• 2.1. Pentium protsessorlarining qiyosiy tahlili
  • Mundarija: kirish 2




    Download 2.28 Mb.
    bet7/22
    Sana30.03.2022
    Hajmi2.28 Mb.
    #19098
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
    Bog'liq
    MIKROPROTSESSORLARNI ARXITEKTURASI

    Protsessorlar soni. Kompyuter samaradorligini faqat katta takt chastotali protsessor tanlash bilan emas, balki tizimga ikkinchi protsessor o‘rnatish orqali keskin oshirish mumkin. To‘g‘ri, bu xolda xam, 64-bitli protsessorlar kabi, bu rejimni ( SMP ) amalga oshirish uchun maxsus dastur ta’minoti kerak. Xozirgi kunda Windows ning «professional» versiyalari (masalan, Windows XP Professional ) va shuningdek grafika va videoni qayta ishlovchi qator dasturlar ( Adobe Premier , 3D Max va boshqalar) ko‘pprotsessorli rejimdan foydalanishi mumkin . Bundan tashqari ikkita protsessorni o‘rnatish uchun, oddiy tizimli plataga qaraganda bir necha bor qimmatroq turuvchi, maxsus plata zarur .

    II BOB. PROTSESSORLARNING TURLARI VA ULARNING TAHLILI


    2.1. Pentium protsessorlarining qiyosiy tahlili
    Pentium protsessorlar ishlab chiqarishning so’nggi davlaridan biri bu PENTIUM davridir. O’zining suzuvchi vergullar bilan ishlashdagi xatoligi bo’lgan bloki bilan mashxur bo’lgan Pentium - Pentium-60 protssesoridir. Superskalyar arxitekturasiga ko’ra ( ikkita konveyerli ) u ikkita mashina instruktsiyasini bir taktda bajara olar edi. Ichki buyruqlar keshiga ichki 8 kilobaytli ma’lumotlar keshi qo’shilgan. O’tishlarni odindan aytish texnologiyasi (branch prediction) qo’shilgan. Ma’lumotlarni qayta ishlashda o’tkazish tezligini oshirish uchun Pentium protsessori ichki kengligi 128 va 256 bitli yo’llardan foydalanadi. Tashqi shina 64 bitga qadar kengaytirilgan. Ko’p protsessorli tizimlarni yaratish uchun vositalar qo’shilgan., jumladan kengaytirilgan dasturlanuvchi uzilishlarning nazoratchisi qo’shilgan. (Advanced Programmable Interrupt Controller, APIC), qo’shimcha chiqishlar va ikki protsessorli tizimlarni yaratish uchun dual qayta ishlovchi maxsus rejim (dual processing).
    Taktli chastotasi 133MGTS bo’lgan Pentium modelli protsessorlarda (1997yil) ularga MMX–buyruqli blok kiritilgan. ((MMX - MultiMedia extensions). Soprotsessor bazasida yaratilgan ushbu blok SIMD-texnologiyasi bilan ishlar edi. Bu texnologiya bir jinsli ma’lumotlarning blokini bitta mashina ko’rsatmasiga (instruktsiyasiga) ko’ra qayta ishlar edi.
    Ushbu kengaytirishni kiritishdan maqsad bir turdagi butun sonli ma’lumotlardan iborat bo’lgan massivlarni qayta ishlovchi dastur ilovalarning samaradorligini oshirishdir. Bunday ilovalarga misollar: tasvirlarni va tovushlarni qayta ishlash ilovalari, arxivlash va arxivlarni ochish, va boshqalardir. Bu kiritilgan yangiliklar Pentium protsessorining ish unumdorligini odingi protsessorlarga qaraganda anchagina yuqori bo’lishiga olib kedi. Shunga ko’ra odingi protsessorlar tezda o’z o’rnini bu protsessorlarga bo’shatib berishga majbur bo’ldi.
    Xozirgi vaqtda bunday protsessorlarning uch xil avlodi yoki oilasi mavjud:


    2.1.1-rasm
    Pentium-Pentium, P6 va NetBurst mikroarxitekturali Pentium IV protsessorlari. Pentium oilasiga oldin aytib o’tilgan Pentium va Pentium MMX protsessorlari ham kiradi.
    P6 oilasi 1995 yida Pentium Pro protsessorining paydo bo’lishi bilan boshlandi. Bu ikki oiladagi nomlarning o’xshashligiga qaramasdan ularning ichki arxitekturasi bir - biridan anchagina farq qiladi. Pentium PRO protsessorlaridagi yangi sxemotexnik echimlarni xisobga olmagan xoda uning asosiy arxitektura xususiyatlarini ko’rib o’tamiz. Protsessor uchta konveyerning ishini ta’minlaydi, ya’ni bir taktda uchtagacha bo’lgan buyruqlarni bajara oladi. Buning uchun buyruqlarning oqimini qayta ishlovchi maxsus texnologiyalar qo’llanilgan. Ushbu protsessorlar Kesh xotira bilan ishlashning yangi texnologiyasiga asoslangan. Odatiy ishlatiladigan ichki 8 Kilobaytli birinchi darajali xotiradan tashqari ikkinchi darajali 256 kilobaytli Kesh xotira ham mavjud. Uning bilan aloqa bog’lash uchun maxsus 64 razryadli shina mavjud. Bu shina generatorning chastotasida ishlaydi.
    Pentium Pro protsessorining ma’lumotlar shinasi 36 razryadli bo’lib u 64 Gigobaytgacha bo’lgan xotirani adreslashi mumkin.
    1997 yida paydo bo’lgan Pentium II protsessori Pentium Pro protsessorining arxitekturasiga MMX-buyruqlar bilan ishlay olish qobiliyatini qo’shdi. Bundan tashqari barcha darajadagi KESH xotiralarningo’lchami ortdi. Birinchi darajapi buyruqlarning kesh xotirasi 16 kilobaytgacha orttiridi. Ikkinchi darajali kesh xotira 1 gigobaytgacha orttiridi va u protsessor chastotasining yarmida ishlay oladigan bo’di.
    Protsessorning keyingi ikkita modeli 1998 yida ishlab chiqarilgan, Celeron va II Xeon modellaridir Bu modellar Pentium II ning biri “engil» va nisbatan «og’ir» modifikatsiyalangan turlaridir. Celeron umumfoydalanuvchi tizimlarini yaratish uchun mo’ljallangan. Pentium II Xeon protsessori esa yuqori unumli server tizimlarini yaratish uchun ishlab chiqilgan.
    P6 oilasiga kiruvchi oxirgi protsessor-Pentium III 2000 yilda ishlab chi-qilgan. Uning boshqalardan asosiy farqi MMX-buyruqlarining qo’shimcha to’plamlari bilan ishlay olishidir. Bu to’plam buyruqlar asosiy to’plamining SSE kengaytmasi (SSE-Streaming SIMD Extensions) deb ataladi.
    Hozirgi vaqtda eng oxirgi 32 razryadli protsessor bu Pentium IV protsessoridir. U mikroarxitekturaning NET BUST deb ataluvchi yangi turining avlodidandir. Bu protsessorning paydo bo’lishi bilan Intel protsesorlarining buyruqlar to’plami yana 144 ta yangi buyruqlarga ko’paydi. Bu buyuvlar asosan suzuvchi vergulli MMX blok uchun, hamda xotirani keshlashni boshqarish uchun ishlatiladi. Bu buyruqlar guruhining shartli nomi SSE2 (Streaming SIMD Extensions 2).
    Mikroarxitektura tushunchasi birinchi marta Intel firmasi tomonidan Pentium Pro protsessorlar oilasiga kiruvchi protsessorlar uchun ishlatilgan. Bu tushunchani kiritishdan asosiy maqsad ushbu davrda mavjud bo’lgan protsessorlar bilan yangi ishlab chiqarilayotgan protsessorlarning pozitsiyasini (tutgan o’rnini ) aniqlash edi. 32 razryadli protsessorlarning tashqi dasturiy modellari (mantiqan) faqat rivojlanish tarafiga o’zgardi, shu bilan birga ularning bajaruvchi (fizik) modellari turli xil ko’rinishda bo’lishi mumkin edi, ya’ni ular butunlay boshqacha bo’lishi mumkin edi.

    Download 2.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




    Download 2.28 Mb.