Kompyuter tarmoqlarining sinflari




Download 26,37 Kb.
bet3/5
Sana15.05.2024
Hajmi26,37 Kb.
#234972
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdulaziz kompyuter

3.Kompyuter tarmoqlarining sinflari
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1)o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga
muvofiq:
- past 100 Kbit/ s gacha;
- o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik
o’lchoviga muvofiq:
- LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
- MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
- WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
- GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini - va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham
yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi.
4) tugunlar munosabatiga ko’ra: - bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy
foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat
ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu yerda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS):
gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i);
geterogenli - bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari
ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).

Download 26,37 Kb.
1   2   3   4   5




Download 26,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tarmoqlarining sinflari

Download 26,37 Kb.