifodalanishi quyidagi chizmada keltirilgan.
937,56 = 93756 * 10-2 = 0,93756 * 103
Haqiqiy (kasr) qiymatli turga tegishli o‘zgaruvchilarni e’lon qilish uchun float, double, long double xizmatchi so‘zlaridan foydalanish mumkin.
Tur ko‘rinishi
|
Mazkur turli o‘zgaruvchining qabul kiladigan qiymat oraligi
|
O‘zgaruvchining kompyuter xotirasidan egallaydigan joyi
|
Float
|
+/- 3.4e +/- 38 (~7 raqam)
|
4 bayt
|
Double
|
+/- 1.7e +/- 308 (~15 raqam)
|
8 bayt
|
long double
|
+/- 1.7e +/- 308 (~15 raqam)
|
8 bayt
|
Berilgan m va n haqiqiy sonlari ustida quyidagi amallarni bajarish dasturini ko‘rib chiqaylik.
#include
using namespace std;
int main()
{
float m,n;
cin>>m>>n;
float k1=m+n;
float k2=m-n;
float k3=m*n;
cout<
system("PAUSE");
}
C++ da ushbu tiplarni oldiga signed va unsigned kalit so‘zlarini qo‘yib tiplarni modifikatsiyalash mumkin. Masalan,
signed float
unsigned float
signed double
unsigned double
signed long double
unsigned long double
|
| |