Mundarija: Kirish 3 Alifbe davrida yozuv kònikmalarini shakllantirish va ularga qòyiladigan talablar 5




Download 173 Kb.
bet8/10
Sana19.12.2023
Hajmi173 Kb.
#123666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ALIFBE DAVRIDA YOZUV KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH kurs ishi (2)

Xulosa


“Ustodi avval” 3 bo‘limdan iborat: 1- bo‘lim, hozirgi atama bilan ataganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bo‘limda arab alfavitidagi harflarni alfavit tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan. Muallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat savod o‘rgatishni qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida deyarli har doim bir xil shaklda qo‘llanadigan harflarni bergan. Shakli, yozilish o‘rniga qarab turlicha bo‘ladigan harflarning so‘z boshida, so‘z o‘rtasida, so‘z oxirida va alohida yozilish shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan. Masalan, q harfini tanitish uchun qor, uyqu, oq so‘zlarini, g‘ harfini tanitish uchun g‘or, uyg‘oq, tog‘ so‘zlarini tanlagan. Avtor soddadan murakkabga tamoyiliga amal qilib, alifbe davrini asta-sekin murakkablashtira borgan. Kitobning alifbe qismiga asosan, o‘zbek tilining lug‘at sostavidagi harflardan tanlab olgan.
“Ustodi avval”ning 2-bo‘limi alifbedan keyingi davrdir. Bu bo‘limda hikoya, masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim targ‘ib qilinsa, boshqalari tarbiyaviy mazmunda.
S.Saidazizov kitobining 3-bo‘limini “Alifboi qur’on” deb atagan va o‘z oldiga bolalarga “Qur’on”ni tushunib olishga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘ygan.
Umuman tovush metodi Markaziy Osiyoga ikki manbadan kelgan. Rus-tuzem maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan o‘rgatilar edi. O‘zbekcha sinf muallimlari tovush metodi oson va qulayligini amalda o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar va ular rus o‘qituvchilariga taqlid qilib, asta-sekin tovush metodini o‘z sinflariga tatbiq eta boshladilar.
2. XIX asrning oxiridan boshlab ichki Rossiyadan Markaziy maktabga kelgan tatar muallimlari tovush metodida xat-savod o‘rgata boshlagan edilar, oradan ko‘p o‘tmay, bir qancha mahalliy muallimlar ham tatar muallimlariga taqlid qilib, Yangi maktablar ochdi-da, bolalarga xat-savodni tovush metodida o‘rgata boshladi. Shunday qilib, O‘rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining o‘rnini ola boshladi. Ma’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o‘rgatishga Rossiyada K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan edi.
Tovush metodi bilan savod o‘rgatilganda, so‘zning eng kichik bo‘lagi, ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So‘zning ma’nosi o‘zgartira oluvchi har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so‘zda tovushlar almashishi, ortishi yoki kamayishi natijasida boshqa bir Yangi so‘z hosil bo‘lishi mumkinligi bolalar ongiga etkaziladi. Keyinggi yillarda ham xat-savod tovush metodida o‘rgatilmoqda. Atoqli metodistlar (S.P.Redazubov, A.I.Voskresenskaya, K.Qosimova, Y.Abdullaev, O.Sharafiddinov) tovush metodida xat-savod o‘rgatishni takomillashtirdilar.
Arab alfavitida yozuvni o‘rgatish qiyin edi. Arab alfavitidagi harflar so‘zda qo‘llanish o‘rniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozishni o‘rganishni qiyinlashtirgan. Shuning uchun ko‘p maktablarda bolalarga o‘qish o‘rgatilib, yozuv o‘rgatilmagan, chunki domla va otinoyilarning ko‘pchiligi o‘qishni bilgan, lekin yozishni bilmagan.
Eski maktabda yozish chiziqsiz, tekis oq qog‘ozga dastlab yo‘g‘onroq savag‘ich qalamda o‘rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o‘rganganlaridan keyin qamish qalamda ham yozishgan. Ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.
Yozishni o‘rgatish alfavit tartibida harflarning alohida-alohida shaklini yozdirishdan boshlangan. Avval alifni yozish o‘rgatilgan, keyin o‘xshash shaklli harflar bandlarga bo‘linib, o‘xshash unsuri bo‘lmaganlari esa ayrim-ayrim yozdirilgan. Ayrim domlalar ba’zi harflarning elementlarini yozishni ham alohida mashq qildirganlar.
Ayrim-ayrim harflarni nusxaga qarab alfavit tartibida katta-katta qilib yozish, mufradot (salhad) deyilgan; bunday yozish bir ikki yilga cho‘zilgan. SHundan keyin harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni murakkabbot deyilgan. Harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashqi bir necha bosqichga bo‘linib, harf birikmalarining ma’no anglatish anglatmasligi umuman, e’tiborga olinmagan. Qanday qo‘shilishi mashq qilinavergan. Ko‘pgina eski maktablarda bunday mashq “abjad yozish” bilan tugallangan.
Murakkabbotdan keyin bayt, qit’a va ruboiylarni ko‘chirib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni muqattaot deyilgan.
Bu mashqqa ham juda ko‘p vaqt sarflangan: u ma’noli so‘zlarni yozish bilan boshlanib, duoyi salom (insho) yozish bilan tugallangan.
YOzuvni o‘rgatish va xusnixat mashq qildirishda “Mufradot” kitobidan foydalanilgan. Bu kitobchada har uchala mashq turi, ba’zi nashrlarda esa insho namunalari berilgan.

Download 173 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 173 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija: Kirish 3 Alifbe davrida yozuv kònikmalarini shakllantirish va ularga qòyiladigan talablar 5

Download 173 Kb.