|
Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari
|
bet | 4/9 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 178,94 Kb. | | #102444 |
Bog'liq SHeraliyev Javohirr3. Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari
Mehnat muhofazasi tushunchasi?
Mehnat muhofazasi - mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog'lig'ini, ish qobiliyatini saqlanishini ta'minlashga doir huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi.
Temir yo’lda eng keng tarqalgan qoida buzilishi - bu temir yo’lni noto'g'ri joylarda kesib o’tish bo'ladi. Lekin, hayol surib va yaqinlashayotgan poezdni sezmay qolishiz mumkin.
ESLATMA:
- Temir yo’llarni faqat maxsus joylardan va to’g’ri burchak ostida o’tish lozim;
- Temir yo’llarni kesib o’tganda musiqani tinglash taqiqlanadi;
- Temir yo’ladan o’tayotganda piyodalar maxsus o'tish joylari, ko'priklar, tunnel, va pereezdlardan foydalanishi kerak;
Poyezdning tormoz masofasi 33 m.dan 1000 m. bo’lishi mumkin.
Mashinistning tezkor harakati xam poezdni darhol to'xtatishga imkoni bo'lmaydi.
ESLATMA:
- Yo'nalish o'tkazgich (стрелочный перевод) yaqinida temir yo’lni kesib o’tish mumkin emas;
- Temir yo’lni kesib o’tganda rels ustini bosish taqiqlandi, chunki rels ustini bosganda yiqilib qolish xavfi bor;
- Poyezd yaqinlashib kelayotganda temir yo’lni kesib o’tish taqiqlanadi;
Poyezd harakatlanish payitida taqiqlanadi:
- Poyezd sostavi o’tganidan so’ng temir yo’lni o’tish, chunki shu zahot yana bir sostav o’tishi mumkin va siz uni sezmay qolishingiz mumkin. Ikki poyezd orasida 16 tonnaga teng havo oqimi mavjud bo’ladi;
- Temir yo'lga parallel yurish, chunki havo oqimi xavfi bor;
- Agar temir yo'l ko'tarmasidan tashqari boshqa yo'l bo'lmasa, ikkala yo'nalishni kuzatib borish zarur, chunki orqada kealyotgan harakatdagi tarkibning tovush signallarini eshitmay qolishingiz mumkin.
Temir yo'l va platformalarda taqiqlanadi:
- platformalarni ustiga chiqish va ularni ustidan sakrash. Piyodalar uchun o'rnatilgan ko'priklar va zinalar bilan foydalanish kerak;
- uzilgan simlar oldiga yaqinlashish;
- platforma va sostavlarning tagidan o’tish;
- harakatlanayotgan poyezd yaqinida platformada yugurish;
- turli xil o'yinlar tashkil qilish;
- temir yo'lga yaqin chana va chamg’ilar uchish;
- elektropoyezd oynalariga xar xil narsalar otish – buni oqibatida mashinist poyezd boshaqarish qobiliyatini yo'qotadi va yo’lovchilarga noqulaylik yaratadi.
|
| |