|
Mundarija kirish modul. Kirish
|
bet | 45/58 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #252522 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi-1Rang effektlari.
CorelDRAW dasturining asosiy maqsadi rangli effektlar yaratish bo`lib hisoblanadi. Bu effektlar nafaqat nuqtali tasvirlar, balki vektorli tasvirlar uchun ham ishlatiladi. Эффекты (Effects) menyusidagi Цветовые настройка (Color Adjustment) buyrug`i ro`yxatni chiqaradi va bu yerda shulardan oltitasi vektorli obyektlarga tegishli.
Яркость-Контраст-Интенсивность (BrightnessContrast-Intensity) filtri tasvirlarni rang tonlarini sozlaydi. Яркость (Brightness) maydoni yorug`lik tushishini o`zgarish diapazonini ko`rsatadi, Контраст (Contrast) maydoni – ochiq va to`q rangli tonlarini o`zgarishini beradi, Интенсивность (Intensity) maydoni bo`lsa – ochiq tonlar o`zgarishini beradi (to`q ranglar o`zgarmaydi).
Цветовой баланс (Color Balance) filtri belgilangan obyekt ranglarini o`zgarishini bildiradi. Bu effektni qiyin tomoni bitta rangni o`zgarishi ranglarning balansini bosib, boshqa ranglarning o`zgarishiga olib keladi.
Гамма (Gamma) filtri yorug`lik va kontrast nisbatlarini o`rtacha ton diapazonida qarab, soyalar va yorug`lik tushishini sozlaydi. Agarda hech narsa tanlanmasa 1 soni qabul qilinadi, ya’ni tasvirga ta`sir qilganda o`zgarmaydi. Agarda gamma ranglar soni ortib borsa oqaradi, teskari bo`lsa qoralashadi.
Цветовой тон/Насыщенность/Светлота (Hue/Saturation/Lightness) filtri rang toni va uning to`yinganligini o`zgartiradi.
Негатив (Invert) filtri negativ ranglarni olishga yoki rastrli tasvirlarni olishga mo`ljallangan. Oq va qora ranglar bir-biri bilan almashtiriladi.
Постеризация (Posterize) filtri rangli ottenkalarni kamaytirishga, ya’ni tasvirni bir nechta lokal ranglarga ajratadi. Bu usul grafikada keng foydalaniladi, masalan, banner turida. Bu buyruq tasvirlarni trassirovkaga tayyorlashda ham qo`llaniladi.
CorelDRAW dasturida kalendar tayyorlash.
Corel Draw dasturida kalendar tayyorlash juda oson, chunki dasturni o`zida kalendar tayyorlash uchun alohida funksiyalar joylashgan.
Avvalo Файл > Создать buyrug`i orqali yangi oyna ochamiz, yoki klaviaturadan Ctrl+N tugmalarini tanlaymiz.
Menyudan Инструменты > Макросы > Запустить макрос… ketmaketligini tanlaymiz. Bu yo`l quyidagi rasmda keltirilgan.
.
6.4.2-rasm. Makrosni ishga tushirish.
3. Hosil bo`lgan Запустить макрос muloqot oynasining Macros in bo`limidan CalendarWizard(CalendarWizard gms) tanlab, Run tugmasini bosamiz.
6.4.3-rasm. Makrosni tanlash
4. Shundan so`ng quyidagi oyna hosil bo`ladi va bu oynani sozlab olamiz.
6.4.4-rasm. Kalendar turini tanlash
Yuqoridagi oynada Small: Header va Small: Body bandlaridan foydalanib kalendarimizdagi oylarni istalgan ko`rinishga keltiramiz mumkin.
6.4.5-rasm. Kalendarni sozlash oynasi
Hammasi tayyor bo`lgach Generate tugmasini bosamiz. Shundan so`ng Macros kalendar tayyorligi haqida xabar chiqadi, OK tugmasini bosamiz va Close tugmasini bosamiz va bizda mana bunday ko`rinishli kalendar tayyor bo`ladi:
5. Asboblar orasidan Инструмент выбора tanlaymiz:
6.4.7-rasm. Instrumentlar satri
Oynamizdagi rasm qo`yilishi kerak bo`lgan to`rtburchak joy ustiga bir marta bosish orqali shu joyni belgilaymiz:
6.4.8-rasm. Oyna ko`rinishi
Endi rasm joylash uchun Import tugmasini bosamiz yoki Ctrl+I tugmalarini bosamiz va kerakli rasmni tanlaymiz. Shundan keyin yarim to`rtburchak shakl chiqadi, ushbu shakl yordamida rasm joylanishi kerak bo`lgan joyni belgilaymiz:
Asboblar orasidan Текст (F8) ni tanlaymiz va kerakli yilni yozamiz. Keyin matn o`lchamini istalgancha o`zgartirib, rang beramiz va kalendarmiz tayyor.
6.4.9-rasm. Kalendarning umumiy ko`rinishi
|
| |