III BOB. INTEL MIKROPROTSSESORINING ARXITEKTURASI




Download 2,28 Mb.
bet12/22
Sana18.01.2024
Hajmi2,28 Mb.
#140195
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Mundarija kirish 2

III BOB. INTEL MIKROPROTSSESORINING ARXITEKTURASI.


Intel korporatsiyasiga 1968 yilda asos solingan. Birinchi I4004 protsessori korporatsiya tomonidan 1969 yilda ishlab chiqarilgan. U to’rt razryadli parallel xisoblash qurilmasi bo’lib 2300 ta tranzistorlardan iborat edi. Uning imkoniyatlari to’rt arifmetik amallar bilan chegaralangan edi. Avvaliga I4004 cho’ntak kalkulyatorlarida ishlatildi. Keyinchalik uning ishlatilish sohalari turli xil boshqarish tizimlari xisobiga kengaytiridi, jumladan boshqaruvchi svetoforlar tizimi.
1972 yida 8 razryadli I8008 protsessori ishlab chiqaridi. Uning adres-lanadigan tashqi tezkor xotirasi 16 kilobayt edi. Ushbu protsessorning kutilmagan muvafaqqiyatlari Intel loyixachilarini keyingi izlanishlarga undadi.

3.1-rasm
I8080 protsessori
1974 yida I8080 mikroprotsessori ishlab chiqaridi. Bu protsessor o’sha davr uchun rekord xisoblangan million ekzemplyarda tayyorlandi. Xozirgi zamon Intel ga mos keluvchi mikroprotsessorlar tarixini aynan shu modedan boshlangan deb xisoblanadi. Ushbu MP 8 razryadliligidan tashqari 64 kilobaytli operativ xotirani adreslay olar edi. Keyingi revolyutsion jarayon Intel I8086 dan boshlanadi. Bu MP 1978 yida ishlab chiqaridi. Uning asosiy xarakteristikalari: 16 razryadli registrlar-ning mavjudligi, ma’lumotlarning 16 razryadli shinalari. Bundan tashqari xotirani segmentli tashkil qilish bilan birgalikda 20 razryadli shinali adreslash 1 Megabaytli xotirani adreslash imkonini berdi. Bunda doimo bir vaqtning o’zida 256 kilobayt adres sohasini ishlatish mumkin bo’lgan. Bozorda yanada mustaxkamlanib olish uchun Intel firmasi uning arzonlashtirilgan varianti I8088 MP ni taqdim qidi. Bu MP 16 razryadli I8086 MP ning ichki arxitekturasiga ega bo’lib, ma’lumotlarning 8 razryadli shinalari bilan ishlar edi. Shuning uchun uning tezligi biroz sekinroq edi. Bunda arzonlashtirish MP ni arzonlashtirish xisobiga emas balki uning asosida tayyorlangan kompyuterni arzonlashtirish xisobiga erishildi. Bundan ashqari I8088 ning paydo bo`lishi va keng tarqalishiga sabab shuki, uning 8 razryadli ko’plab tashqi qurilmalari mavjudligidadir. I8088 ning 8 razryadli shinalari bu qurilma-larni ulash jaryonini ancha engillashtirdi. SHuni ta’kidlash kerakki, I8086, I8088 protsessori bilan ishlay oladigan tashqi qurilmalardan bittasi bu matematik soprotsessor I8087 edi. Bu soprotsessor ona plataning maxsus “raz’yom” (teshikcha-uyacha)ga ulanar edi. Buning natijasida hozirgi zamon Pentium protsessorlarida o’sha davr protsessorlari uchun yozilgan barcha matematik dasturlarni (kerakli operatsion tizim mavjud bo’lganda) xech qiyinchiliksiz ishlatish imkonini beradi. Ya’ni IEEE-754 standartga asosan suzuvchi vergulli sonlar bilan ishlaydigan operatsiyalardan samarali foydalanish imkoniyati paydo bo’di.

Download 2,28 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Download 2,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III BOB. INTEL MIKROPROTSSESORINING ARXITEKTURASI

Download 2,28 Mb.