Muhammadjonova Sevaraxon Ulug’bek qizi 4-sentabr 1997 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan Arab va ingliz tillarini o’zlashtirgan
O’zbekiston sanoat texnikumi 1- bosqich “Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishida grant
asosida tahsil oladi.
Oliy ta’limga kirishda
texnikumning oltin hissasi
Hozirgi kunda har bir soha vakilidan oliy ma’lumotli bo’lish talab qilinmoqda. Chunki har bitta o’z ishining mutaxassisi rivojlangan davlatning asoschisi hisoblanadi. Avvallari oliy ta’limda o’qish ko’pchilik uchun orzu edi. Ba’zilar tayyorlov kursiga boraverib charchashsa ba’zilar har yili oliy ta’limga o’tolmay umrini zoye ketkazardi. Natijada esa oliy ma’lumotli bo’lish ko’pchilikka orzu bo’lib qolar edi.
Hozirgi kunga kelib Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tashabbuslari 2020/2021-o’quv yili boshida mamlakatimizda texnikumlar soni 187 tani tashkil etgan. Jumladan men tahsil olayotgan O’zbekiston sanoat texnikumidir. U Farg’ona viloyati O’zbekiston tumanida joylashgan. Texnikumimiz Qo’qon Davlat Pedagogika institute huzurida ochilgan bo’lib, o’qitish tizimi institut tomonidan nazoratga olingan.
O’quv yo’nalishlari quyidagilar:
-Buxgalteriya
hisobi va audit
-Elektr
stansiyalari,
tarmoqlari va tizimlari
-Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash
-Kompyuter
inginering
-Sport faoliyati (turlari bo’yicha) Maktabgacha ta’lim
tashkiloti uslubchisi
-Kutubxonashunoslik