Markaziy Osiyoda tinchlikni saqlashda O’zbekistonning o’rni




Download 185 Kb.
bet7/8
Sana10.12.2023
Hajmi185 Kb.
#114993
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mundarija kirish I bob XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi xalq (2)
2022, 1-Lekciya Kirisiw 2023, 1111..gd, include, Individual loyiha 1 (Sirtqi), Makroiqtisodiyot fanidan kurs ishi mavzu O’zbekiston Respublika-fayllar.org, sravnitelnyy-analiz-kontsepta-um-v-russkoy-i-arabskoy-paremiologicheskoy-kartine-mira
2.2. Markaziy Osiyoda tinchlikni saqlashda O’zbekistonning o’rni.
1997 – 2003 – yillarda ham O’zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yanada ortib bordi. 1997 – yil 9 – 10 – yanvar kunlari O’zbekiston, Qozog’iziston, Qirg’iziston davlat rahbarlari Bishkekda uchrashuv o’tkazdilar. Ushbu uchrashuvda Adabiy do’stlik haqida shartnoma imzolandi. Davlatlararo kengash va uning muassasalariga raislik qiluvchi Qozog’istonning vakolat muddatini tugagani bois unga Qirg’iziston vakillari raislik qilishga kelishildi.
1997 – yil jahon durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarning 2500 yilligi muborak sanalari Parij keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko’rgazmalar o’tkazildi. 1997 – yil 5 – fevral kuni Prezident I.A.Karimov AQSH davlat kotibini qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, jumladan, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi, ulkan siyosiy, iqtisodiy, harbiy texnik, intellektual salohiyatga ega bo’lgan jahonning yetakchi davlati AQSH bilan uzoq muddatli va keng ko’lamda munosabatlarni rivojlantirish O’zbekiston uchun tashqi siyosatning ustuvor strategik yo’nalishidir.
15 – 16 sentyabr kunlariToshkentda “O’rta Osiyo – Yadro qurolidan xoli zona” mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi, ushbu masala yuzasidan O’rta Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. O’rta Osiyoning yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi. Ushbu anjumanda O’zbekiston rahbari I. A. Karimov nutq so’zladi.
1998 yil 16 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Ukraina bosh vaziri Valeriy Pustoboytenkoni qabul qildi. I. A. Karimov O’zbekiston Ukraina munosabatlari jadal rivoj topayotgani, ikki mamlakat iqtisodiy integratsiaylashuvi sur’atining tobora yuksalayotgani hamda xalqlarimiz o’rtasida do’stlik rishtalari quvonarli darajada mustahkamlanayotganidan mamnun ekanligini bildirib, Ukraina bosh vazirining tashrifi bilan qutladi. Uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. Qabul marosimida Ukrainaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi V. Smetanin ham ishtirok etdi. 26 yanvar kuni – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovga G. Plexanov nomidan Rossiya Iqtisodiy Akademiyasining faxriy doktori diplomini topshrish marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda ushbu diplom I. A. Karimovga topshirildi.
18 – 20 fevral kunlari I. A. Karimov Ukrainaga amaliy tashrif buyurdi. I. A. Karimovni Ukraina Respublikasi boish vaziri Valeriy Pustoboytenko va boshqa rasmiy kishilar kutib oldi. 18 fevral kuni Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma I. A. Karimovga Ukrainaning mazkur oliy nishonini tantanali ravishda topshirdi. 19 fevral kuni I. A. Karimov va Leonid Kuchma O’zbekiston Respublikasi va Ukraina o’rtasidagi “Do’stlik va har tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, ikki mamalakat vazirlik va idoralari o’rtasida o’ndan ziyod hukumatlararo hujjat ham qabul qilindi. I. A. Karimov 20 – fevral kuni Ukraina Verxovna Radasi – mamlakat Parlamenti A. Moroz bilan uchrashdi va shu kuni tashrif yakunida etdi va I. A. Karimov Toshkentga qaytib keldi.
I. A. Karimov 24 aprel kuni Yaponiya tashqi savdo tashkiloti raisi Toru Tashimani qabul qildi. Mazkur tashrif Yaponiya hukumati va ishbilarmon doiralarining O’zbekistonga qiziqishi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. Suhbat chog’Ida o’zaro amaliy hamkorlik bilan bog’liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Qabul marosimida Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi K. Obati ham qatnashdi.
21 – 22 may kunlari Vashingtonda har yili o’tkaziladigan Amerika O’zbekiston savdo palatasining konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyaning asosiy maqsadi AQSh va O’zbekiston o’rtasidagi savdo – iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga Amerika sarmoyalarini kirib kelishini oshirishdan iboratdir. Anjumanda AQShning barcha mintaqalaridan 150 dan ortiq kompaniyalar vakillari ishtirok etdilar.
22 iyun kuni I. A. Karimov AQShning “Nyumont Gold” kompaniyasi raisi, prezidenti hamda bosh ijrochi direktori Ronald Kembri rahbarligidagi kompaniya delegatsiyasini qabul qildi. Suhbat chog’ida 1992 yili O’zbekiston AQSh qo’shma korxonasi o’rtasida tashkil topgan “Zarafshon - Nyumont” qo’shma korxonasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish “Nyumont - Gold” kompaniyasi tomonidan O’zbekistonga qo’shimcha sarmoya kiritish imkoniyatlari to’g’sida kelishib olindi.
1998 yil 6 noyabr kuni Toshkentdagi “Interkantenental”mehmonxonasining Amir Temur zalida YUNESKO Ijroiy Kengashi 155 – sessiyasining yakuniy yig’ilishi bo’lib o’tdi.
155 – sessiya 19 oktyabr kuni Parijda chilgan edi. Uning asosiy mavzusi “Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 50 yilligi, eslamoq burchi va hushyorlik zarurati va qullikdan inson qadr – qimmatining tiklanishi sari” deb belgilangan edi. Sessiyada YUNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan qabul qilingan YUNESKO faoliyat dasturlarining bajarilishiga oid hisobot ma’ruzasi va turli tashkiliy masalalardan tashqari, dunyoviy madaniyat ravnaqiga bag’ishlangan uchta hujjat qabul qilinishi mo’ljallangan edi. Birinchi hujjat BMT uchun mo’ljallangan dunyoviy madaniyat haqida jamlanma ma’ruza, ikkinchisi – “Dunyoviy madaniyat yo’lida” deb nomlangan sohalararo loyihaning baholanishi haqida edi va ular Parijdagi yig’ilishda qabul qilindi. Uchinchi hujjat esa O’zbekiston tomonidan taklif qilingan “Dunyoviy madaniyat va YUNESKOning a’zo mamlakatlaridagi faoliyati” deb nomlangan qaror loyihasi bo’ldi. O’zbekiston hukumatining taklifiga binoan Ijroiya Kengash qarorlari ro’yxatiga kiritilgan bu hujjat loyihasi 155 – sessiyaning Toshkentda o’tadigan yakuniy yig’ilishda qabul qilinishi mo’ljallangan edi. Sessiyaning yakuniy yig’ilishini YUNESKO Ijroiya kengashi raisi Pal Pataki ochdi. Rais sessiya kun tartibiga O’zbekiston tomonidan kiritilgan hujjatning ahamiyati haqida gapirar ekan, uning dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim omillardan biri bo’lib qolishini ta’kidladi.
Shuningdek, hujjat Muhokamasini O’zbekistonda o’tkazish taklifi ko’pchilik tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinganini qayd etdi. sessiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov nutq so’zladi.
YUNESKOning o’sha paytdagi Bosh direktori Federiko Mayor sessiyaning yakuniy yig’ilishini O’zbekistonda o’tkazish taklifini bildirgani uchun Prezident Islom Karimovga anjuman qatnashchilari va tashkilot nomidan minnatdorchilik izhor qildi.
“Men – deb ta’kidladi o’z so’zida Federiko Mayor – O’zbekiston xalqi boshidan kechirgan va kechirayotgan bugungi murakkab o’tish davrida fan va madaniyat, ma’naviyat ravnaiga qo’shayotgan ulkan xizmatlaringiz uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Chunki siz ma’naviyatni tiklashdagina emas, uni yosh avlodga singdirishda ham katta xizmat qilmoqdasiz”.
Federiko Mayor YUNESKO faoliyati haqida gapirib, uning tinchlikni saqlashda fan, ta’lim va madaniyatni asos qilib olgani O’zbekiston hukumati olib borayotgan siyosat bilan hamohang ekaniga e’tibor qaratdi. President I. A. Karimovning “Biz kelajakning poydevorini qo’ymoqdamiz” degan so’zlarini esladi va bunga misol qilib O’zbekistonda ta’lim, fan va ma’naviyat sohasida erishilgan yutuqlarni keltirdi. O’zbekiston tajribasi dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim bo’g’inlardan biri bo’lishini qayd etdi.
YUNESKO Bosh direktori tashkilotning Abu Ali Ibn Sino nomidagi oltin medaliga sazovor bo’lgani bilan I. A. Karimovni qutladi va oltin medalni O’zbekiston Prezidentiga topshirdi.
YUNESKOning Vatanimizda o’tkazilgan nufuzli xalqaro anjumani ham shu maqsad yo’lidagi muhim qadamlardan biri bo’lib qolishi shubhasiz, Zotan, ikkinchi jahon urushi olobining tafti hali bosilmagan olis 1945 yilning 16 noyabrida tuzilgan YUNESKO tashkiloti o’shandan buyon ona sayyoramizda tinchlikni saqlash yo’lida samarali ishlarni amalgam oshirib kelmoqda. Bu yo’lda YUNESKOning asosiy quroli ta’lim, fan va madaniyat sohasida insoniyat aql – zakovati erishgan yutuqlarni dunyo bo’ylab yoyishdan iborat bo’ldi. Tabiiyki, ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bo’lgan YUNESKO sessiyasi ishtirokchilarining aksariyati olimlardir. Ular Prezident I. A. Karimov kitoblarini o’qib, uni shu mahalgacha faqat nazariyotchi sifatida bilganlarini, endi O’zbekiston bilan tanishib, bu erda o’tkazilayotgan islohotlar va ularning ilk natijalaridan baxabar bo’lib, O’zbekiston Prezidenti faqat amaliyotchi ham ekanligini e’tirof qiladilar. Sessiya ishtirokchilaridan biri “O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimovni kelgusi ming yillikning kishisidir, deya ishonch bilan ta’kidlayman”, dedi. Barcha ma’ruzalarda O’zbekiston qadimiy madaniyat beshiklaridan birigina emas, ayni chog’da xalqlarning tinch – totuv yashashi, ma’naviy merosga munosabat nuqtai nazaridan bugungi zamon davlatlarining ko’piga o’rnak bo’larli jamiyat ham ekani qayd etildi. 17 – 18 dekabr kunlari O’zbekistonga mehmon bo’lib turgan Moldaviya Prezidentini I. A. Karimov Oqsaroy qarorgohida qabul qildi. Petru Luchinskini Mustaqillikni qo’lga kiritgandan beri birinchi tashrifi edi. Amaliy tashrif chog’ida O’zbekiston bilan Moldaviya o’rtasidagi siyosiy – iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish va kengaytirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.
1999 yilda ham O’zbekiston xalqaro munosabatlarda muhim o’rin egalladi. U rivojlangan mamlakatlar bilan tengma – teng hamkorlik qilmoqda. I. A. Karimov mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar o’rnatish savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida ko’plab mamlakatlarda amaliy tashrif buyurdi.
1999 yil 8 mart kuni Gruziya Respublikasi Prezidenti Eduard Shevardnadze amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
9 mart kuni Do’rmon qarorgohida ikki mamlakat davlat rahbarlarining yakkama – yakka uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish iqtisodiy hamkorlik ko’lamlarini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik, jahonda yuz berayotgan dolzarb voqealar bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. O’zbekiston Respublikasi va Gruziya Prezidentlarining yakkama – yakka uchrashuvi davom etayotgan bir paytda qarorgohning majlislar zalida ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Savdo iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish transport kommunikatsiyasi sohasidagi hamda ikki mamalakat tadbirkorlari o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bilan bog’liq masalalar muloqotning asosiy mavzusi bo’ldi. Ikki mamlakat o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi yil sayin ortib borayotgani singari bugungi kunda har tomonlamao’zaro ishonchga asoslangan aloqalar ham tobora rivoj topib, strategic ahamiyat kasb etayotgani muzokaralarda alohida ta’kidlandi. Mehmonlar O’zbekiston ulkan iqtisodiy imkoniyatlar mamlakati ekanini qayd etishdi. Ikki mamlakat o’rtasida gi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan amaliy takliflar ham ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi. Muzokaralar nihoyasiga etgach, amaliy uchrashuvga oid Bitim imzolandi hujjatga I. A. Karimov va Eduard Shevardnadze imzo chekdi.
Shundan so’ng Prezidentlarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo’ldi. Matbuot anjumanida ikki mamlakatning Traseka dasturi doirasidagi ishtirok xususidagi savolga javob berar ekan, mamlakatimiz rahbari Transkavkaz koridori O’zbekiston uchun ulkan ahamiyatga molik, ta’bir joiz bo’lsa, strategic ahamiyat kasb etadigan masala ekanini ta’kidladi. Buyuk Ipak yo’lini tiklash, Traseka doirasida bugun amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat savdo – iqtisodiy, balki katta siyosiy ahamiyat ham kasb etadi, dedi I. A. Karimov. Birgina 1998 yili Gruziyaning Poti porti orqali qariyb 725 ming tonna yukning mamlakatimizga tashib keltirilganining o’zidayoq uning beqiyos ahamiyatga ega ekanidan dalolat beradi.
1999 yil 2 aprel kuni I. A. Karimov Rossiyaning Kreml shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlar Kengashining majlisida ishtirok etdi. unda hamdo’stlik va xalqaro doiradagi dolzarb muammolar muloqotlarning asosiy mabzui bo’ldi, so’hgra rahbarlari va ularga hamkorlik qilayotgan rasmiy delegatsiya a’zolari ishtirokida yalpi majlis bo’lib o’tdi. Yalpi majlisda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Federatsiya kengashidagi vakili bo’lib ishlab kelgan Yuriy Yarov MDH ijrochi kotibi etib tayinlandi. Majlis nihoyasida turli xil hujjatlar imzolandi. Jumladan, MDHga, a’zo davlatlarning jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish konsepsiyasi va boshqa hujjatlar imzolandi. 2 aprel kuni kengash tugagandan so’ng I. A. Karimov Toshkentga qaytib keldi.



Download 185 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 185 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Markaziy Osiyoda tinchlikni saqlashda O’zbekistonning o’rni

Download 185 Kb.