Mundarija: kirish 2




Download 2.28 Mb.
bet2/22
Sana30.03.2022
Hajmi2.28 Mb.
#19098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
MIKROPROTSESSORLARNI ARXITEKTURASI

KIRISH


2010 yil iyunidagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot -kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risida"gi qarorlari qabul qilindi.[1] Shu munosabat bilan respublikamizning qator ta’lim muassasalarining texnika bazasi, jumladan, kompyuter texnikasining yangi avlodi bilan jixozlanishi, shuningdek, ularning Internet tarmoqlariga ulanishi, elektron aloqalar bilan taminlanishiga e'tibor yanada kuchaydi. Bularning hammasi ta’lim mazmunini samarali qilish maqsadida respublika talim muassasalariga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish, o'quv rejalariga kiritilgan fanlarni yangi interfaol usul va vositalardan foydalangan, jumladan, masofadan turib o'qitish, kompyuterlashtirilgan anjumanlar o'tkazish, elektron darsliklar yaratish va ularni o'quv - tarbiya jarayonida qo'llashga qaratilgan tadbirlardir.
O’zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirilayotgan, shuningdek, davlat talim standartlari tasdiqlanib hayotga qo'llanilayotgan bir paytda talim muassasalaridagi o'quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish uchun O’zbekiston Respublikasida 2003 yilning 11 dekabrida "Axborotlashtirish to’g’risida"gi qonunni qabul qilinishi ham bejiz emas. Ushbu qonunning "Axborot tizimlarining tarmoqlararo bog'lanishi" nomli 18 - moddasida " kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag'batlantirish" vazifasiga ham urg'u berilgan .1
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarida, kasb-hunar kollejlarida va akademik litseylarda dasturiy vositalarni, ma’lumotlarning axborot bazalarini, multimedia, kompyuter texnikasini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va texnik xodimlar, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilar tayyorlashni kengaytirish to’g’risidagi;
Zamonaviy kompyuter va axborot tarmoqlari iqtisodiyot, fan va ta'limning barcha sohalariga keng joriy etish xalqaro axborot tizimlariga shu jumladan yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash darajasini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu esa o'z navbatida, yurtimiz istiqbolini yanada ravnaq topishida muxim axamiyatga egadir. Shuni ta'kidash lozimki, so'ngi yillarda iqtisod-siyosat, ilm -fan, texnika soxalari, ularga qaratilayotgan e'tibor sezilarli darajada o'sdi.



Download 2.28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 2.28 Mb.