Photoshopda qatlamlar va ulardan foydalanish




Download 7,72 Mb.
bet34/58
Sana24.05.2024
Hajmi7,72 Mb.
#252522
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Bog'liq
Kompyuter grafikasi-1

Photoshopda qatlamlar va ulardan foydalanish
PhotoShopning bugungi kundagi muvaffaqiyati kalitlaridan biri bu uning qatlamlar bilan ishlay olishidir. Qatlam – bu shaffof qog`oz bo`lib, PhotoShopda qatlamga qo`shimcha tasvir joylash mumkin. Qatlamlar ustma-ust joylashib, yaxlit bir tasvir hosil qiladi.
PhotoShopda bir vaqtda 50 dan ortiq qatlam bilan ishlash mumkin.
Qatlamlar bilan ishlash uchun Слой(Qatlamlar) bo`limida joylashgan buyruqlardan foydalaniladi. Bu palitrani ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning Окно(Oyna) bo`limidagi Слой(Qatlamlar) bandini tanlash yoki klaviaturada F7 funksional tugmasini bosish kerak, u palitraning ko`rinishi rasmda ko`rsatilgan.
Undagi tugmalarning vazifalari bilan tanishib chiqamiz.

  1. Yashirin palitralar;

  2. Yashirin palitralarni ochish;

  3. Слои (Qatlamlar) jildi;

  4. Каналы (Kanallar) jildi;

  5. Контуры (Konturlar) jildi;

  6. Palitrani yashirish va ochish tugmasi;

  7. Palitraning menyusi tugmasi;

  8. Qatlamning shaffofmasligi (0 dan 100 gacha);

  9. Qatlamga bo`yoq quyish (0 dan 100 gacha);

  10. Qatlamning qotirilganligi belgisi;

  11. Tanlangan qatlamlarni bir-biri bilan bog`laydi;

  12. Qatlamga stil qo`shadi;

  13. Niqob qatlam yaratadi;

  14. Yangi korreksion qatlam yaratadi;

  15. Qatlamlaming yangi guruhini yaratadi;

  16. Yangi qatlam yaratadi;

  17. Tanlangan qatlamni o`chiradi;

  18. Qatlamni ko`rsatadi yoki yashiradi.


6.2.21-rasm. Qatlam oynasi.
Qatlamlardan birinchisi fon deb ataladi. U boshqalaridan pastda turadi va uning joyini o`zgartirib bo`lmaydi. Boshqa qatlamlarning o`rnini almashtirish mumkin. Yuqorida turgan qatlamdagi tasvir pastdagilarini berkitib qo`yadi. Agar qatlam nisbatan shaffof bo`lsa, undan keyingi qatlam biroz ko`rinib turadi.
Qatlamga niqob qatlam qo`shish mumkin. Qatlamning niqob bilan berkitilgan qismini o`zgartirib bo`lmaydi. Bu qatlamning bir qismini o`zgartirish kerak bo`lganda juda qulay. Qatlamdagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun unga korreksion qatlam qo`shiladi. Stil qatlam esa qatlamga tayyor stilni qo`llash uchun ishlatiladi. Bo`yoq quyish qatlami qatlamning ustidan bo`yoq quyish uchun ishlatiladi.

Download 7,72 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Download 7,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Photoshopda qatlamlar va ulardan foydalanish

Download 7,72 Mb.