Samarqand viloyat
URGUT TUMAN
13-UMUMTA’LIM MAKTAB
KIMYO fani O‘QITUVCHISI
MUHAMMADIYEVA XONBUVINING
KIMYO FANIDAN
tayyorlagan bir soatlik
Ochiq
Mavzu: MODDA VA UNING XOSSALARI
Texnologik xarita
Mavzu:
|
MODDA VA UNING XOSSALARI
|
Maqsad, vazifa
|
Ta’limiy - moddalarning turli-tumanligi va ularni jismlardan farqi hamda har bir moddani o‘ziga hos xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Moddalardan foydalanish uchun ularning xossalarini bilish zarurligini tushuntirish.
Jism, modda tushunchalarining mohiyatini aniq bilib olish.
Tarbiyaviy – O’quvchilarni o’z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash. Moddalardan foydalanishda tejamkorlikka va ularni asrashga o‘rgatish.
Bir-birlariga o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, o’zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda mahsuliyat sezish ko’nikmalarini tarkib toptirish.
O’quvchida kommunikativlik, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy va shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompentensiyalari shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad – O’quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish, guruxlarda ishlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrni aniq ifodalashga o’rgatish, kimyoviy til madaniyatini o’stirish.
|
O’quv jarayonining mazmuni
|
Modda, jism kabi tushunchalarini botanika, fizika fanlaridan olgan bilimlari va kundalik turmushdan olgan amaliy ko‘nikmalarini yodga olib, mavzuga bog’lanadi.
O‘quvchilarga bir xil moddadan iborat bo‘lgan turli jismlar va har-xil moddalardan iborat bo‘lgan turli jismlar namunalari bilan tanishish.
Tabiatda uchraydigan mineral moddalar namunalar haqida bilish.
Osh tuzi, shakar, ko‘mir, oltingugurt namunalari asosida ularni xossalari bilan tanishish.
Moddalarni ta’riflash.
Laboratoriya ishi davomida o’quvchilarda kuzatish, kuzatish natijalarini solishtirish va hulosa qilish malakalari shakllantirish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Metod – og’zaki bayon, suxbat, ko’rgazma-namoyishli, amaliy
Shakl – muloqot texnologiyasi, laboratoriya mashg’uloti.
Vosita–darslik, tarqatma matereallar, slaydlar, o’quv-loboratriya jihozlari
Usul – ko’rsatish, namoyish qilish, mustaqil ishlash, o’z-o’zini baholash
Nazorat – tajriba-taxlil, amaliy-laboratoriya
Baholash – “Tushunchalar tahlili” asosida baholash
BBB, ko’rgazma-namoyish, kungaboqar, klaster, AKT dan foydalanish
|
Kutiladigan natija
|
O’qituvchi
|
O’quvchi
|
Darsga qiziqtiradi
Mavzuni to’liq yoritadi
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotiga tayyorlanadi va bajaradi
Guruhlarda va yakka holda ishlashni tashkil qiladi
Mavzu yuzasidan asosiy tushuncha va xossalarni yetkazadi
O’quvchilar tomonidan berilishi mumkin bo’lgan savollarga atroflicha tayyorlanadi
Tajriba-tahlil asosida oqilona baholaydi
Maqsadga erishadi
Kimyoviy moddalarning kundalik turmushdagi ahamiyati, ularni ishlatilish sohalarini tushuntirish orqali o’quvchida kommunikativlik,
ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy
va shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompentensiyalari shakllantiriladi
|
Mavzu bo’yicha yetardi bilim, ko’nikmalarni oladi
Amaliy-laboratoriya ishi mazmuni bilan tanishadi va uni mustaqil bajaradi
Tajriba-o’tkazib uni tahlil qilishni o’rganadi, hulosalaydi
Materiallar bilan yakka va guruhlarda ishlash malakasiga ega bo’ladi
Mustaqil fikrlaydi
Qo’yilgan mavzu yuzasidan mustaqil jadval to’ldiradi
Mavzuni o’zlashtiradi
Kimyoviy moddalarning kundalik turmushdagi ahamiyati, ularni ishlatilish sohalarini bilishi orqali ularda kommunikativlik, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy va shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompentensiyalari shakllanadi
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi
|
O’quvchi
|
Dars jarayonini tahlil qiladi
O’quvchilarni shu mavzu bo’yicha bilimlarni qanday o’zlashtirganligini kuzatadi
Qo’shimcha materiallar to’playdi
Keyingi darsni loyihalashtiradi
O’quvchilar tomonidan o’rganilgan mavzu yuzasidan berilgan savollariga javob topish uchun izlanadi.
Pedagogik texnologiyalar asosida darslarni samarali tashkil qilishga va bilim olish samaradorligini ko‘tarishga yanada kirishadi.
Kimyoviy moddalarning kundalik turmushdagi ahamiyati, ularni ishlatilish sohalarini axborotlardan tushuntirish orqali o’quvchida kommunikativlik, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy va shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompentensiyalari shakllantiriladi
|
Uyga vazifa oladi
Uy vazifasini bajarishni loyihalashtiradi
Qo’shimcha materiallar topadi (adabiyotlardan internetdan), yig’adi, ularni taxlil qiladi, o’qiydi,
Vazifani bajaradi.
O’rganilgan mavzuni kundalik turmush bilan bog’lash imkoniyatlari haqida izlanadi
Kimyoviy moddalarning kundalik turmushdagi ahamiyati, ularni ishlatilish sohalarini bilish orqali kommunikativlik, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy va shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompentensiyalari shakllantiriladi
|
I chorak 3-DARS. MODDA VA UNING XOSSALARI
Darsning maqsadi: Ta’limiy: O‘quvchilarga moddalarning turli-tumanligi va ularni jismlardan farqi hamda har bir moddani o‘ziga hos xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Tarbiyaviy –Moddalardan foydalanish uchun ularning xossalarini bilish zarurligi o‘quvchilarga tushuntirish. O‘quvchilar jism, modda tushunchalarining mohiyatini aniq bilib olishlariga erishish.
Rivojlantiruvchi - Kimyoviy moddalarning kundalik turmushdagi ahamiyati, ularni ishlatilish sohalarini axborotlardan tushuntirish orqali o’quvchida kommunikativlik, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy va shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompentensiyalari shakllantiriladi
Darsga zaruriy jihozlar:
Mavzuga doir tarqatma matereallar, slaydlar, o’quv-loboratriya jihozlari -stakanlar, probirkalar, shisha tayoqcha, moddalardan namunalar - osh tuzi, shakar, ko’mir, oltingugurt, ichimlik sodasi, etil spirti, rux, temir, mis, alyuminiy metallari namunalari, bor, darslik.
Dars shakli: Savol-javob, og’zaki bayon, suxbat, tajribalar o ‘tkazish, yakka tartibda ishlash.
Dars o ‘tish rejasi:
1. O`qituvchining kirish so`zi. (2 daqiqa)
2.Uyga berilgan “O’zbekiston kimyogarlarining kimyo faniga qo‘shgan hissalari” mavzusiga oid bilimlarni tekshirish. (5 daqiqa)
3.O‘quvchilar bilimini tekshirish. (“Aqliy gimnastika”savollari, xotira mashqi orqali oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash – 4 daqiqa)
4. Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining kichik ma’ruzasi maruzani.(7 daqiqa)
5. Mavzuni laboratoriya ishini bajarish bilan tushuntiriladi (15 daqiqa)
6. Mavzuni mustahkamlash. (7 daqiqa)
7. O`quvchilarni rag‘batlantirish, baholash (2 daqiqa)
8. Uyga vazifa berish (2 daqiqa)
O`qituvchining kirish so`zi.
Darsning tashkil etilishi:
a) Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilar tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish;
b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
2. Uyga berilgan “O’zbekiston kimyogarlarining kimyo faniga qo‘shgan hissalari” mavzusiga oid bilimlarni tekshirish.
O‘qituvchi tomonidan “O’zbekiston kimyogarlarining kimyo faniga qo‘shgan hissalari” mavzuga doir tayyorlangan qisqa savollar beriladi.
1 O’zbekistonlik kimyogar olimlardan kimlarni bilasiz?
2. Tolalarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash nomli yangi ixtisoslikni qaysi o‘zbek kimyogarlari asoslagan?
3. O.S.Sodiqovning kimyo fani sohasida dunyoga tanitgan qanday ishlari haqida bilasiz?
4. Akademik Y.T.Toshpo‘latov kimyo sanoati sohasining rivojiga qo ‘shgan ishlsri nimalardan iborat?
O’qituvchi tomonidan har bir savolga javob olishda, berilgan javoblar to’g’ri noto’g’riligi izohlanib boriladi.
3. O‘quvchilar bilimini tekshirish. (“Aqliy gimnastika” savollari orqali xotirani sinash)
O‘quvchilar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollarga javob beradilar.
1-savol: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin kimyo fani va kimyo sanoati sohasida qanday yirik o’garishlar bo‘ldi?
javob O’zbekiston o ‘z mustaqilligiga erishgach kimyo fani va kimyo sanoati rivojlanishi uchun juda katta imkoniyatlar ochilgan. Natijada Mingbuloq, Ko‘kdumaloq, Sho‘rtan, va boshqa neft-gaz konlari, yerosti foydali qazilmalari zahiralaridan oqilona foydalanish orqali sanoat uchun qimmatbaho bo‘lgan o‘nlab kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilish yo‘lga qo‘yildi. Asakada, Samarqandda va Toshkentda avtomobil, traktorlar va ularni extiyot qismlari va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
2 savol Qadimda insoniyat o‘ z extiyojlari uchun kimyoviy moddalar va
ulardagi o‘zgarishlardan qanday foydalangan?
Javob: Kimyoviy moddalar va ulardan olingan mahsulotlardan insoniyat o‘z extiyojlari uchun qadimdan foydalanib kelgan. Xitoyda, Misrda, Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, turli xil bo‘yoqlar ishlab chiqarishda, me’morchilikda, oziq-ovqatlar tayyorlashda, kiyim-kechaklar tayyorlashda kimyoviy moddalar va kimyoviy hodisalardan keng foydalanishgan.
3 savol A.Lavuazye haqida nimalarni bilasiz?
Javob: Fransuz kimyogar olimi A.Lavuazye yonish va oksidlanish jarayonlari haqida ilmiy nazariyalarni yaratgan.
4. Yangi mavzu bayoni
1) O‘qituvchining ma’ruzasi
Yangi dars bayoni quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
O‘quvchilarning botanika, fizika fanlaridan olgan bilimlari va kundalik turmushdan olgan amaliy ko‘nikmalari asosida suhbat
O‘quvchilarga bir xil moddadan iborat bo‘lgan turli jismlar va har-xil moddalardan iborat bo‘lgan turli jismlar namunalarini hamda osh tuzi, shakar, ko‘mir, oltingugurt namunalarini tarqatish.
Moddalarni ta’riflash.
Moddalarning xossalarini nima uchun bilish kerak?
Modda va uning xossalari mavzusi bayonida rejadagi 1-band, ya’ni o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilgandan so‘ng doskaga oldindan chizib qo‘yilgan quyidagi jadvalni o‘quvchilar o‘zlari to‘ldirishadi:
Moddalarni ta’riflashda moddaning rangi, hidi, agregat holati, mazasi, suvda eruvchanligi, o‘lchash mumkin bo‘lgan xossalari, masalan, qaynash va suyuqlanish haroratlari, qattiqligi kabilarga e’tiborni qaratiladi.
Moddalar xossalari bilan tanishtirishda ularning xalq tilida ma’lum nomlari, kundalik turmushdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar beriladi. Bunda o’quvchilarga savol tariqasida kundalik turmushda ishlatiladigan, ularga tanish bo’lgan moddalar haqida so’raladi va o’qituvchi doskada Kungaboqar usuli yordamida ularni joylashtiradi
Kundalik turmushda bizga ma’lum va tanish bo’lgan moddalar
Dars davomida “Fizik xossalari turlicha bo‘lgan moddalar bilan ishlash” laboratoriya ishini bajarish talab qilinadi.
LABORATORIYA ISHI. Fizik hossalari turlicha bo‘lgan moddalar bilan tanishish.
O’quvchilar kimyo fanini o‘rganish davomida moddalar bilan doimo muloqotda bo‘ladilar. Moddalarning xossalarini o‘rganishda ularni yetarli darajada to‘liq ta’riflay olish muhim ahamiyatga ega.
Demak, o’quvchilar eng avvalo “modda”, “jism” tushunchalarini to’liq o’zlashtirib olishi zarur. Berilgan moddalarning tashqi ko’rinishiga qarab uning eng muhim fizikaviy hossalarini aytib bera olishi kerak.
Oldindan tayyorlab qo’yilgan moddalarning na’munalari har bir o’quvchiga tarqatilgan bo’ladi. Bunda o’quvchi quyidagilar orqali ularning xossalarini o’rganadi:
Moddaning odatdagi sharoitda agregat holati, ya’ni gaz, suyuq yoki qattiq tuzilishdaligi aniqlanadi.
Moddaning rangi oddiy yorug‘likda vizual (ko‘z bilan ko‘rib) aniqlanadi.
Moddaning hidi: modda hidini aniqlashda ehtiyot bo‘ling. Moddalarning hidi o’qituvchi ko‘rsatgan usulda aniqlanadi. (Berilgan notanish moddaning hidi zaharli yoki burun bo‘shlig‘ini yallig‘lantiradigan bo‘lishi mumkin)
Berilgan moddaning suvda erishi yoki erimasligini bilish uchun uning ozgina bo‘lagini probirka yoki stakanga solib, ustiga suv quyiladi va aralashtiriladi. Agar modda bo‘lakchalari batamom erib ketsa yoki sezilarli darajada kamaysa, modda suvda eruvchan hisoblanadi.
Moddaning qattiqligini qattiqlik shkalasidan foydalanib, agar bunday shkala bo‘lmasa tirnoq (qattiqligi 2-2,5), shisha (qattiqligi 5) va boshqa qattiqligi aniq moddalar bilan solishtirib ko‘riladi.
Moddaning qaynash, suyuqlanish haroratlarini ma’lumotnomalaridan foydalanib topiladi va jadvalga tushiriladi.
Noma’lum moddaning ta’mini totib ko‘rish qatiyan man etiladi!
Berilgan moddaning xossasini quyidagi tartibda aytib berish kerak:
modda nomi Agregat holati
Rangi
Hidi
Suvda eruvchanligi
Qattiqligi
Qaynash va suyuqlanish haroratlari
Laboratoriya ishi davomida o’quvchilarda kuzatish, kuzatish natijalarini solishtirish va hulosa qilish malakalari shakllanib boradi.
Dars davomida o’qituvchining ko’rsatmasi ostida o’quvchilar o’zlariga berilgan moddalarning hossalarini quyidagicha jadvalga to’ldiradilar.
Modda
nomi
|
Agragat holati
|
Rangi
|
Hidi
|
Zich
ligi
|
Suvda eruvchanligi
|
tq
|
Osh tuzi
|
Qattiq
|
rangsiz
|
-
|
2,16
|
+
|
1414
|
Shakar
|
Qattiq
|
oq
|
-
|
1,58
|
+
|
340
|
Ichimlik sodasi
|
Qattiq
|
oq
|
-
|
2,159
|
kam
|
851
|
Mis kuporosi
|
Qattiq
|
Ko’k
|
-
|
|
+
|
|
Aluminiy
|
Qattiq
|
Kumushsimon
Oq yaltiroq
|
-
|
2,7
|
_
|
2300
|
Rux
|
Qattiq
|
Och havo rangli yaltiroq
|
-
|
7,13
|
_
|
906
|
Temir
|
Qattiq
|
Kumushsimon kul rahgli
|
-
|
7,87
|
_
|
2870
|
Mis
|
Qattiq
|
Qizgish rangli
|
-
|
8,96
|
_
|
2360
|
Suv
|
Suyuq
|
rangsiz
|
-
|
1
|
|
100
|
Spirt
|
Suyuq
|
rangsiz
|
+
|
0,78
|
+
|
78
|
Oltingugurt
|
Qattiq
|
sariq
|
-
|
2,07
|
_
|
444,6
|
Yod
|
Qattiq
|
To’q kulrang, yaltiroq
|
-
|
4,93
|
_
|
+184,5
|
6. Mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlashda og’zaki sabol-jabob tarzida test o’tkaziladi.
Test savollari:
1. Suvning qaynash harorati nechaga teng?
A.100 oC; B. 78 oC; S. 220 oC; D. 338 oC.
2. Qattiq, o ‘ziga xos hidli, sariq rangli modda – bu
A.Bo‘r; B. Alyuminiy; S. Oltingugurt; D. spirt
3. Faqat moddalar ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
A. Daftar, qalam, probirka; B. Kislorod, daftar, spirt;
S. Kislorod, bo’r, suv; D. Oltingugurt, probirka, alyuminiy.
Shuningdek, videolavhalar yordamida turmushda foydalanilaniladigan va sanoatda ularni ishlab chiqarish jarayonlari tasvirlangan namoyishlar ko’rsatilishi yoki quyidagicha “O’xshashini tanla” o’yinli savo-test mashg’ulotlarini o’tkazish mumkin.
Moddalar bir-biridan farq qiladi, ammo o’xshash xossalari bo’ladi.
Savol: Bu moddalarning qaysi xossasi o’xshash?
E. 1. Kerosin, spirt, simob, suv A. Rangi
B. 2. Osh tuzi, spirt, shakar, mis quporosi B. Suvda erishi
C. 3. Spirt, ko’mir, neft, qog’oz C. Yonishi
C. 4. Benzin, vodorod, uglerod,oltingugurt D. Gazligi
A. 5. Shakar, soda, kraxmal, osh tuzi E. Suyuqligi
D. 6. Kislorod, vodorod, karbonat angidrid, metan
C. 7. Alyuminiy, oltingugurt, spirt, fosfor
E. 8. Efir, sulfat kislota, glitserin, atseton
7. O`quvchilarni rag’batlantirish va baholash.
Dars yakunida uyga berilgan vazifa yuzasidan olingan javoblar va faol qatnashgan o’quvchilar rag`batlantiriladi va ballari e’lon qilinadi. Bunda ballar yigindisi asosida (o’quvchilarni ismlari yozilgan qog’ozlardagi ballar yulduzchalar ko’rinishida yopishtirilgan.)
Eng bilimdon o’quvchi- 5 ball
Eng faol o’quvchi- 4 ball
Eng harakatchan o’quvchi- 3 ball
8. Uyga vazifa: Modda va uning xossalari mavzusini o’qing va xo’jalikda ishlatiladigan moddalar va jismlar ro ’yhatini tuzing.
Dars yakunida uyga berilgan vazifa yuzasidan olingan javoblar va faol qatnashgan o’quvchilar rag`batlantiriladi va ballari e’lon qilinadi
|