• ATAMALARNING IZOHLI LUG`ATI Animatsiya
  • Axborot butunligi
  • Axborot tizimi
  • Bilimlar bazasi (BB)
  • Mundarija kirish modul. Kirish




    Download 7,72 Mb.
    bet52/58
    Sana24.05.2024
    Hajmi7,72 Mb.
    #252522
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi-1

    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.

        1. Macromedia Dreamweaver 8 dasturi tuzilishi.

        2. Adobe Flash 8 dasturi vektorli grafikadan foydalanish texnologiyalari.

        3. Adobe Flash 8 dasturining jihozlar paneli.

        4. Web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o`rnatish.

        5. O`zaro ikki sharni to`qnashtirish.

        6. Sharni trayektoriya bo`ylab harakatlantirish.

        7. Tovushli ma’lumotlar va ular bilan ishlash.

        8. To`rtburchak shakli harakatlanib aylana ko`rinishiga o`tish.

        9. Idishdagi suvning bug`lanishini tasvirlovchi animatsiya effektini hosil qilish.


    ATAMALARNING IZOHLI LUG`ATI


    Animatsiya — bir nccha tasvir yoki kadrlarni ko`rsatish orqali yaratiladigan harakat majmuidir. Animatsiya turli xil vizual effektlar (harakatlanadigan kartinkalar, chizmalar, jadvallar va boshqalar) qo`llanilishiga asoslangan kompyuterning dinamik grafikasi, ekranda harakat illyuziyasini hosil qiladigan dinamik tasvirlar sintezidir.
    Axborot butunligi — axborot va uni tashuvchining hoiati. Butun axborot va uning alohida tarkibiy qismlari bo`linmasligini ta`minlash hamda ularni ruxsatsiz qasddan yo`q qilish. buzib taiqin qilish. sizib chiqib ketish, o`g`irlash, qalbakilashtirish va almashtirib qo`yishni, oldindan bartaraf qilishni nazarda tutiladi.
    Axborot tizimi — axborotni uzatish va qabul qilish tizimi. Axborot manbai, uzatkich. aloqa kanallari, axborotni qabul qiluvchilardan tarkib topgan bo`ladi. Banner — web-sahifadagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U reklama beruvchining web-saytiga yoki mahsulot yoxud xizmat turi atrofilicha bayon qilingan sahifalarga giperhavoladan iborat.
    Bilimlar bazasi (BB) — aniq bir predmet sohasi bo`yicha dalillar va qoidalar shaklida rasmiylashtirilgan bilimlar to`plami. Inson tomonidan aniq predmet sohasi bo`yicha yig`ilgan bilimlarni kompyuterda ifodalash uchun mo`ljallangan semantik (ma’noli) model. Biror-bir predmet sohasiga oid tushuncha, qoida va dalillarning tizimlashgan majmuini saqlash uchun bitta fayl yoki maxsus tashkil qilingan fayllar to`plami. Bilimlar bazasi (BB) sun`iy tafakkur (intellekt) masalalarini yechishda keng qo`llaniladi.
    Bosh sahifa — asosiy sahifa. Ingliz tilidan to`g`ri tarjima qilinganligidan qat’iy nazar, bu muayyan insonning uy (shaxsiy) sahifasi emas, balki websaytning boshlang`ich sahifasidir. Odatda murojaatlar aynan web-saytning bosh sahifasiga qilinadi, shuning uchun ushbu sahifaga tashrif buyuruvchilar soni istalgan boshqa sahifaga qaraganda ko`proq. Bosh sahifa (web-sayt yuzi) bo`yicha foydalanuvchi qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni ko`rish mumkinligi haqida tasavvur oladi (ba`zan bosh sahifa birinchi va yagona bo`ladi).

    Download 7,72 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




    Download 7,72 Mb.