|
IA-32 protssesorining tashkil qiluvchi resurslar
|
bet | 15/22 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,28 Mb. | | #140195 |
Bog'liq Mundarija kirish 2 3.2. IA-32 protssesorining tashkil qiluvchi resurslar.
Xar qanday bajarilayotgan dastur o’zining ixtiyoriga protsessorning ma’lum bir resurslarini oladi. Ushbu resurslar dasturning buyruqlari va ma’lumotlarini qayta ishlash va saqlash uchun hamda dasturning va protsessorning joriy olati xaqidagi ma’lumotlarni saqlash uchun kerak bo’ladi. Intel protsessorlarining IA-32 arxitekturasidagi protsessorining dasturiy modelini quyidagi resurslar tashkil qiladi.
Adreslanadigan xotira sohasi 232-I baytga qadar (4 Gbayt), Pentium III/IV lar uchun —236-I baytga qadar (64 Gbayt);
Umumiy foydalanuvchi ma’lumotlarni saqlash uchun registrlar to’plami;
Segment registrlar to’plami;
Xolat va boshqarish registrlari to’plami;
Suzuvchi nuqtali xisoblashlar qurilmasining registrlar to’plami. (poprotsessor uchun);
MMX kengaytmali butun sonli registrlar to’plami, ular soprotsessorning registrlarida namoyon bo’lgan ( Birinchi marta Pentium MMX protsessorlarining arxitekturasida namoyon bo’lgan);
Suzuvchi nuqtali MMX kengaytmali registlar to’plami (Birinchi marta Pentium III protsessorining arxitekturasida paydo bo’lgan);
Dasturiy stek — maxsus informatsion struktura bo’lib u bilan ishlash mashina buyruqlari darajasida bo’ladi
Bular asosiy resurslar. Bundan tashqari IA-32, arxitekturasida ishlatiladigan resurslarga kiritish chiqarish portlarini, samaradorlik monitoringi xisoblagichlarini (schetchiklarni) kiritish mumkin.
Nisbatan oldingi protsessor modellarida (i486, Pentium ning birinchi modellarida) tezkor xotiraning adreslanadigan sohasi kichikroq o’lchami bilan farq qiladi. (232-i, chunki ularning adres shinalari razryadliligi 32 bitni tashkil qiladi) va ba’zi bir registrlar guruhining mavjud emasligi bilan farq qiladi. Har bir guruh registrlari uchun qavs ichida Intel dasturiy modellarining qaysinisidan boshlab ushbu guruh registrlari paydo bo’lganligi ko’rsatilgan.
Agar bunday belgi mavjud bo’lmasa, Bu guruh registrlari ularning i386 va i486 protsessorlaridan boshlab mavjud bo’lganligini ko’rsatadi.
|
| |