|
Mundarija Kirish. Asosiy qisim. Windows operatsion tizimi haqida umumiy ma’lumot
|
bet | 3/3 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 11,96 Kb. | | #260652 |
Bog'liq Windows operatsion tizimi haqida umumiy ma’lumot. Windows operat-www.hozir.orgWindows 1.0
Windows-ning birinchi versiyasi MS-DOS uchun grafik qo'shimchalar edi. Bu buyruq satridan foydalanishni osonlashtirish uchun ishlab chiqilgan va ko'plab foydalanuvchilar dastlab bunday o'zgarishlarni tushuna olmadilar.
Windows tarixi 1985 yil noyabrda boshlanganligi odatda qabul qilinadi. O'sha paytda dunyo 1.0 indeksli birinchi versiyasini ko'rdi. U DOS-da mavjud imkoniyatlarni kengaytirishga yordam beradigan turli xil dasturlarning kichik to'plamiga ega edi. Bundan tashqari, yaratuvchilar tomonidan o'ylab topilganidek, foydalanuvchilarning ishini soddalashtirish kerak edi. Ushbu tizimga asosiy ilovalar kiritilgan: kalkulyator, bloknot, Paint grafik muharriri, Write matn muharriri, soat, o‘yinlar va b. Tizim bir necha vazifani bir vaqtning o‘zida bajarish imkonini berar edi, biroq ular ekranda bir-birini to‘sib qo‘ygan holatda joylashar edi. OS apparat ta'minotida yuqori talablar va o‘sha vaqtda keng tarqalmagan sichqonlarni sotib olish zarurati tufayli mashhurlikka erishmadi.
WINDOWS 2
1987 yil 9 dekabrda Windows 2 OT taqdim etildi (natijada uning takomillashgan ko‘rinishlari chiqarila boshlandi). U mukammallashtirilgan interfeys, shuningdek dastur oynalarining yig‘ilishi imkoniyati bilan ajralib turar edi. Ilk narxi 100 AQSh dollarini tashkil qilgan, 1 million nusxa sotilgan.
WINDOWS 3
1990 yilning 22 mayida Windows 3 chiqarildi. Uning avvalgilaridan farqi, u 256 xil rangdagi dasturlar (avvalgilarida 16 ta rang) ni ishga tushirish imkoniga ega edi, bir qator qo‘shimcha yangiliklar ham kiritilgan. 1992 yilda tarmoq ilovalari (Internetga ulana oladigan TCP/IP ham shular jumlasidandir) va rus tilini ishga tushira oladigan Windows 3.1 talqini paydo bo‘ldi. OTning dastlabki narxi 149,45 AQSh dollarini tashkil qilgan. Windows 3.x Microsoft’ning tijorat jihatdan muvaffaqiyatga ega bo‘lgan ilk talqini edi, uning 25 million nusxasi sotildi.
Universal grafika – Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta'minotiga bog`liqsizligini ta'minlaydi.
Yagona interfeys – Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya'ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta'minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOS ning barcha amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta'minlaydi.
Ko`p masalaliligi – Windows bir paytning o`zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o`tishni ta'minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham to`liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o`zi ta'minlaydi
Ma'lumotlar almashinuvi – Windows dasturlararo ma'lumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma'lumot almashish buferi), yoki DDE (Dinamic Data Exchange - ma'lumotlarning dinamik almashinuvi, ya'ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), OLE (Object-Linking Emboding - dastur ilovalarida ma'lumotlardan tahrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi. Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o`rgatishga talablar kamaydi va tajribali foydalanuvchilar tizimning yangi imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o`zi o`rganishi mumkin. Buning uchun «Pusk»-ishga tushirish knopkasidan, masalalar panelidan, Provodnik (Windows bo`ylab Boshlovchi), dasturlar ustasi, ma'lumot berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Kompyuter tarmoqlarini ishchi holatida saqlab turish, o`rnatish, sozlash WINDOWS ning ichki imkoniyatlarida mavjud bo`lib, u bunday ishlarni tez bajaradi. Windowsda 32 razryadli NetBEUI, IPXPX yoki TPCIP protokollari va NDIS yoki ODI drayverlari o`rnatilgan NetWare yoki Microsoft kompyuter tarmoqlarini qo`llaydigan ichki imkoniyatlar mavjud.
Kompyuter ( ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Plug and Play (ula va ishla) texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarga yangi qurilmalarni ishlatishdek murakkab jarayonlarni o`rnatadi va sozlaydi. Buning uchun kompyuterda ishlatiladigan qurilma Plug and Play talabiga javob beradigan qurilma bo`lishi talab qilinadi xolos.
Windows turli kompyuter tarmoqlari uchun juda qulay dastur vositasi bo`lib, o`zida taqsimlangan kompyuter tarmoqlari , electron pochta, ko`chma kompyuterlar (inglizcha Notebook), multimedia vositalarini qo`llashi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Hujjatlarni tahrirlovchi Word muharriri ham Windows tarkibiga kiritilgan. Bundan tashqari, Windows ilgari MS DOS, Windows tizimlari yordamida ishlatiladigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlaydi.Windows uzoq masofada joylashgan kompyuter tarmoqlari bilan ishlashni soddalashtiradi
Windowsdan foydalanish uchun quyidagi qurilmalar bo`lishi talab qilinadi:
- Kamida 486 DX protsessorli kompyuter;
- 8 Mb dan kam bo`lmagan tezkor xotira (16 Mb bo`lsa yaxshi);
- 70-90 Mb bo`sh joyli qattiq disk (WINDOWS ning o`zi 6-10 Mbayt joyni egallaydi) va disketani o`qish uchun qurilma (yaxshisi CD ROM);
- Monitor (yaxshisi SVGA);
- Printer;
- Sichqoncha.
http://hozir.org
|
| |