|
Mundarija kirish modul. Kirish
| bet | 42/58 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #252522 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi-1SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
-
CorelDraw 2018 dasturining umumiy tuzilishi.
-
Dastur ishga tushirilgandan keyingi ishlar.
-
Xotirada bir nechta usullarda saqlash yo`llari.
-
Menyuning Файл (File) va Импортировать (Import...) buyrug`i.
-
CorelDRAW dasturida import qilingan tasvirlarni o`zgartirish.
-
Импортировать (Import) ro`yxatidan foydalanish.
-
CorelDrawning ishlash prinsiplari.
6.4. CorelDraw instrumentlar satri, obyektlar, ranglar qatlam va turli effektlar.
Asboblar satri ishchi oynaning chap tomoniga joylashtirilgan bo`ladi. Asboblar satridagi grafik obyekti ustida quyidagi amallar bajariladi – obyektlarni yaratish, ajratish, muharrirlash va ko`chirish. Asboblar bilan ishlash paytida kursor tanlangan obyektga qarab shaklini o`zgartiradi. Shu bilan birga, asboblar satridagi ba’zi bir asboblar guruhini «Suzuvchi»(«Плаваюшие») panel ko`rinishida yoki «Flyout» ko`rinishida sozlash mumkin
6.4.1-rasm. Suzuvchi panel
Docker ko`rinishidagi panel. Docker ko`rinishidagi satri muloqot oyna shaklida bo`ladi. Bu panellar har doim ekranda mavjud bo`ladi va ishchi oyna yonida joylashadi. Ekranga kerakli bo`lgan panelni chaqirish uchun menyuning Oyna (Window) va Docker (Dockers) ko`rinishidagi panel buyrug`i va ochilgan ro`yxatdagi panellardan bittasi tanlanadi.
-
Object Manager satri (Диспетчер объектов) — obyekt parametrlarini tasvirlaydi, obyekt iyerarxiya qatlamlarini boshqaradi.
-
View Manager satri (Диспетчер видов) — «tasvir ko`rinishlari»ni tasvirlaydi va boshqaradi.
-
Graphic and Text Styles satri (Стили текста и графики) – grafik va matn stillarini yaratadi va o`zgartiradi.
-
Color Styles satri (Цветовые стили) — obyektlar bilan ishlashda ranglarni tanlaydi va ular yordamida amallar bajaradi.
-
Symbols and Special Characters satri (Символы и специалные знаки) – mavjud bo`lmagan belgilarni tasvirlashda foydalaniladi.
-
Internet Bookmark Manager satri (Диспетчер закладок Internet) — gipermatnlarni boshqarish va yaratishda ishlatiladi.
-
HTML Object Conflict satri (Анализатор конфликтов объектов HTML) – Internetda nashr etilgan avvalgi hujjatlarning to`g``riligini tekshiradi va noto`g`rilarini tuzatadi.
Agarda yuqorida ko`rsatilgan menyuda qandaydir buyruq bo`lmasa u holda menyuni (Menu) Parametrlar (Options) yordamida qo`shish mumkin. Qatlamlar bilan ishlash
Qatlam deganimizda obyektlar joylashtiriladigan plyonkasimon tekislikni tushunamiz. Bu tekislikni barcha obyektlari bilan siljitish, o`chirish, ekranda ko`rsatish va bosmadan chiqarishga bog`liq bo`ladi. CorelDraw dasturida hujjat yaratilganda to`rtta qatlam bo`ladi: birinchi qatlam – tasvir tushadigan (Layer 1), ikkinchisi – (Master Grid) tori (setka) uchun, uchinchisi – (Master Guides) yo`nalish uchun va to`rtinchi – «ish stoli» (Master Desktops) uchun mo`ljallangan bo`ladi. Yangi qatlamlarni qo`shish obyektlar bilan ishlashda qiyinchilik tug`dirmaydi. Har bir sahifadagi qatlamlar soni bir xil parametrlarda va bir xil nomda bo`ladi. Agarda qandaydir qatlam bitta sahifada ko`rinmas holga kelib qolsa, boshqa sahifalardagi qatlamlar ham ko`rinmas holda bo`ladi. Shu bilan birga barcha sahifada qatlamlarning joylashish tartibi ham birdan o`zgaradi.[1]
|
| |