Alifbe davrida o‘quvchilarni yozishga o‘rgatish yo‘llari




Download 173 Kb.
bet6/10
Sana19.12.2023
Hajmi173 Kb.
#123666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ALIFBE DAVRIDA YOZUV KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH kurs ishi (2)

3. Alifbe davrida o‘quvchilarni yozishga o‘rgatish yo‘llari


O‘qituvchi (qanday so‘zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo‘lgan so‘zlar ustida kuzatish o‘tkazadi: maktabim - maktab, Umida - Umid, xat, qop, eg kabi.
O‘quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so‘zlarni va so‘zdagi jarangsiz undosh tovush o‘ziga mos g‘arf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so‘zning oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u so‘z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. Ikkinchidan, tekshirishga tayangan xolda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o‘quvchilar tekshiruvchi so‘zni tekshiriladigan so‘zdan doim oldin yozadilar: avlodi.
Dasturga ko‘ra, o‘quvchilarda so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O‘quvchilar so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lishda so‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o‘rgatish davridayok hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so‘zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so‘zda nechta unli bo‘lsa, uni shuncha qism (bo‘g‘in)ga bo‘ladilar6.
1-sinfda o‘quv yilining birinchi yarmida og‘zaki va yozma tarzda bo‘g‘inlarga bo‘lish, shuningdek, o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra, muayyan bo‘g‘inli so‘z tanlash mashqlari har kuni o‘tkaziladi. So‘zni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri va tez bo‘lish ko‘nikmasini hosil qilish 1- sinfda o‘tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi.
O‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko‘nikmaga tayanadilar. O‘zbek grafikasida bo‘g‘in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O‘quvchi so‘zni to‘g‘ri yozish uchun uni avval bo‘g‘inlarga bo‘ladi. Bo‘g‘inlardagi tovushlarning o‘zaro bir- biriga ta'sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O‘quvchi shunday muhokama yuritadi: «Bayroq» so‘zida ikki bo‘g‘in bor. Birinchi bo‘g‘inga bay; be, a, ye harflarini, ikkinchi bo‘g‘inga roq: yer, o, qe harflarini yozaman.
O‘quvchi so‘zni bo‘g‘nlarga bo‘lish, bo‘g‘indagi har bir tovushning o‘rnini, tartibini aniq ko‘z oldiga keltirib, bo‘g‘inlab aytish ko‘nikmasiga ega bo‘lsa, so‘zdagi harflarni tushirib qoldirmay, o‘rnini almashtirmay yoza oladi. Shuning uchun bo‘g‘in ustida ishlashga so‘zni bo‘g‘inlab ko‘chirib yozish, bo‘g‘inlab diktovka bilan yozish (bo‘g‘inlab izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim. Ikkinchidan, so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko‘nikmasi o‘quvchilar uchun so‘zning oldingi qatorga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab to‘g‘ri ko‘chirish uchun zarur. O‘quvchilar «So‘zlar bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi» va «Bir harfdan iborat bo‘g‘inni oldingi yo‘lda qoldirib yoki keyingi yo‘lga ko‘chirib bo‘lmaydi» degan asosiy bo‘g‘in ko‘chirish qoidalarini 1- sinfda o‘rganadilar. Oddiy tuyulgan birinchi qoida ham so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga mos keladigan maktab, Ra'no, singil kabi so‘zlar misolida juda ko‘p mashqlar bilan mustahkamlashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko‘ngil, tongi kabi so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lishda qiynaladilar, chunki bu so‘zlarda bitta jarangli undosh tovush ng harf birikmasi bilan ifodalanadi. Bu so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lishda bu ikki harf sing-lim, ko‘ng-lim, tong-gi so‘zlaridagi kabi oldingi bo‘g‘inda qolishi, yoki si-ngil, ko‘-ngil, to-ngi so‘zlaridagi kabi keyingi bo‘g‘inga ko‘chirilishi kerak. (Bir tovushni ifodalagan harfni ikkiga bo‘lib bo‘lmaydi.) Keyingi qoida esa aka, ota, osha, mudofaa, mutolaa kabi so‘zlar misolida yanada kuprok mashq bilan o‘rgatish va mustahkamlashni talab etadi. Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi murakkabroq so‘zlar misolida mustahkamlab boriladi.
Orfografiya o‘qitishda o‘quvchilarning savodxonlik darajasini o‘rganish, ularning orfogafik va punktasion xatolarini tuzatish, ularni hisobga olish va baholash, xatolarni tugatish usullari alohida o‘rin tutadi.
Maktabda o‘tkaziladigan barcha turdagi yozma ishlar o‘quvchilarning savodxonligini aniqlash vositasi hamdir. Binobarin o‘quvchilarning savodxonligini aniqlashda yozma ishlarning hamma turlaridan foydalanish mumkin.
O‘quvchilarning orfografik malakasi haqida tasavvur ta'sir qilish uchun ko‘proq kontrol diktant hamda insho va bayonlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Xatolarni tuzatish. O‘qituvchi o‘quvchiiarning yozgan ishini tekshirib, xatolarini tuzatib bormasa, o‘quvchi keyingi mashqlarni bajarishga qiziqmaydi, bajarsa ham, xatolarga beparvo qaraydi. O‘quvchi o‘zining har qanday yozma ishi o‘qituvchining e'tiborida bo‘lishini sezib turishi kerak. Bu o‘quvchiga ilmiy oziq beradi. Xatolarni tuzatishga o‘quvchilarning o‘zini ham jalb qilish mumkin. Lekin bu yozma ishning harakteriga bog‘liq. Sinfda bajariladigan mashqlar ko‘pincha sinfning o‘zida o‘qituvchi rahbarligida tekshiriladi. Bunda o‘quvchi o‘z yozganlarini tekshiradi, xatolarini tuzatadi, yoki partada o‘tirgan ikki o‘quvchi daftarlarini almashtirib, bir-birlarining yozganlarini kuchlari yetganicha tekshiradilar. Bunda o‘quvchilarning savodxonlik darajasi inobatga olinadi.
Kontrol harakterdagi ishlar o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi.
Uyda bajariladigan mashqlar ham tekshirilishi mumkin. Bu quyidagicha bo‘ladi:
A) parta ustiga qo‘yilgan daftarni tekshirib chiqish;
B) biror o‘quvchini doskaga chiqarib, unga yozganini o‘qitib izohlatish;
V) har bir gapni navbat bilan o‘qitish, yozilishini so‘zlatish.
Ko‘chirib yozilgan mashqlar, grammatik-orfografik tahlillar mana shu usul bilan tekshirilishi mumkin. Lekin bu o‘quvchilar daftarini to‘liq tekshirish imkonini bermaydi, shuning uchun daftarlar har ikki uch soat dars o‘tilganidan so‘ng yig‘ishtirib olinib, darsdan so‘ng yoki uyga olib ketib tekshirib chiqilishi kerak.
Xatolarni qanday tuzatish kerak?
Xato tuzatish ham ijobiy harakterdagi ishlar jumlasiga kiradi.
Maktabda xatolarni tuzatishning xato yozilgan harflar ustidan qizil siyoh bilan chizib, tepasiga to‘g‘risini yozib qo‘yish usuli keng tarqalgan. Lekin bu usulni hamma vaqt ham samarador deb bo‘lmaydi. Agar o‘quvchi o‘zbekcha so‘zlarda (tala-dala) yoki faol lug‘atda o‘tib ketgan ruscha, forscha va arabcha so‘zlarda (maktab-maktap), (g‘isht-g‘ish), (ruchka-ro‘chka), (stol-istol) xato qilsa va bu xatolarni tez payqab olish uquviga ega bo‘lsa, harfni o‘chirib, to‘g‘risini ustiga yozib qo‘yish usulidan foydalanish mumkin.
Imlosi qiyin so‘zlarda (vzvod-vzvot; muzaffar-muzafar kabi) xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa va psixologik tomondan ana shu so‘zlarning fotokopiyasini o‘quvchi o‘z ongida aks ettirish kerakligi e'tiborga olinsa, xato yozilgan so‘zni qizil rang bilan o‘chirib, ustiga to‘g‘ri shakli yoziladi.
Xato grammatik formada bo‘lsa, harf emas, forma o‘chiriladi yoki uning ostiga chiziladi: qurildi-quruldi, kulib-kulub. Chunki o‘quvchi qaysi formada xato qilganini o‘zi aniqlashi kerak. Ba'zi uslubchilar xatolarni o‘qituvchi tuzatsa, o‘quvchilar mustaqil ishlardan xoli qilib qo‘yiladi deb, bu usulni qoralaydilar. Bu fikr to‘g‘ri deb bo‘lmaydi, chunki tuzatishning bu usuli ham o‘quvchilarni mustaqil ishlashga undaydi: o‘quvchi maktab degan so‘zda b o‘rniga p yozgan bo‘lsa, o‘qituvchi uni tuzatib, o‘quvchida shu qoidaga mos keladigan bir qancha so‘zlar (kitob, bob, to‘lib, o‘qib, ayab, boylab) topishni vazifa qilib beradi. Lekin xato tuzatishning bu usulini yagona usul deb ham bo‘lmaydi. Ayrim xollarda xato tuzatishning ko‘proq mustaqil ishlashini talab qiladigan usullaridan ham foydalanish mumkin. Xatoni to‘g‘irlamasdan chizib qo‘yish, xato yozilgan harfning yoki shu harfni o‘z ichiga bo‘g‘in yoki so‘zning tagiga chizib qo‘yish, qaysi qatorda xato qilingan bo‘lsa, o‘sha qator hoshiyasiga belgi qo‘yish ham xato tuzatish usullaridir. Lekin xato tuzatishda bu usullar aralash qo‘llanmasligi kerak. Bunda o‘quvchilarning yosh xususiyati, qoidaning sodda yoki murakkabligi, o‘quvchilarga o‘zlashish, ularni mustaqil ishlashga yo‘llash darajasi hisobga olinishi kerak.
Orfografik xatoning oldini olish. Orfografiya o‘qitish tizimi butunicha imlo xatolarining oldini olishga qaratilgan.
Yozilishi qoida bilan izohlanadigan orfogrammalarda bo‘ladigan xatolarning oldini olish uchun bunday so‘zlarni doskaga yozib, ularning yozilishiga o‘quvchilarning diqqatini jalb qilinadi: Masalan, b tovushining yozilishida xato bo‘lmasligi uchun, o‘qituvchi b va p tovushli bir qancha so‘zlarni doskaga yozib, ularning imlosini esda saqlab qolish kerakligini ogohlantiradi.
Xatolarning oldini olishda turli ko‘rgazma va jadvallardan ham foydalaniladi. Ko‘rgazmalar mavzuga doir yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Mavzuga doir ko‘rgazmani ma'lum qoida, masalan b undoshi, jarangli-jarangsiz tovushlar, x va h undoshlari bo‘yicha tayyorlab, sinf devorida osib qo‘yiladi. Ko‘rgazma umumiy bo‘lganda, unga o‘quvchilar ko‘p xato qiladigan va har xil qoidaga xos so‘zlar kiritiladi.

Download 173 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 173 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alifbe davrida o‘quvchilarni yozishga o‘rgatish yo‘llari

Download 173 Kb.