• Galliy arsenidi (GaAs)
  • Мундарижа




    Download 0.85 Mb.
    bet8/9
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.85 Mb.
    #59077
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Diyorbek
    «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining predmeti, maqsadi va va test 3, 1- varyant umbarova. G, 3ч4 ффф, 1, 5-sinf(2)2020@riyoziyot ilmi, drtyjhkj, Burchak kattaliklarini masofaga uzaytirish qurilmasi, Mavzu Yurak- qon tomir va nafas tizimlari kasalliklarida tibbiy-hozir.org, referatmix 87895, Kattalikning qiymati value, Otabek Azimboyev, 10 МАВЗУ Яллигл карши ДВ укув мат Харкевич узб, Mundarija Kirish I bob quritish qurilmalari haqida umumiy tushun-fayllar.org (1), Заявление
    Kremniy karbidi (SiC)tok kuchi va kuchlanish o‘rtasida chiziqli bo‘lmagan bog‘liqlik yaqqol kuzatiladigan polikristall tuzilishli mo‘rt material hisoblanadi. Kremniy karbidi kremniy va uglerodning ximiyaviy qo‘shilishi hisobiga hosil bo‘ladi.
    Kremniy karbidini olishda xom ashyo vazifasini toza kvartsli qum va toshli ko‘mir o‘taydi. U yoki bu tipdagi aralashmali elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lish uchun, asosiy tarkibga aralashmalar, jumladan — fosfor, surma, vismut yoki kalsiy, magniy, alyuminiy va boshqalar qo‘shiladi. Karbidni hosil qilish reaksiyasi 2000°C da amalga oshiriladi.
    Fosfor, surma yoki vismut bilan legirlangan kremniy karbidi to‘q yashil rangda bo‘ladi va p – tipdagi elektr o‘tkazuvchanlikka, kalsiy, alyuminiy yoki bor bilan legirlanganda esa to‘q binafsha rangda bo‘lib, n– tipdagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Kremniy karbidining asosiy xarakteristikalari quyidagicha buladi. (20°C havo sharoitida): zichligi 3200 kg/m3; ρ=104÷107 Om·sm; ε=6,5÷7,5. Uning solishtirma qarshiligi tarkibiga kuchli darajada bog‘liq. Kremniy karbidi aralashmali yarim o‘tkazgich hisoblanadi, lekin 1400°C haroratda unda xususiy elektr o‘tkazuvchanlik namoyon bo‘ladi. Erish harorati 2600°C ga teng. Kremniy karbidning toza navlaridan —50 dan to + 80°C harorat intervallarida ishlay oladigan, chiziqli bo‘lmagan simmetrik volt-amper xarakteristikasiga ega bo‘lgan varistorlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Varistorlar avtomatik tarzda to‘g‘rilaydigan (regulirovka qiladigan) qurilmalarda ishlatiladi.
    Polikristall kremniy karbididan inert gazda haydash yo‘li bilan ximiyaviy jihatdan tozaligi bilan ajralib turuvchi monokristalli kremniy karbidi olinadi. Undan 500°C gacha bo‘lgan haroratlarda ham ishlay oladigan diod va tranzistorlar, shu bilan birgalikda svetodiodlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
    Galliy arsenidi (GaAs)margimush va galliyni qo‘shilishidan hosil bo‘ladi va monokristalli yarim o‘tkazgich hisoblanadi. Yuqori darajada elektron va teshiklarning xarakatchan bo‘lishi galliy arsenidining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Uning bu xususiyatidan katta chastota va yuqori haroratlarda ishlay oladigan galliy arsenidi asosida tayyorlangan priborlarni yaratish imkonini beradi. n-p-o‘tish uchun ishchi harorat 300—400°C gacha ruxsat berilgan, ya’ni bu germaniy va kremniy asosida tayyorlangan yarim utkazgichlarnikidan yuqori qiymatlarda bo‘ladi. Shu bilan birgalikda galliy arsenididan yarim o‘tkazgichli mikrosxemalarning asosini tayyorlash maqsadida ham foydalaniladi.
    20°C haroratda galliy arsenidining asosiy xarakteristikalari quyidagiga teng: zichligi 5400 kg/m3; ρ=104÷109 Om·sm; ε=11,2. Erish harorati 1237°C.
    Namlik va radiatsion nurlanishlar ko‘rinishidagi tashqi ta’sirlar kuchli darajada yarim o‘tkazgichli elementlarni xarakteristikalarini pasaytiradi, shuning uchun tashqi ta’sirdan himoyalanish maqsadida ularni germetik (metall, keramik yoki plastmassali) korpuslarga joylashtiriladi.


    Xulosa
    Men “Sanoat elektronikasi” fanidan “Yarim o’tkazgich asboblarni tayyorlashda qo’llaniladigan asosiy materiallar, hamda ularning elektr o’tkazuvchanligi” mavzusi bo’yicha mustaqil ish tayyorlab yarim o‘tkazgichlarning elektr xususiyatlari, yarim o’tkazgich materiallarni tayyorlash,yarim o’tkazgichli to’g’rlagichlar,yarim o‘tkazgichli materiallar va ularning tuzilishi haqida ma’lumotga ega bo’ldim.



    Download 0.85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.85 Mb.