• Telefon liniyasi orqali internetga ulanish.
  • Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish.
  • Internet va uning xizmatlari




    Download 0,98 Mb.
    bet12/17
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #255643
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    internet va uning xizmatlari d1

    Internetga bog‘lanish. Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib -ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi.
    Telefon liniyasi orqali internetga ulanish. Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugatgandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi.
    Telefon liniyasi orqali «CHaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘lanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga oshiriladi. Bunda






    foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.





    Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish. Internet tarmog‘iga nafaqat kabel
    yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz
    ulanish ham mumkin. Internet tarmog‘iga simsiz ulanish kompyuter orqali yoki mobil
    telefonning o‘zida amalga oshiriladi. Agar kompyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak
    bo‘lsa, u holda kompyuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki
    provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil telefon
    apparati zarur.
    Agar mobil telefonning o‘zida turib Internetga bog‘lanish yoki undan foydalanish kerak
    bo‘lsa, u holda Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi mobil operatorning mijozi bo‘lishingiz va
    unda GPRS xizmati yoqilgan bo‘lishi talab qilinadi. Mobil aloqa vositalari yordamida
    Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi internetdan simsiz foydalanish imkonini
    beradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlarni va ma’lumotlarni uzatish uchun GPRS transport
    xizmatidan foy dal anil adi.






    Download 0,98 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 0,98 Mb.