• Internet xizmatlari
  • Modem tushunchasi va uning vazifasi




    Download 0,98 Mb.
    bet13/17
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #255643
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    internet va uning xizmatlari d1

    Modem tushunchasi va uning vazifasi. Modem modulyator-demodulyator so‘zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishdan iborat. Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar bo‘ylab uzatishni ta’minlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon tarmog‘i orqali bog‘lanish mumkin. Bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil etadi.
    Modem ichki va tashqi turlarga bo‘linadi va har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.





    Internet xizmatlari
    Internet tarmog’i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funktsional imkoniyatlar quyidagilar: WWW Internet resurslarini tashkil etish, o'qish, elektron pochta, Web hosting - SHaxsiy Web saytlarni Internetga joylashtirish, Internet conference - Internet orqali video muloqot, Searching - Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish, FTP fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqatda bo'lish, tarmoqda xujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash, Web- forumlar, Bloglar, Ijtimoiy tarmoqlar, Internet-magazinlar, YAngiliklar, Messendjerlar, IPTV Internet tarmog’i orqali raqamli televideniya, IP telefoniya - Internet tarmog’i orqali telefon so'zlashuvlar tarmoqdan foydalanish va boshqalar.
    Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi papka yaratish, unga ma’lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko'chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq masofadagi do'stlar bilan suhbatlashishda telefon aloqasi o'rnini bosmoqda. Buning uchun internetga bog’langan kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo' lishi kifoya.
    FTP (File transfer Protocol) fayl almashish protokoli internet standarti bo'lib, internetda boshqa kompyuterlar bilan fayl ma’lumotlarini jo'natish va yuklashga ruxsat beradi. Ma’lumotlarni jo'natish yuklashning aksidir: ma’lumotlarni jo'natish internetda kompyuteringizdan serverga xujjatlar, grafiklar va boshqa predmetlarni o'tkazish jarayonidir. Web sahifa mualliflari masalan, odatda web sahifalari ma’lumotlarini web serverga jo'natishda FTP dan foydalanishadi.
    Ko'plab operatsion tizimlar FTP imkoniyatlarini o'z ichiga oladi. Agar sizda yo'q bo'lsa, FTP dasturini arzon narxda webdan yuklab olishingiz mumkin. FTP server foydalaniuvchilarga FTP dan foydalanib ma’lumotlarni jo'natish yoki yuklashga imkoniyat yaratidigan kompyuterdir. Muayyan tarzda FTP serverda joylashgan matn, grafika, audiokliplar, videokliplar va dastur fayllarini o'z ichiga oluvchi FTP sayti majmuidir.
    Ko'p FTP saytlar noma’lum FTP saytlarga ega, hohlagan foydalanuvchi barcha turdagi fayllarni o'tkazib olishi mumkin. Ba’zi FTP saytlar vakolat xuquqiga ega bo'lgan akkaunt (foydalanuvchi nomlar va kodlari)lariga fayl o'tkazmalarini FTP serverda cheklaydi.
    FTP saytlaridagi katta xajmdagi xujjatlar odatda ombordagi bo'shliq va yuklash vaqtini kamaytirish uchun ixchamlanadi. Ixchamlangan fayldan foydalanishdan oldin uni kengaytirishingiz lozim.



    Download 0,98 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modem tushunchasi va uning vazifasi

    Download 0,98 Mb.