|
Muhammad al-xorazmiy nomudagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 1/2 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 246,94 Kb. | | #246429 | Turi | Referat |
Bog'liq Referat
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMUDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT sohasida kasb ta’limifakulteti
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi yo’nalishi
AKADEMIK YOZUV fanidan
Referat
Mavzu: IT sohasidagi yangiliklar
BAJARDI: TOSHMURADOVA GULJAXON
QABUL QILDI: JAZILOVA MALIKA
TOSHKEN 2024
MAVZU: IT SOHASIDAGI YANGILIKLAR
REJA
1.KIRISH
2.IT-tadbirkorlar va yosh startapchilar uchun keng imkoniyatlar
3.IT-mutaxassislarni tayyorlashda ta’lim tizimidagi islohotlar
4.XULOSA:
5.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.KIRISH
So‘nggi yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlanishi hayotning ko‘p sohalariga ta’sir ko‘rsatdi. Barcha sohalarda raqamlashtirishning kirib kelishi, yuqori suratdagi taraqqiyoti butun sanoatning rivojlanishida, ayniqsa uzoq muddatli istiqbol uchun katta rol o‘ynaydi.
Ta’kidlash lozimki, dunyo mamlakatlari tajribasida ilmiy tadqiqotlar, IT texnologiyalar, startap g‘oyalar, kompyuter savodxonligiga juda katta e’tibor beriladi. Faqatgina ilm-fan yutuqlari va yangi texnologiyalar orqali yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin. O‘tgan asrda olamshumul kashfiyotlar ko‘p jihatdan insonning intellektual salohiyatiga asoslanib amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi davrda ilm-fan zamonaviy AKT yordamida shakllanmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan o‘rin egallab kelayotgan O‘zbekiston barcha sohalarda yuksak yutuqlarga erishmoqda, bu muvaffaqiyatlarga esa axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlarining jo‘shqin rivojlanishi asos bo‘lmoqda.
2. IT-tadbirkorlar va yosh startapchilar uchun keng imkoniyatlar
Hamma sohada bo‘lgani kabi bugungi kunda axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasida ham ilm-fan yutug‘lari shiddat bilan kirib bormoqda. Bu esa, innovatsion loyihalarni joriy etish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parklar faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishga mos startap g‘oyalarni qo‘llab -quvvatlashga undaydi hamda globallashuv jarayonida raqobatbardoshlikni oshiradi. Shuni alohida qayd etish lozimki, texnika va kommunikatsiya asrida insonlarning dunyoqarashi, fikri kun sayin o‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda ularni hayratlantirish, turmush tarzini butkul o‘zgartirib yubora oladigan loyihalarni ishlab chiqish ham qiyinlashib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ularning zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan faol foydalanishi, dunyoda ro‘y berayotgan yangiliklar, voqea-hodisalardan tez xabardor bo‘lishidir.
Axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu sohadagi startap-loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy va yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlarni targ‘ib qilishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Respublika bo‘ylab IT-Parkning 5 ta hududiy filiali (Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida) shuningdek, AQShda IT-Park vakolatxonasi tashkil qilindi.
|
| |