|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiylari universiteti
|
bet | 1/8 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 203,02 Kb. | | #130700 |
Bog'liq Dilobar MT 1
Labaratoriya ishi
MAVZU : MA’LUMOTLARNI ODDIY SOZLANGAN TURLARI
Bajardi: 060-21-guruh talabasi
Normanova Dilobar
Toshkent 2023
1-Tajriba ishi. "MA’LUMOTLARNI ODDIY SOZLANGAN TURLARI"
Ishdan maqsad: Ma’lumotlarni oddiy turlarini o‘rganish va ularni tadqiq qilish.
Qo‘yilgan masala: C++ tilida butun, haqiqiy, belgili, mantiqiy turdagi ma’lumotlarni e’lon qilish va ularga doir misollarni dasturini ishlab chiqish .
Ish tartibi:
Tajriba ishi tavsifini o‘rganish;
Berilgan topshiriqni dasturi algoritmini ishlab chiqish;
S++ tilida dasturni yaratish;
Dasturni ishlatish;
masalani yechish;
xisobotni tayyorlash.
Qisqacha nazariya
Ko‘plab dasturlash tillarida ma’lumotlar bazaviy va keltirilgan turlarga ajratiladi. Ma’lumotlarni turlarini quyidagi rasmdagidek klassifikatsiyalash mumkin.
Ma’lumotlarning ixtiyoriy turi qiymatlar sohasi va ular ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan amallar orqali tavsiflanadi. void kalit so‘zi xech qanday tipga ega emaslikni anglatadi. Bunday tipdagi funksiyalar xech qanday tipdagi qiymat qaytarmasligini bildiradi.
Butun tur - int
Mazkur tur butun sonlar to‘plamini qandaydir qism to‘plami bo‘lib, uning o‘lchami mashina, ya’ni EHM konfiguratsiyasiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Agar butun sonni mashinada tasvirlash uchun p ta razryaddan foydalanilsa (bunda qo‘shimcha koddan foydalanilganda), u holda x butun sonning qiymat qabul qilish oralig‘i quyidagicha bo‘lishi zarur, ya’ni quyidagi shartni qanoatlantirishi lozim: -2 n-1<= x< 2 n-1.
Mazkur turga kiruvchi sonlar ikkitaga bo‘linadi: ishorali (signed) va ishorasiz (unsigned). Ularning har bir uchun mos ravishda qiymat qabul qilish oralig‘i mavjud:
a) ishorasiz sonlar uchun (0..2n-1);
b) ishoralilar uchun (-2N-1.. 2N-1-1).
Butun sonlar ustida turli matematik amallarni bajarish mumkin. Butun sonlar yana solishtirish amallarini xam bajarish mumkin, ya’ni ==, !=, <, <=, >, >= operatorlar bilan binar amallarni ham bajarish mumkin. Ammo bu operatsiyalarning natijalari int turiga kirmaydi, ular bool turiga kiradi.
Butun qiymat qabul qiluvchi o‘zgaruvchilarni e’lon qilish uchun int, short int, long int xizmatchi so‘zlaridan foydalanish mumkin. Butun qiymatli turlarning barchasi quyidagi jadvalda keltirilgan:
Tur ko‘rinishi
|
Mazkur turli o‘zgaruvchining qabul qiladigan qiymatlar oralig‘i
|
O‘zgaruvchining kompyuter xotirasidan egallaydigan joyi
|
short int
|
signed: -32768 ... 32767
unsigned: 0 ... 65535
|
2 bayt
|
int
|
signed: -2147483648 ... 2147483647
unsigned: 0 ... 4294967295
|
4 bayt
|
long int
|
signed: -2147483648 ... 2147483647
unsigned: 0 ... 4294967295
|
4 bayt
|
Bu sanab o‘tilgan turlar o‘zlarining qiymatlar qabul qilish oralig‘i va xotiradan egallagan joyining katta yoki kichikligi bilan farklanadi. Shuning uchun, o‘zgaruvchilarning qabul kiladigan qiymatlarini katta yoki kichikligiga karab, yukoridagi turlardan mosini tanlash maksadga muvofikdir. Yuqoridagi tiplarni signed (ishorali), unsigned (belgisiz) kalit so‘zlari bilan modifikatsiyalash mumkin. Bunda belgili tip uchun ajratilgan joyning eng chap biti ishora uchun, qolgan bitlar qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi, ya’ni 0 – plyus, 1- minus. Belgisiz tiplarda esa barcha bitlar qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi.
Masalan:
Short
short int
signed short
signed short int
unsigned short
unsigned short int
int
signed int
unsigned
unsigned int
long
long int
signed long
signed long int
unsigned long
unsigned long int
Berilgan m va n butun sonlari ustida quyidagi arifmetik amallar bajarish dasturini ko‘rib chiqaylik: mn,m-n,m*n.
#include
using namespace std;
int main()
{
int m,n;
cin>>m>>n;
int k1=m+n;
int k2=m-n;
int k3=m*n;
cout<
system("PAUSE");
}
|
| |