|
CorelDRAW dasturida turli shakllar hosil qilish
|
bet | 48/58 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #252522 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi-1CorelDRAW dasturida turli shakllar hosil qilish.
1. Avvalo Файл > Создать yoki Ctrl+N tugmalarini tanlab yangi sahifa hosil qilamiz. So`ng instrumentlar satrida joylashgan Свободная форма yoki F5 tugmasini bosib egri chiziq chizib olamiz. Shu egri chiziq ustida “v” harfiga o`xshash shakl chizamiz.
6.4.41-rasm. Egri chiziqlarning umumiy ko`rinishi
Instrumentlar satrida joylashgan Перетекание bo`limidan перетекание bandini tanlab kursorni to`g`ri chiziq ustiga qo`yib chizib olamiz va quyidagi shakl hosil bo`ladi. Rang berish uchun shaklni belgilab, Палитра bo`limidan kerakli rang ustiga sichqoncha o`ng tugmasini bosib tanlaymiz. Shaklni instrumentlar satrida joylashgan Инструментов выбора buyrug`i orqali belgilab, uskunalar satrida joylashgan Перетекание объектов bandiga 50 sonini kiritamiz va shu yerda joylashgan Перетекание по часовой стрелке bandini tanlaymiz.
6.4.42-rasm. Ranglarni uyg`unlashtirish
Instrumentlar satrida joylashgan Инструмент создания форм yoki F10 tugmasini tanlab shakl ko`rinishini o`zgartiramiz.
6.4.43-rasm. Shaklning umumiy ko`rinishi CorelDRAW dasturida turli shakllar hosil qilish.
CorelDraw dasturini ishga tushiramiz va Файл > Создать yoki Ctrl+N tugmalarini tanlab yangi sahifa hosil qilamiz. So`ng instrumentlar satrida joylashgan Многоугольник yoki Y tugmasini bosib olti burchak chiziq olamiz.
6.4.44-rasm. Olti burchak chizmasi
Instrumentlar satrida joylashgan Вытягивание tanlaganda uskunalar satrida Заготовки bandidan Вытягивание вверх bo`limini tanlaymiz.
6.4.45-rasm. Shakl ko`rinishi o`zgartirish
Rang berish uchun Палитра bandidan kerakli rang ustida sichqoncha o`ng tugmasini bosib tanlaymiz.
6.4.46-rasm. Shaklga rang berish
Uskunalar satrida joylashgan Тип вытягивания bo`limi orqali shakl ko`rinishini o`zgartirish mumkin.
6.4.47-rasm. Shakl ko`rinishi turini tanlash
Shaklni 3D formatda burish uchun uskunalar satridan joylashgan Вытянуть поворот bo`limini tanlaymiz.
6.4.48-rasm. Shaklni 3D formati bo`ylab burish
Yuqorida keltirilgan bo`limlar orqali shaklni kerakli ko`rinishda sozlab olamiz.
6.4.49-rasm. Shaklning umumiy ko`rinishi CorelDRAW dasturida turli shakllar hosil qilish.
CorelDraw dasturini ishga tushirib, Файл > Создать yoki Ctrl+N tugmalarini tanlab yangi sahifa hosil qilamiz. So`ng instrumentlar satrida joylashgan Прямоугольник yoki F6 tugmasini bosib to`g`ri to`rtburchak chiziq olamiz.
6.4.50-rasm. To`g`ri to`rtburchak shakli
Instrumentlar satrida joylashgan Искажение bo`limini tanlaymiz. Shundan so`ng uskunalar satrida hosil bo`lgan Заготовки bandidan Потянуть углы bo`limini tanlaymiz.
6.4.51-rasm. Shakl burchaklarini tortish oynasi
Shunda to`g`ri to`rtburchak shakli quyidagi ko`rinishni oladi.
6.4.52-rasm. Shakl burchaklarini tortish
Shakl o`rtasidagi qora rangli yo`nalish strelkasini ushlab qarama-qarshi tomonga ya’ni o`ngdan chap tomonga qarab yuritamiz. Shunda bizga quyidagi shakl hosil bo`ladi.
6.4.53-rasm. Shaklning umumiy ko`rinishi
|
| |