IA-32 mikroprotssesorining qiyosiy tahlili




Download 2.28 Mb.
bet14/22
Sana30.03.2022
Hajmi2.28 Mb.
#19098
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
MIKROPROTSESSORLARNI ARXITEKTURASI

3.1. IA-32 mikroprotssesorining qiyosiy tahlili.


IA-32 (Intel Architecture, 32-bit) — x86 arxitekturaning uchinchi avlod mikroprotsessorli arxitekturasi bo’lib 32 razryadli xisoblashlarga o’tishni boshlab bergan. Ushbu arxitekturaning birinchi vakili— mikroprotsessor Intel 80386, bo’-lib u 17 oktyabr 1985 yilda ishlab chiqarilgan. Bu arxitekturaning yana bir nom-lanishi i386 (ushbu arxitektura bo’yicha chiqarilgan birinchi protsessorning nomi bo’yicha ) va x86 dir ( ishlatiladigan buyruqlar to’plami bo’yicha). Ushbu meta-nomlar keng tarqalgan bo’lib, turli xil xujjat va ma’lumotnomalarda ko’p uchraydi..
IA-32 arxitekturasi yigirma yilga yaqin davr ichida shaxsiy kompyuyuterlar uchun ishlab chiqarilgan mikroprotsessorlar orasida yetakchi o’rinni egallab turdi. Keyinchalik esa uning o’rnini 64 razryadli X86-64 arxitekturali mikroprotsessorlar egaladi. IA-32 arxitekturali miroprotsessorlar Intel kompaniyasidan tashqari yana AMD, Cyrix, Via, Transmeta, SiS, UMC kabi kompaniyalar tomonidan ham ishlab chiqarilgan edi. 2010 yillardan keyin ham IA-32 arxitekturali protsessorlar ishlab chiqarilishi to’xtagani yo’q. Ular, masalan, Intel Atom (N2xx va Z5xx seriyalarida), AMD, Geode va VIA, C7 kabi protsessorlarda qo’llanilib kelin-moqda. IA-32 (qisqacha "Intel Architecture, 32-razryadli nomidan"), ning ba’zi hollarda  i386 deb atalishi birinchi marta 80386 mikroprotsessorlarida 1985 yilda ishlab chiqarilgani bilvn bog’liqdir. IA-32 da birinchi marta 32 razryadli sonlar ustida operatsiyalarning bajarilishi sababli x86 nom bilan ham atalib kelgan. SHuning uchun bu nomlarning barchasi foydalauvchilar tomonidan qabul qilingan.
IA-32 ning buyruqlar tizimi Intel korporatsiyasi tomonidan 80386 mikroprtsessorlarida kiritilgan bo’lib xozirgi zamongya’ni 20I5 yilga qadar shaxsiy kompterlar uchun ishlab chiqarilayotgan zamonaviy mikroprotsessorlarda ishlatilib kelinmoqda. Buyruqlar to’plami deyarli o’zgarishsiz qolganiga qaramasdan ularning bajarilishi hozirgi zamon mikroprotsessorlarida anchagina tezlashgan. Xozirgi zamonning turli xil dasturlash tillari ramkasida ham IA-32 arxitekturasini hozirgacha "i386" arxitektura deb atalib kelinmoqda.
Intel kompaniyasi IA-32 protsessorlarining yaratuvchisi va eng ko’p ishlab chiqaruvchisi xisoblanadi. Undan keyingi o’rinda AMD kompaniyasi turadi. Ba’zi bir davrlarda VIA , Transmeta va boshqa kompaniyalar ham IA-32 arxitektura bilan ish ko’rdi, biroq ular keyinchalik to’liqligicha 2000 yildan ishlab chiqaruvchilar X86 ning 64 bitli variantiga o’tdilar ( x86-64 ). .



Download 2.28 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Download 2.28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IA-32 mikroprotssesorining qiyosiy tahlili

Download 2.28 Mb.