1990-1996 yillarda Tojikistondagi
fuqarolik urushi va mojarolar davomida,
1999 yilda Toshkent shahrida, 1999 yil
19- fevralda Toshkent shahrida ,
1999-2001 yillari Qirg`izistonning Bodken,
Ozbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatida, 2004 yil mart-aprel oylarida
Toshkent shahri va Buxoro viloyatida 2005 yil 12-13 may kunlari Andijon
shahrida amalga oshirgan terrorchilik xarakatlari timsolida o`zini ko`rsatdi.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan 1998 yilda tashkil topgan
6 2 guruhining Afg`oniston masalasini hal qilishda va Toshkent
Deklaratsiyasining ahamiyati juda katta.
2001 yil 28-sentyabrda BMT ning Havfsizlik Kengashi 1373-sonli
rezolyutsiyasini qabul qilib,terrorizmga qarshi kurash komitetini tuzdi.
BMT ning terrorizm va unga qarshi kurashga qaratilgan 13 ta xujjati (11 ta
konvensiya va 2 ta protokol) mavjud. O`zbekiston 12 ana shunday halqaro
shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Ular qatorida:
1971 yildagi fuqaro aviatsiyasining havfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy
aktlarga qarshi kurash:
1973 yildagi xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, shu jumladan
diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlar uchun jazolash va ularni bartaraf etish:
1979 yildagi garovga olish xarakatlariga qarshi kurash:
1980 yildagi yadroviy materiallarning himoyasi:
18
1988 yildagi dengiz kemalari xarakati
havfsizligiga tahdid soladigan
noqonuniy aktlarga qarshi kurash:
1997 yildagi bombaviy terrorizmga qarshi kurash:
1999 yildagi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash xalqaro
konvensiyalari borligini ko`rish mumkin.
O`zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terorizmga qarshi 7 ta xalqaro
shartnomani imzolagan.
Jamiyatning barqaror rivojlanishida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
tadrijiy va tizimli ravishda amalga oshiriladigan islohotlar muhim ahamiyatga ega
bo`lib, tub, sifatiy o’zgarishlarning asosini tashkil etadi.
Huquqiy davlat qurish borasida respublikamizda keng miqyosli ishlar amalga
oshirilib, bu yo`nalishda katta yutuqlarga erishildi. Halqaro andozalarga javob
beradigan va milliy o`zligimzini aks ettiradigan Konstitutsiya qabul qilindi.
O`zbekiston inson huquqlarini ta`minlashga qaratilgan, jahon miqyosida e`tirof
etilgan ko`plab halqaro dekloratsiya, konvensiya va hujjatlarga qo`shildi va
shundan kelib chiqadigan siyosiy va huquqiy qoidalar respublikamizning siyosiy
taraqqiyotida va huquqiy me`yoriy tizimni rivojlantiish jarayonida inobatga
olinmoqda. Lekin bu borada hali muayyan muammolar mavjud. Chunki qisqa vaqt
mobaynida bunday har tomonlama va chuqur o`zgarishlarni amalga oshirish uda
qiyin. Ayni paytda, inson huquqlari va erkinliklarining qamrov doirasi kengayib,
rivojlanib borayotganini va har bir mamlakatda o`zoga xos tarzda namoyon
bo`layotganini ta`kidlash lozim.Tolerantlik (bag`rikenglik) munosabati barcha
ijtimoiy guruhlar va shaxslar orasida amalga oshirilgan taqdirdagina dunyoviy
davlat va jamiyat barpo etishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga binoan milliy va
diniy ruhdagi siyosiy partiyalar hamda jaomat birlashmalarining tuzilishi va
faoliyati taqiqlangan. Jahon huquqshunoslik fani tajribasi asosida qabui qilingan
bu qoida davlatimizda milliy va diniy asosda nizo paydo bo’lishining oldini olish
uchun xizmat qiluvchi konstitutsiyaviy kafolatdir.
Document Outline
|