|
Web-resurslar katalogi (ingl. Web directory)
|
bet | 53/58 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #252522 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi-1Web-resurslar katalogi (ingl. Web directory) — tavsiflar bilan birga berilgan internet-resurslarga tizimlashtirilgan va rubrikator asosida tartibga solingan 361 gipermatnlar yig`indisi. Kataloglar ixtisoslashgan (soha bo`yicha) va umumiy hamda hududiy, milliy va global turlarga bo`linadi.
Web-bog`lama — web-serverda umumiy katalogda saqlangan, bir-biri bilan bog`liq bo`lgan, web-sahifalar, rasmlar, hujjatlar, multimedia va boshqa fayllar to`plami.
Web-dizayn (ingliz tilidan olingan bo`lib, web-dcsign) — web sahifani loyihalash mamosini bildiradi) — bu web-sahifani jihozlanishidir. Web-dizayn savt uchun huddi poligrallya dizayni va qog`ozli nashrlar dastgoblari singari muhim rol o`ynaydi. Web-dizayn deganda nafaqat web-sayt uchun grafikli elementlarni yaratish. balki lining strukturasini loyihalash, unda harakatlanish vositalari, ya’ni butun saytni yaratish tushuniladi.
Web-interfeys — foydalanuvchiga web-brauzer orqali turli dasturlar bilan o`zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o`z buyurtmasini boshqarish. Internet do`konida yoki tarmoq printerni sozlash). Web-interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta ofisda joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Web-ranglar — rasmlarda ranglami aniq solishtirish va aks ettirish uchun ishlatilishi mumkin bo`lgan 256 rangdan 216 tasini o`z ichiga olgan ranglar jadvali qolgan 40 rang ishlatilmaydi, chunki ular kompyuterlarda rang uzatish sifatining sozlanganligiga ko`ra turlicha aks ettirilishi mumkin. Web standart palitra odatda xavfsiz ranglar palitrasi deyiladi.
Web-sayt — inglizcha «site» (tarjimasi «joy») so`zining o`zbekcha talaffuzi. Umumjahon o`rgimchak to`ri ma`lum axborot topish mumkin bo`lgan va noyob URL bilan belgilangan virtual joy. Mazkur URL web-saytning bosh sahifasi manzilini ko`rsatadi. O`z navbatida, bosh sahifada web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlar bo`ladi. Web-sayt sahifalari HTML. ASP, PHP, JSP grafik va boshqa fayllardan tashkil topgan bo`lishi mumkin. Websaytni ochish uchun brauzer dasturidan foydalaniladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa bo`lishi mumkin.
|
| |