|
Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism
|
bet | 4/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #234686 |
Bog'liq 020-82 Namozov Burxon9-MAVZU. HTML tilida freymlar hosil qilish va ularni qayta ishlash. HTML tilida formalar tashkil qilish va ularni qayta ishlash. HTML tilida sahifalarda animatsiyalar hosil qilish.
Reja:
9.1. HTML tilida freymlar hosil qilish va ularni qayta ishlash.
9.2. HTML tilida formalar tashkil qilish va ularni qayta ishlash,
9.3. HTML tilida sahifalarda animatsiyalar hosil qilish.
9.1. HTML tilida freymlar hosil qilish va ularni qayta ishlash. Freymlar hosil qilish va ularni qayta ishlash shu paytgacha biz keltirgan barcha misollar o‘z navbatida bir freymli Web-saxifalardir. Har bir Web-saxifa alohida fayl edi. Freymlar texnologiyasi brauzer darchasini bir nechta yonma-yon joylashgan to‘g‘ri burchakli qismlarga ajratishga imkon beradi. Qismlardan har biriga bir-biriga bog‘lanmagan holda tanishib chiqish imkoniyati bor, HTML - xujjatlarni yuklash mumkin. Freymlar orasida, xuddi alohida brauzer oynalari orasidagi kabi o‘zaro ta'sirni tashkil qilish mumkin. Bu demak, freymlarning bittasida giperaloqani tanlab olish boshqa freymda yoki brauzer darchasida xujjatni yuklanishiga olib kelishi mumkin. Freymlar (frame) o‘z vaqtida Web - dizaynda haqiqiy revoliyutsiya qilganlar. Wzs esa ularni yaqinda standartlashtirgan. Freymlar bilan ishlash imkoniyati birinchi marta Nets-cape2.0 brauzerida amalga oshirilgan. MS Internet Explorer freymlarni 3.0 versiyadan boshlab quvvatlab keladi, shu bilan birga o zgaruvchan freymlar yaratishning ajoyib imkoniyatlarini taqdim etadi. Ko‘z oldingizga uchta freymni keltiring. Ulardan bittasi saxifaning yuqori qiirrasi bo‘ylab joylashgan bo‘lib, unda Web - sayt nomi yozilgan. Saxifaning chap qirrasi bo‘ylab vertikal joylashgan ikkinchi freymda giperaloqalar Web-saytning o‘ziga xos sarlavhalari o‘rnashgan. Eng katta uchinchi freymda esa shaxsiy freym qiymatlari joylashgan. Bu ko‘pchilik Web - saytlarda ishlatiladigan klassik dizayn sanaladi. Buning qulayligi shundaki, agar foydalanuvchi giperaloqa bo‘yicha ishlaganda qiymatlari chiqarib beriladigan bitta freym yangilanadi, xolos. Freymlar Web - sayt nomi va mundarijasi bilan o‘z joylarida qoladilar. Yuqoridagilarga asosan bir misolni ko‘rib chiqamiz. Avval, freymlarning sahifa kodini yozamiz va Fourthr.s. html nomi bilan faylda saqlaymiz.
Misol uchun, yuqorida to‘liq satrli freym, uning pastida ikki ustunga ajratilgan freymlarni hosil qilish jarayonini qaraylik. Birinchidan bizga ikki qatorli freym kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, ikkinchi qatordagi freymni ikki ustunga ajratish lozim bo‘ladi:
freymlar freymlarni faqat Internet Explorer quvvatlaydi. freym nima degani? Oddiy matnli Web–sahifaga kiritish mumkin bo‘lgan freymni freym dcyiladi. Bunda <.O‘zgaruvchan> freym tegi joylashgan joyda, brauzer kichkina darchasida Internet adresi SRC atributida ko‘rsatilgan Web-saxifani aks ettiradi. freymlar juft teglar yordamida o‘rnatiladi.
|
| |