|
Internet provayderlari va ularning vazifalari
|
bet | 14/17 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #255643 |
Bog'liq internet va uning xizmatlari d1Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder - Internet tarmog’i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet prvayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, xosting (Web resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko'rsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi.
Xozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko'rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar.
Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi. Internet tarmog’ida foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish uchun WEB serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlanadi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog’liq.
Bugungi kunda brouzerlarning juda ko'plab turlari mavjud. eng mashhurlari: Internet Explorer (Windows operatsion tizim tarkibidagi bastur), Opera, FireFox.
Internet Explorer Opera Firefox
Web manzillar
Web saxifa URL (o'zgarmas resurs joylashtiruvchi) yoki Web manzillar deb atalgan saxifaga ega. Masalan, AQSH ning Milliy Park Xizmati Web sayti uchun HTTP://www.nps.govWeb manzildir. Web brauzer web saxifani web manzildan foydalanib qayta topadi.
Agar Web sahifani Web manzilini bilsangiz brauzer oynasining yuqori qismidagi bo'sh joyga manzilni yozishingiz mumkin. Masalan HTTP://www.nps.gov /grsm/planyour/visit/wildlifeviewing.htmwebmanzilini yozib va enter tugmasini bossangiz brauzer, web sahifani rasmda ko'rsatilgandek namoyish etadi.
Web manzil protokol, domen nomi va ba’zida web sahifa yoki undagi manzilga yo'lni o'z ichiga oladi. Ko'plab web sahifalar quyidagi http:// bilan boshlanadi. Http (Hypertext Transfer Protocol) bu sahifalar qanday qilib internetda ma’lum bir qoidalar orqali aniqlashdir. Xatolarni kamaytirish uchun ko'plab brauzerlar va web saytlar http:// va web manzillarni bo'lagiga kirishni tavsiya qilmaydilar. Agarda noto'g’ri Web manzilga kirsangiz, brauzer siz tanlagan Web saytga o'xshash manzillarni ko'rsata boshlaydi.
HTTP://www.nps.gov /grsm/planyour/visit/wildlifeviewing.htm/nps.gov manzilga kirganigizda, nps.gov web saytini o'z ichiga oladigan web serverga so'rov yuboriladi. Server /grsm/planyour/visit/ sahifasida joylashgan ushbu wildlifeviewing.htm nomli web sahifani qayta ochadi va sizning brauzeringizga jo'natadi va ochiladi.
Foydalanuvchilar vaqtni tejash maqsadida ko'p marta murojat qilinadigan web sahifalarga belgilar qo'yib ketishadi. Belgilab qo'yilgan web manzillar ro'yxati izbrannoe bo'limida turadi. Brauzerda web manzilga kirsangiz web serverga so'rov jo'natgan bo'lasiz. Ob - havo haqida ma’lumotni yangilab turuvchi, sport haqida yangiliklarni muntazam yuborib turuvchi dasturlarni web brauzer amalga oshiradi.
|
| |