• Simsiz va mobil tarmoqlar. Simsiz tarmoqlar tushunchalariga kirish.Mobil tarmoqlar Reja: Kirish.
  • Mobil tarmoqlar.Uning afzalliklari va kamchiliklari qanday Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
  • Muhammad alxorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 0,88 Mb.
    bet1/6
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,88 Mb.
    #239133
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mustaqil ish KT


    MUHAMMAD ALXORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI




    Kompyuter tarmoqlari fanidan


    Mustaqil ish


    Guruh: 020-21
    Bajardi: Iskandar Ismoilov
    Tekshirdi: Tillyaboyeva A.A


    Toshkent 2024


    Simsiz va mobil tarmoqlar. Simsiz tarmoqlar tushunchalariga kirish.Mobil tarmoqlar
    Reja:

    1. Kirish.

    2. Simsiz tarmoqlar tushunchalariga kirish.

    3. Simsiz tarmoq nima? Uning afzalliklari va kamchiliklari qanday?

    4. Mobil tarmoqlar.Uning afzalliklari va kamchiliklari qanday?

    5. Xulosa

    6. Foydalanilgan adabiyotlar



    Kirish
    Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadal tarzda rivojlanib borayotgan bir vaqtda aloqa, axborot almashinuvi ham juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Aloqalarning qulayligi oshirishda aloqa vositalarini ham o'rni beqiyosdir. Chunki aloqaning sifatliligi aloqa vositalariga chambarchas bog'liq. Dastlab aloqalarni faqat sim ulagichlar orqali amalga oshirilar edi. Ushbu simlar foydalanuvchilarni aloqa markazlari orqali bir-biri bilan bo'glagan va shu tariqa shaxarlar, davlatlar orasida aloqa o'rnatilgan. Hozirgi kunda bunday simlarni zamonaviy ko'rishdagi maxsulotlaridan foydalaniladi. Bularga misol qilib optik tolali simlarni keltiramiz. Bu bir qancha qulayliklarga ega. Lekin shunday tolali aloqalar ham zamon talablariga javob bera olmayapti. Chunki bu sim orqali aloqasining o'ziga bog'liq bir qancha noqulayliklari bor. Bularga misol keltirsak, bu simlarni qandaydir aloqa markazlarigacha tortib olib borish, simlarni joylashtirishdagi noqulayliklar va hokazo.
    Bundan tashqari simlarni tayyorlash uchun ham xom ashyolar sarf bo’lishi kabi moliyaviy noqulayliklari mavjud. Shunday noqulayliklar va moliyaviy
    zararlardan qochgan holda yangi zamonaviy aloqa simsiz aloqalar ishlab chiqildi. Bunga misollar keltirsak, birinchi navbatda mobil aloqa va eng qulay aloqalardan biri hisoblanayotgan simsiz aloqa tizimidir. Simsiz aloqaga Wi-Fi, Wi-MAX, Wi-Bro va shunga o’xshash bir qator aloqa texnologiyalar kiradi.


    2. Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshisifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik hayotimizga mustahkam joylashib bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda. Yangi CDMA (Code
    Division Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global Systems for Mobile Communications- mobil aloqa tarmoqlarining
    global tizimi), TDMA (Time Division Multiple Access-kanallarni vaqt orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz
    texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi avlod texnologiyalari), GPRS (General Packet Radio Service, ma’lumotlarni paketlab uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i), EDGE
    (Enhanced Data Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq) va shu
    kabi texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada tub burilish boshlanayotganini anglatib turibdi. Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) hamda o’rta va qisqa masofa
    tarmoq (Bluetooth) larning rivojlanishi juda istiqbollidir. Simsiz lokal tarmoqlar aeroportlar, universitet va institutlar, mehmonxonalar, restoranlar, korxona
    va tashkilotlar tarmoqlarida ko’plab qo’llanilmoqda. Simsiz tarmoqlarni standartlarini ishlab chiqish 1990 yilda butunjahon IEEE (Elektr va elektronika
    bo’yicha muhandislar instituti) tashkiloti tomonidan 802.11 komiteti tashkil etilishi bilan boshlangan. Butunjahon o’rgimchak to’ri va bu tarmoqda simsiz
    qurilmalar yordamida ishlash g’oyasi simsiz texnologiyalarning rivojlanish jarayonlariga muhim turtki vazifasini o’tadi. 90-yillar oxiriga kelib
    foydalanuvchilarga WAP-xizmati taqdim etildi. Shuni ta’kidlash kerakki
    boshida bu xizmat ko’pchilikda uncha qiziqish uyg’onmadi. WAP-xizmati asosiy axborot xizmatlari sifatida - yangiliklar, ob-qavo, kundalik va boshqa xizmatlar to’plamini taqdim etgan edi. Shuningdek, Bluetooth va WLAN dan ham ushbu aloqa vositalarining qiymati yuqoriligi bois juda kam miqdorda foydalanishgan. Lekin narxlarning tushishi ushbu vositalarga bo’lgan talab va qiziqishni ortishiga sabab bo’ldi. XXI asrning dastlabki o’n yilligi o’rtalariga kelib simsiz Internet-servisi foydalanuvchilarining soni bir necha o’n millionga etdi. Simsiz Internet-aloqasining paydo bo’lishi bilan birinchi o’rinda uning xavfsizligini ta’minlash masalalari ko’tarildi. Simsiz tarmoqlardan
    foydalanganda paydo bo’lgan asosiy muammolar sirasiga quyidagilarni keltirib o’tish lozim - bu maxsus xizmat, tijorat tashkilotlari va xususiy tadbirkorlar
    jo’natmalarini tutib qolish, kredit kartochkalar nomerlarini tutib qolish,bog’lanish uchun to’lov vaqtini o’g’irlash, kommunikatsiya markazlari ishiga
    xalal berish kabilardir. Bu muammolar aloqa standartlarini takomillashtirish orqali hal etib borilmoqda.Simsiz tarmoqlarga modemlar, wifi, routerlar va boshqalar kiradi. Hozirgi kunda bular siz hayotni tasavvur qilib bolmaydi.Modemlar va ularning vazifalari
    Modem – bu modulyatsiya va demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U o`zining kommunikatsion dasturiga ega bo`lib, bu dasturlar yordamida ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish va qabul qilish mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Ichki modem plata ko`rinishida kompyuterning sistema blokiga o`rnatilgan bo`ladi. Tashqi modem esa, ham faks, ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi. Hozirda ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda. Wifi routerlar va ularning vazifalari
    WiFi dastlab «Wireless Fidelity» ya’ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o’rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin kunlarda ommalashgan bo’lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz aloqa o’rnatish texnologiyasi bo’lib, IEE802.11 standarti asosida ishlaydi..
    Simsiz aloqa texnologiyasi bo’lganidan keyin, ma’lum bir tashuvchisiga ega bo’lishi kerak, bu tashuvchi “chastota” deb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Hozirda 2 xil chastota turi mavjud: 2.4 GHz va 5 GHz. Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha, misol uchun TP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL…
    2.4 GHz da 11 ta kanal mavjud. 5 GHzda bi birini ustiga tushmaydigan 25 ta kanal mavjud. 2.4 GHz diapazoni 5 GHz ga qaraganda ma’lumotni sekinroq uzatadi lekin uning diapaznoni ancha uzun. 5GHz esa yaxshi tezlikda uzatdi lekin uning diapaznoni qisqaroq.


    Download 0,88 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad alxorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 0,88 Mb.