|
Mundarija kirish modul. Kirish
| bet | 40/58 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #252522 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi-1Rasm foniga rang tanlash
Rasm foniga rang tanlash uchun klaviaturadan G harfini tanlaymiz.
6.2.44-rasm. Fon rangini tanlash instrumenti.
6.2.45-rasm. Rasm foniga rang tanlash.
Rasmdagi ranglarni uyg`unlashtirish
Rasmdagi ba’zi bir rang(dog`)larni olib tashlashga to`g`ri keladi. Buning uchun klaviaturadan S harfini tanlaymiz.
6.2.46-rasm. Shtampni tanlash
Quyida berilgan rasmdagi futbolchini sochidagi oq rangni va kiyimidagi Б yozuvni o`chiramiz.
6.2.47-rasm. Chuqur(dog`)larni terish.
Rasmdagi fon rangini tanlash.
Tаsvirdаgi аsоsiy yoki tаsvir fоni rаngini o`zgаrtirish uchun klaviaturadan I harfini tanlaymiz. Tanlangan rangni quyidagi instrumentlar satrida joylashgan rasmda ko`rish mumkin.
6.2.48-rasm. Fon rangini tanlash
Tanlangan rangni uskunalar satridan belgini yoki klaviaturadan G harfini tanlab fon rangini o`zgartirish mumkin.
6.2.49-rasm. Rasm foniga rang tanlash.
Rasmdagi bo`sh joylarni to`ldirish.
Tаsvirdаgi bo`sh(chuqur) joylarni to`ldirish uchun klaviaturadan J harfini tanlaymiz. Tanlangan rangni quyidagi instrumentlar satrida joylashgan rasmda ko`rish mumkin.
6.2.50-rasm. Bo`sh joylarni to`ldirish usulini tanlash
Quyida berilgan rasmdani o`ng tomon quyidagi bo`sh (chuqur) joyni qaldirg`och bilan to`ldiramiz. Buning uchun klaviaturadan J harfini tanlab, birinchi rasmdagi bo`sh joyni sichqoncha chap tugmasini bosib ajratib olamiz va ajratib olingan bo`sh shaklni chap tugma bilan ushlab qaldirg`och ustiga joylashtiramiz.
6.2.51-rasm. Bo`sh joylarni to`ldirish.
Adobe PhotoShop dasturida foydalaniladigan tezkor tugmalar.
Ctrl+A (All – barchasi so`zidan olingan) – tasvirni to`liq ajratib olish;
Ctrl+D (Delete – olib tashlash) – ajratishni bekor qilish uchun;
Ctrl+Alt+Z – orqaga qaytish;
Ctrl +L – rasmga kiruvchi va chiquvchi ranglarni tanlash;
Ctrl +T – erkin shakl o`zgartirish;
Alt+Ctrl+I – rasm o`lchamini o`zgartirish;
Alt – tugmasi bosib turilib, sichqoncha chap tugmasi bilan rasmni nusxalash;
Shift – tugmasi bilan qatlamlarni birlashtirish mumkin;
Ctrl+Shift+S – qo`shtugmalari faylni xotiraga saqlaydi
|
| |