• Fotografik atom
  • 2.2. Fotometrik usulda nodir metallarni aniqlash tahlilini o’tkazish tartibi
  • Emission spektral analizning turlari. Emission spektral analiz quyidagi turlarga bo’linadi




    Download 48.51 Kb.
    bet5/9
    Sana11.04.2023
    Hajmi48.51 Kb.
    #50241
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Pirnazarov Meros Analitik kurs ishi
    AJDODLARIMIZ - FAXRIMIZ, 1 O‘ZBEK TILINING SOHAGA YO’NALTIRIB O’QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI, Davlat tili, uz la wtnd 2015 06, Anat. Bosh suyaklari , Communications and the internet, JAMIYAT VA INSON FALSAFASI, Tuproq ekologiyasi. Tuproqdagi muommolar va ularga qarshi kurash, Psixologiyaning dolzarb masalalari bo’yicha test savollari, Бошлангич синфларда математикадан синфдан ташкари ишлар , 2-Маъруза, Multidasturlash va multiprotsessorlash, ACHILOVA KAMOLA OBT KURS ISHI, Ispaniya
    Emission spektral analizning turlari. Emission spektral analiz quyidagi turlarga bo’linadi:
    Vizual analiz. Namunadagi komponentlarning sifat va miqdoriy tarkibi ko’rinuvchi spektrni bevosita kuzatish yoki turli o’zgartkichlar yordamida ko’zga ko’rinmaydigan nurlanishni ko’rinuvchi holatga o’tkazib kuzatish orqali aniqlanadi.
    Fotografik atom – emission spektral analizda spektr fotoplastinka yoki plyonkaga tushiriladi va so’ngra sifat analizi qilinganda spetroproektorda ko’riladi. Miqdoriy analizlarda esa mikrofotometrlar vositasida aniqlanadi. Bunda chiziqlarning nisbiy intensivligi va namunadagi elementlarning kontsentratsiyalari orasidagi bog’lanish aniqlanadi.
    Fotoelektrik analizda modda miqdori alohida spektr iziqlari bilan nurlantiriluvchi ikkita priyomnikning (analitik juft) fototoklarini taqqoslash orqali aniqlanadi. Bunda natija o’lchov asbobining shkalasida darhol ko’rinadi yoki o’zi yozar moslamaning lentasida yozuv tarzida olinadi.


    2.2. Fotometrik usulda nodir metallarni aniqlash tahlilini o’tkazish tartibi


    Miqdoriy spektral analiz amalda XX asrning boshlaridan qo’llanila boshlandi, bunda analiz uchun spektral chiziklarning nisbiy intensivliklaridan foydalanish birinchi marta taklif etildi.boshka sharoitlar bir xil bulganida spektr chiziqlarning intensivligi qo’zg’otuvchi manbadagi qo’zg’olgan atomlar miqdori bilan aniqlanadi, bu miqdor faqatgina elementning namunadagi kontsentratsiyasiga emas, balki qo’zg’otish sharoitlariga ham bog’liqdir. Qattiq holdagi namuna komponentini plazmaga o’tkazish, suyuqlanish, bug’lanish va sublimatsiya jarayonlarining sodir bo’lishi Bilan bog’liq. Plazmaning tarkibiga temperatura va namunadagi komponentlarning suyuqlanish issiqliklari, ularning diffuziyalanish koeffitsentlari, bug’ bosimi, qo’zg’otish manbaining temperaturasi va boshqa omillar ta‘sir ko’rsatadi. Shu sababli plazmadagi moddaning tarkibi boshlang’ich zichlangan namunaning tarkibidan anchagina farq qiladi. Qo’zg’otish sharoitlarining yetarlicha barqaror emasligi plazmaning tarkibi va temperaturasining o’zgarishiga sabab bo’ladi va spektr chiziqlarining intensivligi o’zgarishiga, demak, analiz natijalarining turlicha chiqishiga olib keladi. Qo’zg’otish manbai barqaror ishlab turganida spektr chiziqlari intensivligining namunadagi elementning kontsentratsiyasiga bog’liqligi quyidagi tenglama orqali tarkibiy aniqlanadi:
    I = a׳ ∙ a ″ ∙ C = a ∙ C
    Tajribada kuzatiluvchi bog’liqliklarni Lomakin tenglamasi yaxshi ifodalaydi:
    I = a ∙ CV
    Bunda nur yutish koeffitsenti – a kontsentratsiyaga bog’liq bo’ladi.


    Miqdoriy spektral analiz amaliyotida, odatda, alohida chiziqning intensivligidan emas, balki turli elementlarga mansub bo’lgan ikkita spektr chiziqlari intensivliklari nisbatidan foydalaniladi. Shunday qilib, elementning kontsentratsiyasi bilan bog’liq bo’lgan xossa tarzida aniqlanuvchi element chizig’i intensivligining ayni spektrdagi boshqa element chizig’ining intensivligiga nisbatidan foydalaniladi.


    Aniqlanuvchi element chizig’i odatda analitik chiziq deb ataladi va uning intensivligi Ia bilan belgilanadi, yoki uni aralashma chizig’i deyilib, intensivligi Iar bilan belgilanadi. Ikkinchi chiziq odatda taqqoslash chizig’i deyiladi va u intensivliklar nisbati faqat aniqlanuvchi moda kontsentratsiyasiga bog’liq, lekin qo’zg’atish sharoitiga va spektrni qayd qilishga bog’liq bo’lmaydigan qilib tanlanadi. Ba‘zan tekshiriluvchi namunaga ichki standart, ya‘ni chizig’idan taqqoslash chizig’i tarzida foydalaniladigan element kiritiladi. Tarkibida biror elementning miqdori ko’p bo’ladigan namunani analiz qilishda taqqoslash chizig’i sifatida odatda shu elementning chizig’i tanlanadi. Masalan, po’latlarni analiz qilishda taqqoslash chizig’i sifatida temir spektrining chizig’idan foydalaniladi. Taqkoslash chizig’ining intensivligi It bilan, agar chiziq negizga mansub bo’lsa uni negiz chizig’i deb atab Uneg bilan belgilanadi.


    Bu holda analitik chiziq va negiz chizig’i uchun Lomakin tenglamasi quyidagicha bo’ladi:
    Inam = a׳ ∙ Cβnam Ineg = ∙ a ″ ∙ Cv neg
    yoki uluarning nisbatlari:



    Download 48.51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 48.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Emission spektral analizning turlari. Emission spektral analiz quyidagi turlarga bo’linadi

    Download 48.51 Kb.