|
Internet va uning xizmatlari
|
bet | 1/17 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #255643 |
Bog'liq internet va uning xizmatlari d1
INTERNET VA UNING XIZMATLARI
Reja:
Internet tushunchasi.
Internet qanday ishlaydi?
Internet tarmog‘ining tuzilishi.
Internetga bog‘lanish.
Internet xizmatlari
Internet axborot qidiruv tizimlari
Axborot qidirish usullari.
Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni “International Network” - xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi.
Internet tarmoqg‘i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog‘ining har bir mijozi o‘zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog‘i mijozlari bilan shaxmat o‘ynash mumkin.
1Uy, biznes va boshqa foydalanuvchilar tomonidan kompyuter va mobil qurilmalarning sotib olinishiga birgina sabab bu internetdan foydalanish imkoniyatidir. Internet butun dunyo tarmoqlarining tutashgan shakli bo’lib millionlab vazifalarni, hukumat agentliklari, ta’lim muassasalari va shaxslarni bir biri bilan aloqa qilishlarini ta’minlaydi. Internet provider manbalaridagi har bir tarmoq internet orqali foydalanish mumkin bo’lgan ma’lumotlar, xizmatlar va resurslarning mo’lligini ta’minlaydi.
Bugungi kunda, dunyo bo’ylab millionlab uy va ishdagi foydalanuvchilar kompyuter va mobil qurilamalaridan foydalanib internetdagi turli xizmatlardan foydalanadilar. Ba’zi bir keng foydalaniladigan internet xizmatlari Web(internet saytlaridan foydalanish), xabarlar almashish va videoaloqalar bo’lib hisoblanadi (2-1 rasm). Boshqa internet xizmatlari suhbat xonalari, muhokama forumlari va fayl transferlarini o’z ichiga oladi. Sizning internet xizmatlari haqidagi tushunshanchangizni mustahkamlash uchun, ushbu bobda internet tarixini va internetning qanday ishlashi muhokama qilinadi, so’ngra ushbu xizmatlarning har biri tushuntirib o’tiladi.
Internet taraqqiyoti
Internetdagi tarmoq ildizlari birinchi marta Pentagonning Ilg’or Tadqiqot Loyihalari Agentligi (Advanced Research Projects Agency (ARPA)) va AQSH davlat departamentining mudofaa agentligi tomonidan boshlangan. ARPAning tarmoqni tashkil qilishdan maqsadi 1) olimlarning o’zlari olib
1 Discovering Computers:Tools,Apps,Devices,and the Impact of Technology, Cengage Learning 20 Channel Center Street Boston, MA 02210 USA
(2 bob 56 bet)
borayotgan tadqiqot ma’lumotlarini tadqiqot loyihalarini boshqa olimlar bilan o’rtoqlashish 2) hamda vazifaning turli yo’qotuvchi vositalar bilan yo’q qilishga urinishni oldini olish masalan yadroviy hujumlar.
ARPANET deb nomlangan ushbu tarmoq 1969 yil sentyabrda AQSHdagi ilmiy tadqiqotlarni va olimlarni bir biriga bog’lash xizmatiga aylandi. Haqiqiy ARPANET to’rtta asosiy kompyuterni o’z ichiga olib, ular Los Angelesdagi Californiya Universitida, Santa Barbaradagi Kaleforniya Universitida, Stanford Tadqiqot Universitida va Utah Universitida joylashgan. Ushbu kompyuterlarning har biri tarmoq xosti sifatida xizmat qilgan. Host bugungi kunda server sifatida kengroq tanilgan bo’lib tarmoqdagi kompyuterlarning aloqa qilishini ta’minlaydi. Server ma’lumotlar va axborotlarni tarmoq bo’ylab yuborish uchun juda katta tezlikni taqdim etadi. 1984 yilgacha ARPANET tarmog’iga 1 000 dan ortiq alohida kompyuterlar host kabi ulangan edi. Bugungi kunda millionlab hostlar ushbu tarmoqqa ulangan va ushbu tarmoq bugungi kunda Internet deb ataladi.
|
| |