• Lazerli sovutish.
  • Mundarija: kirish I bob. Lazerlarning yaratilishiga olib kelgan fundamental effektlar




    Download 357,75 Kb.
    bet8/12
    Sana28.12.2023
    Hajmi357,75 Kb.
    #128753
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    lazer

    Mikrochipli lazerlar. Ixcham integrallangan qattiq jismli lazerlar yuqori darajali yorqinlikdagi lazerli ko`rsatkichlarda keng miqyosda foydalaniladi. Bo`yoqlar asosidagi lazerlar. Etil spirit yoki etilenglikol dan foydalanib yaratilgan. Qo`yilgan topshiriqqa ko`ra bu favqulodda qisqa spektrli uzluksiz nurlanish ham, ultra qisqa impulslar ham bo`lishi mumkin. Bu impulslarda to`plangan yuqori energiya izlanayotgan na’munada dog’ shaklida yig’ilishi mumkin. To`lqinning o`lchamlaridan kelib chiqqan holda chiziqli bo`lmagan optik effektlarni beradi. Lazer nurlari qutblanishini boshqarish esa o`rganilayotgan jarayonlarni kogerent nazorat qilishga imkon beradi. Oyga uchish vaqtida uchuvchili va uchuvchisiz apparatlar tomonidan oy yuzasiga burchakli akslantirgichlar o`rnatilgan. Yerdan teleskop yordamida maxsus jamlangan nurni oyga yuborishdi va oyga borib qaytish vaqtini o`lchashdi. Yorug’lik tezligiga asoslangan holda oygacha bo`lgan masofa aniq o`lchandi. Bugungi kunda oy orbitasi o`lchamlari bir necha santimetrgacha aniqlikda o`lchangan. Lazerlarning ba’zi turlari piko va femto sekundlarda o`lchanadigan qisqa yorug’lik nurlari chiqarishi mumkin. Bunday impulslardan kimyoviy reaksiyalar o`tkazuvchanlik va ularni taxlil qilishda foydalanish mumkin. Yuqori darajali impulslardan kimyoviy reaksiyalarni vaqt bo`yicha nazorat qilishga imkon beradi. Bu qisqa yashovchi birikmalrni aniqlashda qo`l keladi. Impulsning qutblanishi manipulyatsiyasi kimyoviy reaksiya yo`nalishini bir qancha variantlardan eng maqbulini tanlab olishga imkon beradi. Bunday uslubdan biokimyoda oqsillarni o`rganishda foydalaniladi.
    Lazerli sovutish. Lazerli sovutish bo`yicha dastlabki tajribalar ion tuzoqlarida ionlar bilan o`tkazilgan. Ionlar tuzoq doirasida elektr maydon va magnit maydon yordamida ushlanib turdi. Bu ionlar lazer nurlari bilan yoritilib fotonlar bilan bog’liqligi tufayli har bir zarbdan so`ng energiyasini yo`qota bordi. Bu effect juda past temperaturaga erishish maqsadida qo`llaniladi. Keyinroq lazerlar takomillashuvi jarayonida bugungi kunda keng miqyosda qo`llanilayotgan nisbatan afzalroq bo`lgan qattiq jismlarni sovutishning antistoks usuli kabi yangi usullar topildi. Bu uslub atomlarning asosiy elektron vaziyatidan uyg’onishiga emas, balki bu vaziyatning tebranish darajasiga asoslanadi. Keyinroq atom nursizlangan shaklda uyg’ongan holatga o`tadi va qo`zg’algan elektron darajadan asosiy vaziyatga o`tayotganda foton chiqaradi (bu foton dastlabki fotonga nisbatan yuqori energiyaga ega bo`ladi). Atom fonon yutadi va holat yana takrorlanadi. Kristallarni azot va geliy harorati darajasigacha sovuta oladigan tizimlar allaqachon yaratilgan. Sovutishning bu uslubi fazoviy qurilmalarni yaratishda an’anaviy sovutish uslublarini qo’llab bo`lmaydi bu vaziyatda sovutishning yuqorida aytib o`tilgan uslubidan foydalanish mumkin.

    Download 357,75 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 357,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija: kirish I bob. Lazerlarning yaratilishiga olib kelgan fundamental effektlar

    Download 357,75 Kb.