|
Kanallar va filtrlar haqida ma’lumot
|
bet | 36/58 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #252522 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi-1Kanallar va filtrlar haqida ma’lumot
Ranglar tizimida har bir rang bir nechta tashkil etuvchiga ajratiladi. RGB tizimida ranglar qizil, yashil va ko`k tashkil etuvchi ranglarga ajraladi. Tasvirning har bir pikseli o`z rangiga ega va barcha piksellar uchun bu ranglarning tashkil etuvchilarini qo`lda aniqlab chiqishning deyarli iloji yo`q. PhotoShop bu yerda ham yordamga keladi. Uning Каналы (Kanallar) palitrasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi.
6.2.26-rasm. Kanallar palitrasi.
Biror rasmni yuklab olib, Каналы (Kanallar) palitrasini ochamiz. Buning uchun asosiy menyuning Окно (Oyna) bo`limidagi Каналы (Kanallar) bandini tanlaymiz. Palitraning RGB tizimi uchun ko`rinishi quyida keltirilgan. Rasmda faqat bitta tashkil etuvchini qoldirish uchun unga mos kanalni qoldirib, qolganlarini yopish kerak. Buning uchun bu kanalga mos qo`shtugmani bosish yetarli. Qizil kanalga Ctrl+3, yashil kanalga Ctrl+4, ko`k kanalga Ctrl+5 qo`shtugmalari mos qo`yilgan. Ularni navbatma-navbat bosib, rasmning o`zgarishini kuzatamiz.
6.2.27-rasm. Kanallar bilan ishlash.
CMYK ranglar tizimiga mos keluvchi kanallar quyidagi rasmda keltirilgan.
Ularni ko`rsatish uchun tasvirning ranglar tizimini o`zgartirish kerak bo`ladi. Buning uchun asosiy menyuning Изображение (Tasvir) bo`limining birinchi bandi - Режим (Tartib) ni, paydo bo`lgan yangi menyudan CMYK bandini tanlaymiz. Kanallarga yangisini qo`shish mumkin. Bunday kanallardan biri alfa kanal deb ataladi. Alfa kanallar tasvirning bir qismini ajratib olish uchun ishlatiladi. Filtrlar PhotoShopning yana bir kuchli tomonidir. Filtr deb oldindan belgilab qo`yilgan algoritm bo`yicha tasvirni qayta ishlashga aytiladi. Filtrlar asosiy menyuning Филыр (Filtr) bo`limida yig`ilgan. Bu bo`limning bandlari quyidagi rasmda keltirilgan:
6.2.28-rasm. Filtrlar bilan ishlash.
Bo`limning birinchi yarmida ko`p ishlatiladigan filtrlar va ularga mos qo`yilgan qo`shtugmalar keltirilgan. Bo`limning ikkinchi yarmida qolgan filtrlar 10 ta guruhga bo`lib chiqilgan. Oxirgi band yordamida internetdan yangi filtrlarni yuklab olish mumkin. Filtrlarning qo`llanishiga misollar quyidagi rasmlarda keltirilgan. Bu filtrlar Стилизация (Stillashtirish) guruhining Выделение края (Chetini ajratish) va Тиснение (O`yib chiqish) filtrlaridir:
6.2.29-rasm. Filtrlarning qo`llanilishi.
|
| |