IT-mutaxassislarni tayyorlashda ta’lim tizimidagi islohotlar




Download 246,94 Kb.
bet2/2
Sana20.05.2024
Hajmi246,94 Kb.
#246429
TuriReferat
1   2
Bog'liq
Referat

3. IT-mutaxassislarni tayyorlashda ta’lim tizimidagi islohotlar


Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali nafaqat avloddan avlodga, balki bir kishidan boshqasiga bilim, insoniyatning to‘plangan texnologik va ijtimoiy tajribasini uzatishni tezlash, insonning atrof muhitga, davom etayotgan ijtimoiy o‘zgarishlarga yanada muvaffaqiyatli va tez moslashishiga imkon berish hamda ta’lim tizimini isloh qilib jahon standartlariga mos ravishda shakllanishiga erishiladi. 2016-yilda AKT sohasida ta’lim berish va malaka oshirish bo‘yicha Vazirlik tizimida 7 ta oliy ta’lim muassasasi ham 6 ta akademik litsey faoliyat olib borgan. 2020-yildan boshlab AKT sohasida kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berilishi natijasida vazirlik tizimida 8 ta oliy ta’lim muassasasi, 3 ta texnikum, 6 ta akademik litsey, 15 ta axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat olib bormoqda.
2020-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Nukus, Urganch, Qarshi, Samarqand, Nurafshon hamda Farg‘ona filiallari, Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi, Samarqand axborot texnologiyalari texnikumi, Yangiqo‘rg‘on axborot texnologiyalari texnikumi, 6 ta akademik litsey hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida uzluksiz kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu ta’lim muassasalarida 22 ming nafarga yaqin talaba, 1,9 min nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim olmoqda. 2021-yilning yakuniga kelib ular soni yanada oshib, 9 ta oliy ta’lim muassasasi, 14 ta texnikum, 6 ta akademik litsey, 100 ta axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar o‘z faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Mamlakatda zamonaviy ta’lim tizimida turli xil texnologiyalardan foydalanish, ta’lim innovatsiyalari ya’ni ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan yangiliklarni joriy etish, o‘sib kelayotgan kelajak yoshlarga amaliy ko‘nikmalarini oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish doimiy e’tibordagi masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa, talabalarga noan’anaviy axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini beribgina qolmay, mustaqil ish samaradorligini oshiradi, ijod qilish, turli xil kasb mahoratlarini egallashlari uchun mutlaqo yangi yo‘nalishlarni ochib beradi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab zamonaviy ta’limning kredit tizimiga o‘tkazildi. Kredit tizimiga o‘tish orqali o‘quv rejalari jahon standartlariga moslashtirish uchun yangi fanlar bilan boyitildi, talabalarga fanlarni tanlash erkinligi berildi, professor-o‘qituvchilar va talabalarga akademik mobillik tizimini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratildi. Texnikumlarning tashkil etilishi natijasida 2021/2022 o‘quv yilidan 3000 nafardan ortiqroq o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash va bu raqamlarni keyingi yillarda mavjud talablarga qarab ko‘tarib borish hamda natijada kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj shu texnikumlar orqali bir necha yillarda qoplash nazarda tutilgan.


XULOSA

O‘zbekistondaAKTsohasirivojivailg‘ortexnologiyalarnifaollashtirish, uniizchilyuksaltirishbo‘yichadasturlarishlabchiqilib, aniqqadamlarqo‘yilmoqda. Buesa, kelajakdaO‘zbekistonningjahonbozoridagihissasiniko‘paytirishvamamlakatningaxborottexnologiyalarisohasidamavqeinimustahkamlashuchunxizmatqiladi.


5.FOYDALANILGANADABIYOTLAR:
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори, 06.10.2020 йилдаги ПҚ-4851-сон
2.Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори, 14.12.2020 йилдаги ПҚ-4921-сон
3.Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони, 05.10.2020 йилдаги ПФ-6079-сон
4.Daryo.uz
5.kun.uz
Download 246,94 Kb.
1   2




Download 246,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IT-mutaxassislarni tayyorlashda ta’lim tizimidagi islohotlar

Download 246,94 Kb.