Mikroprotsessorning asosiy parametrlari




Download 2.28 Mb.
bet4/22
Sana30.03.2022
Hajmi2.28 Mb.
#19098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
MIKROPROTSESSORLARNI ARXITEKTURASI

1.3. Mikroprotsessorning asosiy parametrlari


Protsessorlarning bir nechta parametrlarini, shuningdek, ma’lumotlar va adres shinalarining razryadliligi hamda ishlash tezligini ko‘rib chiqaylik.
Protsessorlarni ikki asosiy parametrlariga ko‘ra klassifikatsiyalash mumkin: razryadliligi va ishlash tezligi. Protsessorning ishlash tezligi megagerslarda o‘lchanadi; 1 MGers sekundiga million taktga teng bo‘lgan o‘lcham birligidir. Protsessorning ishlash tezligi qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik yukori baxolanadi. Protsessorning razryadliligi esa ancha murakkabroq tushunchadir. Protsessor asosiy parametri razryadliligi hisoblanadigan uchta muxim qurilmani o‘z ichiga oladi:

1-jadval
Protsessorning ishlash tezligi
Protsessorning ishlash tezligi - protsessorning eng asosiy xarakteristikalaridan biri bo‘lib, uni ko‘pincha xar xil talqin etishadi. Kompyuterning ishlash tezligi megagerslarda o‘lchanadigan takt chastotasiga bog‘liq . Ishlash tezligi kalayli konteynerga o‘rnatilgan va kvars kristallidan iborat bo‘lgan kvarsli rezonator bilan aniklanadi. Elektrik kuchlanish ta’sirida kvars kristallida chastotasi kvars shakli va o‘lchami bilan aniklanadigan elektr toki tebranishlari vujudga keladi. Ushbu o‘zgaruvchan tok chastotasi takt chastotasi deb ataladi. Oddiy kompyuter mikrosxemalari bir necha million gers chastota tezlik bilan ishlaydi. Tezlik megagerslarda, ya’ni sekundiga million sikllarda o‘lchanadi.
Eslatma chastotaning o‘lcham birligi nemis fizigi Genrix Gers ga atab ko‘yilgan. 1885 yilda Gers tajribalar asosida elektromagnit nazariyasining to‘g‘riligini isbotlagan. Bu nazariyaga asosan yorug‘lik elektromagnit nurlanishning bir ko‘rinishi bo‘lib, to‘lqin ko‘rinishida tarkaladi.
Protsessor uchun eng kichik vaqt o‘lcham birligi (kvant) takt chastota davri yoki takt deyiladi. Xar bir operatsiya kamida bir taktda amalga oshiriladi. Masalan, Pentium protsessori xotira bilan ma’lumotlar almashuvini 3 taktda hamda bir necha kutish siklida amalga oshiradi. Kutish sikli - bu shu takt davomida hech narsa bajarilmaydigan takt bo‘lib, protsessor kompyuterning sekinrok ishlaydigan bo‘ginlaridan oshib ketmasligi uchun ishlatiladi. Buyruq larni bajarishda sarf qilinadigan vaqt doimiy emas. 8086 va 8088 protsessorlarida bir buyruq taxminan 12 takt davomida bajariladi. 286 va 386 protsessorlarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 4.5 taktgacha pasaydi, 486 protsessorlarida esa 2 taktgacha pasaygan. Pentium protsessorlarida ikkita parallel konveyerlarning hamda boshka texnologiyalarning qo‘llanilishi hisobiga bir buyrukni bajarish uchun ketadigan vaqtni 1 taktgacha kiskartirildi. Zamonaviy Pentium Pro, Pentium II/III/IV, Seleron va Xeon protsessorlarida bir takt ichida kamida 3 ta buyruq bajariladi.

Download 2.28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 2.28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mikroprotsessorning asosiy parametrlari

Download 2.28 Mb.