II-BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI USLUBIY BOSHQARUVIDA USLUBCHI FAOLIYATINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI




Download 41,84 Kb.
bet4/9
Sana29.01.2024
Hajmi41,84 Kb.
#148078
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Alimov Bahtiyor MT kurs ishi

II-BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI USLUBIY BOSHQARUVIDA USLUBCHI FAOLIYATINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
2.1.Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi bilimiga qo`yilagan talablar.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan qabul qilingan ustaviga binoan uslubchining ish jarayonida huquq va vazifalari aniqlab belgilab beriladi, ya’ni u metodik jihatdan kuchli ma’naviy, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biluvchi pedagoglardan tayinlanadi. Shuningdek, uslubchi quyidagilarni bilishi lozim:
- maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiyaviy ishga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
- «Ilk qadam» dasturining bajarilishini ta’minlaydi va kontrol qiladi, ta’lim-tarbiyaviy ishning to‘g‘ri uyushtirilishi uchun javobgar;
- ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, Pedagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;
- maktabgacha ta’lim tashkilotidagi metodik kabinetning ishini tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yinchoqlarni tanlaydi;
- ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ibot qilish, turli guruh tarbiyachilari, shuningdek, Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab ishida uzviylikni ta’minlash bo‘yicha ishni uyushtiradi.
O‘z hamkasblarining hurmatini qozonishi va ularga o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun uslubchi qanday rahbarlik sifatlariga ega bo‘lishi lozim.
Uslubchi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmasiga ham ega bulishi zarur.
Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: g‘oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi.
Uslubchi talablarni qo‘yishda talabchan va qatiy bo‘lishi kerak. Rahbarning o‘ziga buysinuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy tomonini ifodolovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislatini, talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixoxlik, odamlarga hurmat bilan birga olib borish zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo‘llik degan gap emas. Buyruqldar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisining ta’lim-tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi uning obrusi ko‘p jihatdan pedagoglar jamoaning jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha muassasa rahbar yadrosida birlik va o‘zaro tushunishning mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta’minlash; jamoada jamoa fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag‘batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta’minlash kabi ijtimoiy-psixologik masalalarini hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik qiladi.
Har bir yosh mutaxassis ishini endi boshlayotgan yosh tarbiyachi maslaxatlar olib turishi uchun unga tajribaliroq murabbiy va obruliroq tarbiyachini biriktirish lozim.
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo‘lmaydi. Mana shuning uchun ham yosh pedagog ishining ilg‘or metodlari va usullarini egallashga, o‘z bilimlarini doimo to‘ldirib borishga, erishilganlar bilan cheklanmay, tarbiya turlarini egallash ishtiyokini singdirishga yo‘llash uslubchining vazifasi hisoblanadi.
a) maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi o‘quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodi rahbarlik qilish;
b) barcha yosh guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
v) tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo‘naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko‘rsatish:
g) maktabgacha ta’lim tashkilotida metodik kabinet ishini tashkil qilish, bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha yo‘riqnoma-metodik materiallarni umumlashtirish;
d) ilgor tajribalarni o‘rganib, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qilish, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish maksadida maslahatlar o‘tkazish;
e) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengashning muhokamasiga kiritish, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning maqsadida ishtirokini ta’minlash;
j)maktabgacha ta’lim tashkilotida qabul qilingan buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish:
z) ota-onalar orasida pedagogik bilimlariing tashviqoti bo‘yicha hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida turli yosh guruhlar bo‘yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta’minlash;
i) ta’lim tashkiloti faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
y) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo‘yilga-sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish.

Download 41,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 41,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI USLUBIY BOSHQARUVIDA USLUBCHI FAOLIYATINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Download 41,84 Kb.