• Mutaxassislik: 5A320901- «To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi (Yigiruv texnologiyasi)»
  • Namangan – 2018
  • Muhandislik-texnologiya




    Download 0.59 Mb.
    bet1/23
    Sana26.03.2024
    Hajmi0.59 Mb.
    #177960
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    Gidravlik turbinalar, Badalov AS va boshq. Gidroelektrostansiyalar... , FAS KLNADSKFN DSKLGN, 1mat analizdan-200-test, 1-mavzu maruza (1), 2-mavzu maruza (1), 6-Мактаб паспорти2023, 42350, 24998

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




    NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

    Qo‘lyozma huquqida

    UDK 677.022.J 91





    Parpiyev Doniyor Xabibullayevich


    Yigirilgan iplarni xossalarini turli mezonlardan foydalanib qiyosiy baholash


    Mutaxassislik: 5A320901- «To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi (Yigiruv texnologiyasi)»




    Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTATSIYA

    Илмий раҳбар:


    т.ф.н., доц.I.R. Azizov
    « » 2018 йил

    Namangan – 2018


    Kirish
    Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin, korxonalarning boshqarish taktikasi va uning strategiyasi ham o‘zgardi. Muhim e’tibor korxonaning ichki ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini rejalashtirishga qaratilgan, asosiy narsa korxonada assortiment siyosatini ishlab chiqish muhim rol o‘ynaydi. Chunki, assortiment siyosati bir tomondan iste’molchi ehtiyojining maksimal qondirilishi, ikkinchidan yetarli darajadagi foyda va ishlab chiqarishning samarali bo‘lishini ko‘zda tutadi.
    Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mavjud bo‘lgan barcha turdagi sanoat korxonalarining rivojlanishi, avvalambor iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishiga olib keladi. Ya’ni, bozorlarimizni yuqori sifatli, takomillashgan texnologiya va mahsulotlar bilan to‘ldirish, iqtisodimizning gullab yashnashining yagona shartidir. Respublikamiz oldida turgan asosiy masalalardan biri-ichki bozorlarimizni sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish va jahon bozorlarida raqobat qila oladigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Haridorgir raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda ipning iste’mol hamda texnologik sifatlarini belgilovchi omillarni aniqlash va uni boshqarish masalasi katta ahamiyatga egadir. Shundan kelib chiqib, ip xossalariga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etish, asosida tolaning ya’ni mikroneyr ko‘rsatkichini ipning fizik- mexanik ko‘rsatkichlariga ta’sir konuniyatini baxolash dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

    Download 0.59 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 0.59 Mb.