• Ikkinchi nazariya
  • Mundarija: kirish bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi va uni pedagogik jarayonlarni tashkil etishdagi o`rni




    Download 41,84 Kb.
    bet7/9
    Sana29.01.2024
    Hajmi41,84 Kb.
    #148078
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Alimov Bahtiyor MT kurs ishi

    Birinchisi – “liderlik sifatlari nazariyasi”dir yoki xarizmatik nazariya. Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bo‘la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig‘indisi tug‘ma mavjud bo‘lib, bu sifatlar majmui uning guruhda lider bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan 1940 yilda amerikalik K.Berd 79 sifatdan iborat bo‘lgan liderlik qirralari ro‘yxatini tuzdi. Bu ro‘yxatda, jumladan, tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o‘ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul qila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo‘ladi-yu, qanday shakllanishi tushuntirib bera olmadi, ikkinchidan, so‘roqlar mobaynida birorta sifat ham mutlaq ko‘p marta qayd etilmadi. Tadqiqot nihoyasida o‘sha boshida taklif etilgan sifatlarning atigi 5% igina aksariyat respondentlar javobida qayd etildi. Bu liderlik modelini yaratish oson emasligi to‘g‘risida xulosaga kelishni taqozo etdi.
    Ikkinchi nazariya – liderlikning vaziyatga bog‘liqligi nazariyasidir. Bu yerdagi asosiy g‘oya – lider vaziyatning mahsuli degan g‘oyadir. Har bir ohamda liderlik sifatlari bor, lekin ba’zi vaziyatlar ayrim shaxslarning o‘zlarini ko‘rsatishlari, lider bo‘lishlari uchun qulay muhit bo‘lib xizmat qiladi.
    Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo‘lgan uchinchi nazariya – liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya lider guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli, deb hisoblaydi hamda uning ro‘yobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
    Oxirgi yillarda ko‘plab olimlar, jumladan, rossiyalik ijtimoiy psixologlar A.N.Leontevning faoliyat konsepsiyasiga tayangan holda, liderlikni faoliyat mahsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosabati va guruhda qabul qilingan me’yorlar hamda ijtimoiy kutilmalarga kim ko‘proq darajada javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin, deb hisoblashmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy kutilmalar nazariyasi hozirda ko‘pchilik tomonidan ma’qul yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, butun dunyoda ishlab chiqarish va uni boshqarish borasida modernizatsiya siyosatining tan olinishi, barcha davlatlarning o‘ziga xos demokratiya tamoyillari asosida jamiyatni, xususan, mehnat jamoalarini boshqarish siyosatiga o‘tishi munosabati bilan boshqaruv masalalariga ham munosabat o‘zgardi. Jumladan, mustaqil O‘zbekistonda ham erkin fuqarolik jamiyati qurish tamoyillarining yangidan belgilanganligi, Prezidentimiz tomonidan barcha jabhalarda, xususan, ijtimoiy sohalarda insonparvarlik siyosatining keng singdirilishi munosabati bilan rahbar va lider shaxslarga nisbatan ijtimoiy fikrda ham muayyan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bugun O‘zbekiston sharoitida bunyodkorlik sifatlariga ega bo‘lgan, o‘z oilasi, mahallasi, shaxsan o‘zi va jamiyat mafnaatini o‘ylab mehnat qilayotgan fuqaro jamiyat tomonidan ijtimoiy himoyada bo‘lib, uning faoliyatini muvofiqlashtirish, unga yetarli darajada ish sharoitlarini yaratishga mas’ul bo‘lgan rahbar, eng avvalo, unga g‘amxo‘r bir inson sifatida qarashi, mehnatdan manfaatdorlik psixologiyasini uning ongiga singdira bilishi lozim.


    XULOSA
    Xulosa qilib shuni ta’kidlash zarurki, davlatimiz mustakillikka erishgandan so‘ng barcha soxalarda tub isloxotlarni olib bordi. Xususan ta’lim soxasida tub isloxotlar amalga oshirildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi va ta’lim sohasidagi boshqa qonunlar buning yaqqol dalilidir. Bulardan kuzlangan maqsad yoki davlatimizga kerakli bo`lgan yetuk, har tomonlama kamol topgan barkamol shaxsni tarbiyalash va ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga imkoniyatlar yaratib berishdan iborat qilib qo‘yilgan. Albatta bu hayrli ishlarni ta’lim-tarbiyani birinchi bugini bo‘lgan oila, maktabgacha ta’lim muassasasidan olib borish maqsadga muvofiqdir deb ko‘rsatib o‘tilgan. SHunday ekan, biz birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berishimiz, ularni etuk malakali mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir. Tarbiyalanayotgan bolalarni har tomonlama bilimli odob-axloqli qilib tarbiyalash bizning oliy maqsadimizdi.
    Uslubchi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmasiga ham ega bulishi zarur.
    Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: g‘oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi.
    Uslubchi talablarni qo‘yishda talabchan va qatiy bo‘lishi kerak. Rahbarning o‘ziga buysinuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy tomonini ifodolovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislatini, talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixoxlik, odamlarga hurmat bilan birga olib borish zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo‘llik degan gap emas. Buyruqldar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi.



    Download 41,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 41,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija: kirish bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi va uni pedagogik jarayonlarni tashkil etishdagi o`rni

    Download 41,84 Kb.