• Ichki registrlar
  • Adres shinasi
  • Mundarija: kirish 2




    Download 2.28 Mb.
    bet5/22
    Sana30.03.2022
    Hajmi2.28 Mb.
    #19098
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    MIKROPROTSESSORLARNI ARXITEKTURASI

    Ma’lumotlar shinasi
    Protsessorning eng umumiy xarakteristikalaridan biri uning ma’lumotlar hamda adres shinasining razryadligidir. Shina - bu ulanishlar to‘plami bo‘lib, ular orkali turli signallar uzatiladi. Binoning bir burchagidan ikkinchi burchagiga o‘tkazilgan bir juft simni tasavvur kiling. Agar siz bu simlarga 220 V kuchlanishli generatorni ulab, shu chizik bo‘ylab rozetkalarni ko‘yib chiqsangiz shina xosil bo‘ladi. Vilkaning kaysi rozetkaga ulanishidan kat’iy nazar, bir xil signal kabul kilinadi. Oddiy kompyuterda bir nechta ichki va tashki shinalar, xar bir protsessorda esa ma’lumotlarni va xotira adreslarini uzatuvchi ma’lumotlar hamda adres shinalari mavjud.
    Protsessor shinasi haqida gapirganda, odatda ma’lumotlarni uzatuvchi va qabul qiluvchi ulanishlar to‘plami bilan ifodalangan ma’lumotlar shinasi nazarda tutiladi. Shinaga bir vaqtning o‘zida kelayotgan signallar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, u orkali bir vaqt oralig‘ida shunchalik ko‘p ma’lumot uzatiladi va tez ishlaydi. Kompyuterda ma’lumotlar rakam ko‘rinishida bir xil vaqt oralig‘ida uzatiladi. Ma’lumotning birlik (1) bitini uzatish uchun ma’lum vaqt intervalida yukori pog‘onali kuchlanish signali (taxminan 5V) yuboriladi, nol (0) bitini uzatish uchun esa kuyi pog‘onali (0 V) kuchlanish signali yuboriladi. Yo‘lchalar sonining o‘sib borishi bilan bir vaqtning o‘zida uzatilishi mumkin bo‘lgan bitlar soni ham o‘sib boradi. 286 va 386SX protsessorlarida ikkilik sanok sistema ko‘rinishidagi ma’lumotlarni uzatish uchun 16 ta ulanma qo‘llaniladi, shuning uchun ham u 16 razryadli protsessor deb ataladi. 486 va 386DX kabi 32 razryadli protsessorlarda bunday ulanishlar soni ikki marotaba kup bo‘lib, bir birlik vaqt oralig‘ida ikki baravar ko‘prok ma’lumot uzatiladi. Bu esa Pentium protsessorlari sistema xotirasiga bir vaqtda 64 bit ma’lumotni uzatishi mumkin deganidir.
    Ichki registrlar
    Protsessor bir sikl ichida kayta ishlashi mumkin bo‘lgan ma’lumot bitlarining mikdori ichki registrlarning razryadliligi bilan ifodalanadi. Registr - bu protsessor ichidagi xotira yacheykasidir. Masalan, protsessor ikki xar xil registrga yozilgan sonlar ustida arifmetik amallarni bajarib, natijasini esa uchunchi registrga saklashi mumkin. Pentium protsessorlarida ma’lumotlar shinasi 64 razryadli, registrlar esa 32 razryadlidir. Bu protsessorda ma’lumotlarni kayta ishlash uchun ikkita 32 razryadli parallel konveyer qo‘llaniladi. Pentium ko‘p jixatdan bir korpusda birlashtirilgan ikki 32 razryadli protsessorga o‘xshab ketadi, 64 razryadli ma’lumotlar shinasi esa registrlarni tezrok to‘ldirish imkoniyatini beradi. Bir nechta konveyerli protsessorlar arxitekturasi superskalyarli arxitektura deb nomlanadi. Zamonaviy protsessorlar buyruklarni bajaruvchi 6 ta ichki konveyerga ega.
    Adres shinasi
    Adres shinasi o‘tkazgichlar to‘plamidan tashkil topgan va ular orkali xotira yacheykasining adresi uzatiladi. Ma’lumotlar shinasi singari xar bir o‘tkazgich orkali adresdagi bir rakamga mos keluvchi bir bit adres uzatiladi. Adres shinasining razryadliligi protsessor tomonidan adreslanadigan maksimal xotira mikdori bilan ifodalanadi. Kompyuterlarda ikkilik sanoq sistemasi qo‘llanilganligi sababli, ikki razryadli adreslashda fakatgina 4 ta yacheykani tanlash mumkin (00,01,10,11 adresli), 3 razryadli adreslashda 8 ta (000 dan 111 gacha) yacheyka tanlanadi. 8086 va 8088 protsessorlarida 20 razryadli ma’lumotlar shinasi qo‘llanilib, 1 048 576 baytni yoki 1 MBayt xotirani adreslashi mumkin.
    Ma’lumotlar va adres shinalari mustakil bo‘lib, ma’lumotlar shinasining razryadliligi qanchalik katta bo‘lsa, adres shinasining razryadliligi ham shunchalik katta bo‘ladi. Bu shinalarning razryadliligi protsessorning imkoniyatlarini aniklaydi: ma’lumotlar shinasining razryadlari soni protsessorning ma’lumotlar almashish imkoniyatini, adres shinasining razryadlari soni esa protsessor ishlata olishi mumkin bo‘lgan xotira xajmini ifodalaydi.

    Download 2.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 2.28 Mb.