|
Internet va uning xizmatlari
|
bet | 17/17 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #255643 |
Bog'liq internet va uning xizmatlari d1Onlayn ijtimoiy tarmoq
Onlayn ijtimoiy tarmoqni ijtimoiy tarmoq web sayti deb ham yuritiladi. Unga a’zo bo'lganlarni onlayn jamoada qiziqishlarini, fikrlarini, xikoyalari, rasmlari, musiqa va videolarini boshqa ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar bilan ulashishga yordam beradigan web saytdir.
Ko'pincha muloqot tarmoqlari, yangiliklar ulashadigan guruhlar va boshqa aloqa xizmatlarini o'z ichiga oladi. Mashhur ijtimoiy tarmoqlanish web saytlari bular MySpace, Facebook. Facebook ijtimoiy tarmogg’da 300 mln dan ortik faol foydalanuvchilari mavjud.
SecondLife nomli ijtimoiy tarmoq ham mavjud bo'lib bunda foydalanuvchilar o'zliklarini yashirib, biron bir tasavvurdagi ko'rinish bilan boshqa foydalanuvchilar bilan aloqa qiladilar. Mediya ulashish web sayti onlayn ijtimoiy tarmoqning ma’lum bir turi bo'lib foydalanuvchilarga rasmlar, musiqa va videolarni bir birlari bilan bo'lish imkonini beradi. Flickr, Fotki va
WEbshots mashhur rasm ulashish jamoalaridir, PixelFish va YouTube video mashhur video ulashish jamoalaridir.
Doimiy so'zlashuv IM (Instant messaging)
Doimiy so'zlashuv xaqiqiy internet aloqalar xizmati bo'lib, onlayn bo'lgan foydalanuvchilarga xabarlar yoki fayllar almashish yoki shaxsiy aloqalardan foydalanish imkonini beradi. Onlayn bu real vaqtda foydalanuvchilarning o'zaro suhbatlashishdir. Ba’zi IM xizmatlari ovoz va video suhbatlar bilan ta’minlaydi.
Ko'plab IM xizmatlar kalendar bo'yicha belgilangan uchrashuvlar, ob - havo yoki sport natijalari haqida ogohlantiradi. SHuningdek ular sizga rasm yoki boshqa xujjatlarni qabul qiluvchiga jo'natish, sho'x musiqalarni eshitish va boshqa onlayn gurux bo'lib o'yin o'ynash imkoniyatini beradi. IM ishlashi uchun ikkala gurux real vaqtda onlayn bir -biriga bog’langan bo'lishlari lozim. SHuningdek, taklif qilingan xabarlarni qabul qilivchi ham qabul qilishni xoxlashi kerak. IM dan foydalanish uchun siz doimiy xabarlashuv dasturiy ta’minotini smartfon kabi mobil qurilma yoki kompyuteringizga o'rnatishingiz lozim.
Ba’zi operatsion tizimlar doimiy xabarlashuvchi windows kabilarni o'z ichiga oladi. Mashxur IM dasuriy ta’minoti AIM ( AOL Instant Messenger), Google Talk, MySpace IM, Windows Live Messenger va Yahoo Messengerlarni o'zichiga oladi. Kamdan kam IM dasturlari IM standartlarini maslahatiga rioya qiladi. Muvaffakiyatli aloqalarni kafolatlashda barcha kontaktdagi foydalanuvchi birxil doimiy messenjerlardan foydalanishlarilozim. Muloqot bo'limini boshlashga siz mulokot serveriga chat client deb atalgan dastur orqali bog’lanasiz. Bugungi kun brauzerlari odatda chat client ni o'zichiga oladi. Agar sizda yo'k bo'lsa, webdan chat clientni yuklashingiz mumkin. Ba’zi web saytlar foydalanuvchilarga chat clientlar siz ham muloqotlarni olib borishga imkoniyat yaratadi.
Birmarta chat client ni o'rnatganingizda ulangan chat serveringizda aloqa yaratishingiz yoki unga qo'shilishingiz mumkin. Muloqot tarmog’i munozara
mavzusini aniqlashi lozim. Muloqot tarmog’ini yaratgan odam operatordek harakat qiladi va aloqani ta’minlash ma’suliyatiga ega va kimdir buzgunchilik qilsa, ularni aloqadan chiqarib yuboradi. Operator maqomini boshqa bir odamga berib yuborishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1 . myblog.uz
2. oefen.uz
3. uz.wikipedia.org
4.arxiv.uz
5.ziyo.net
|
| |