(Pentium Pro/II/III) protsessorlari sturukturasi




Download 2.28 Mb.
bet8/22
Sana30.03.2022
Hajmi2.28 Mb.
#19098
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
MIKROPROTSESSORLARNI ARXITEKTURASI

2.2. (Pentium Pro/II/III) protsessorlari sturukturasi

2.2.1-rasm


P6 mikroarxitekturasi Intel firmasining Pentium Pro, Pentium II (Xeon), Celeron, Pentium III (Xeon).protsessorlari bilan ishlaydi. Bu mikroarxitektura tavsifi (aniqlanishi) bo’yicha Intel Arxitektura IA-32 arxitekturasi bo’ladi.
Intel protsessorlari CISC protsessorlari guruhiga kiradi. Bu protsessorlarda bitta buyruqni bajarish uchun bittadan bir necha o’nlab takt kerak bo’lishi mumkin edi. Buyruqlarni bunday qayta ishlashda protsessorning ish unumdorligini oshirish uchun faqat mashina taktlari chastotasini orttirish yo’li bilan erishish mumkin edi. Bu xolatda protsessorning ishlash chastotasini oddiy yo’l bilan oshirish xech qanday ma’noga ega emas edi. Chunki chastotani oshirishning ma’lum bir yuqori chegarasi mavjud bo’lib bu chegaradan o’tib bo’lmas edi. Intel loyixachilari i80386 protsessoriga qadar ushbu yo’ldan bordilar. Buyruqni bajarish jarayonida yana bir nozik tomoni bor. Bu xotiradan buyruqni qabul qilib olish amaldir. Bu ko’p vaqt sarf qilinadigan amaldir. Ushbu muammoning qisman echimi kompyuter texnikasi rivojlanishining birinchi bosqichlarida topilgan edi, ya’ni buyruqlarni oldinroq buferga olib qo’yish yo’li bilan. Ushbu g’oyaning va boshqa g’oyalarning rivojlanishi tarzida konveyer paydo bo’ldi. Konveyer–kompyuterning bajaruvchi qismidagi arxitektura darajasidagi maxsus qurilmadir.Konveyerni ishlatish natijasida buyruqni bajarish bir necha stadiyalarga bo’linadi. Har bir stadiya buyruqni qayta ishlash jarayonining ma’lum bir elementar operatsiyasini bajaradi. Intel protsessorlari uchun konveyer usuli birinchi marta i80486 protsessor arxitekturasida qo’llanilgan edi.
Pentium protsessorlarida konveyer arxitekturasi takomillashtirildi va superskalyar nomini oldi. i80486 ning skalyar arxitekturasiga nisbatan (bitta konveyerli) Pentium protsessorlarining birinchi modellari ikkita konveyerga ega edi.
Ideal holatda bunday superskalyar protsessor bitta mashina taktida ikkita buyruqni bajarishi kerak edi. Bosh konveyer to’la funktsiyali edi va shuning uchun u ixtiyoriy hamma mashina buyruqlarini bajara olar edi. Bu konveyer aso-san butun sonli buyuqlar va suzuvchi vergulli faqat bitta buyruqni (FXCH) bajara olar edi. Ikkala konveyerning ichki strukturasi (tuzilishi) xuddi i480486 protsessoriniki kabi buyruqlarni ajratib olishning faqat bitta umumiy blokiga ega edi. Funktsional jihatdan turlicha bo’lgan ikkita konveyerlarning yuqori ish unumdorligini ta’minlash ( bir mashina taktida ikkita buyruqni bajarish uchun) kirish oqimidagi buyruqlarni bir biriga mos keluvchi guruhlarga bo’lish kerak bo’lar edi.

Download 2.28 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Download 2.28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



(Pentium Pro/II/III) protsessorlari sturukturasi

Download 2.28 Mb.