ASOSIY QISM Avtomatik rostlash tizimi




Download 296,24 Kb.
bet2/4
Sana20.05.2024
Hajmi296,24 Kb.
#245213
1   2   3   4
Bog'liq
2MALIKA W

ASOSIY QISM
Avtomatik rostlash tizimi
Avtomatik rostlash tizimi (ART) ning sifatli ishlashi tizim elementlarining to ‘g‘ri tanlanishi va rostlanishiga bogliq. Buning uchun, rostlanuvchi obyekt va ART lar barcha elementlarining tavsifini bilish kerak.
Rostlanuvchi obyektlar xilma-xildir. Ular bir-birlaridan hajmi, sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy jarayonlari, apparatlarining shakllanishi va yana bir qancha omillari bilan farq qiladi. Ammo ART larni tahlil qilishda, obyektlar va ART elementlari turlicha bo‘lishiga qaramay, ularning bir xil yoki bir-biriga o‘xshash bo‘lgan xususiyatlarini aniqlash hamda obyektlarni shu xususiyatlar bo‘yicha namunali obyektlarga tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Namunali rostlash obyektlarining xossalarini bilish muayyan sanoat obyektlarini tahlil qilish vazifasini osonlashtiradi. Bu vazifa tekshirilayotgan obyekt turini aniqlashdan iborat bolib, obyekt xususiyatlari tegishli namunali obyekt xususiyatlariga o‘xshash deb qabul qilinadi.
Rostlash obyekti va ART elem entlari xususiyatlarini tavsiflashda matematik modellash usuli qo‘llaniladi. Matematik modellash — modellami qurish va o‘rganish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Bunda, o‘rganilayotgan obyekt o‘rniga model deb ataluvchi moddiy obyekt olinadi. 0‘rganilayotgan obyektga o‘xshash modelning jarayonlari boshqa fizik hodisaga mos, lekin bir xil tenglamalar bilan tavsiflanadi.
Matematik modellar hisoblash mashinalari yoki to ‘g‘ri analogli qurilmasi orqali amalga oshiriladi. Hisoblash mashinalarida o ‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonning matematik tavsifmi bir qator elementar matematik amallar bajarib tiklanadi. Bu amallar bir nechta elementlarni bir vaqtda yechish yoki bitta elementni ko‘p marta yechish bilan bajariladi. To‘g‘ri analogli modellar, hisoblash mashinasidan farqli ravishda, alohida elementlarga bo‘linmaydi. Ular boshlang‘ich nisbatlarni qurilmada o‘tayotgan hodisa xususiyatlariga ko‘ra tiklaydi. Bunda doimo model va haqiqiy jarayon parametrlari o‘rtasidagi bir ma’noli moslashuvni (tanlangan analogiya tizimiga ko‘ra) ko‘rsatish mumkin.
0‘rganilayotgan obyektning kirishi va boshqaruvchi parametrlari o‘rtasidagi nisbatni aniqlovchi tenglamalar tizimi matematik tavsif deyiladi. Obyektning matematik modelini qurish va uni o‘rganish bir qator o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bosqichlarni bajarish demakdir.
Modellashtirish vazifasini aniqlash:
• obyektni o‘rganish va tavsifning shakllanishi;
• matematik tavsifni tuzish;
• modellovchi algoritmni ishlab chiqish;
• olingan model va haqiqiy jarayonning mosligini aniqlash;
• modellash (obyektning matematik modelini tadqiq qilish);
• olingan ma’lumotni tahlil qilish.
Modellash vazifasini aniqlash bosqichi barcha bosqichlar ichida eng muhimi hisoblanadi, chunki matematik modellashning aniq va ravshan ifodalanishidan masalaning yechilish yo‘llari kelib chiqadi. Modellashning maqsadi turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning negizi uskunalarni optimal loyihalash, loyihalashning o ‘zini avtomatlashtirish va obyektni optimal boshqarishdan iborat. Qo‘yilgan bu maqsad matematik tavsifning uslubini tanlashga ham bog‘liq.
Obyektni o‘rganish va tavsifning shakllanishi bosqichida masalaning negizida hodisalar mexanizmi bo‘ysunadigan funksional qonunlar aniqlanadi. Bu bosqichga kirish va chiqish o‘zgaruvchilari; g‘alayon va boshqaruvchi ta ’sirlar belgilanadi, kirish va chiqish o‘zgaruvchilari o'rtasidagi bog‘lanish aniqlanadi, dastlabki tajribalar o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar asosida jarayonning strukturaviy sxemasi tuziladi.
Matematik tavsifni tuzish. Yechilayotgan masalaga muvofiq tanlangan fizik model asosida matematik tenglamalar tizimi yoziladi. Bu bosqichda, agar imkon bo‘lsa, tenglamaning ahamiyatsiz a’zolari olib tashlanib, tenglamalar soddalashtiriladi. Bunda tenglamadan olib tashlanayotgan a’zo masalani yechishda haqiqatan ahamiyatsiz ekanligiga ishonch hosil qilish kerak.
Modellovchi algoritmni ishlab chiqish masalasi matematik tavsifning tenglamalar tizimini yechish usulini topishdan iborat. Model qanday mshinada, ya’ni raqamli (RHM), analog (AHM) yoki kombinatsiyalashgan (ARHT) mashinada amalga oshirilishiga ko‘ra, algoritmni ishlab chiqish usuli tanlanadi. Konkret hisoblash mashinasining turini tanlash yechilayotgan tenglama turi va hisoblash hajmiga bogliq.
Model va haqiqiy jarayonning mosligini aniqlash bosqichida jarayonni xarakterlovchi kattaliklar solishtiriladi. Aniqlik yetarli darajada bo‘lmasa, matematik modelga tuzatish kiritish kerak. Modellashtirish bosqichida jarayonining matematik modeli tadqiq qilinadi, olingan ma’lumotlar tahlil qilinadi va natijada aniq amaliy natijalar ishlab chiqiladi.


Download 296,24 Kb.
1   2   3   4




Download 296,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ASOSIY QISM Avtomatik rostlash tizimi

Download 296,24 Kb.